VPN va Proxy server o’xshashlik va farqlari

DO`STLARGA ULASHING:

Bu mavzu haqida test taqdim qilgan edim (https://t.me/planetait/547), agar test natijalari yaxshi bo’lsa, bu mavzuni yozish niyatim yo’q edi. Afsuski, bu ikki terminni farqini ko’chilik bilmas ekan, shu sabab yaxshilab tushuntirib o’taman.

VPN — siz va sayt o’rtasida kanal hosil qilib beruvchi xizmat. Siz biror saytga ulanishingiz uchun VPN xizmat sizga marshrut yaratib beradi.

Proxy server — bu ham VPN xizmatga o’xshash, sayt va siz ortangizdagi server. Bu server siz uchun kanal hosil qilishdan tashqari, butun traffikni o’zidan o’tkazadi.

Yaxshi tushunishingiz uchun misol keltiraman:
Siz kompyuter sotib olmoqchisiz, sizning kompyuter do’konida tanishingiz yo’q, lekin do’stingizning tanishi bor.
1-holat: Do’stingiz sizni o’sha do’kon sotuvchisi bilan tanishtirib qo’yadi va sotuvchi bilan siz yuzma-yuz gaplashaverasiz va kerakli narsani sotib olasiz, bu yerda do’stingiz VPN.
2-holat: Do’stingiz kompyuter sotuvchi do’stidan o’zimga deb kompyuter sotib oladi va sizga beradi, kompyuter sotuvchi inson siz haqingizda hech narsa bilmaydi, bu yerda do’stingiz Proxy server rolida.

Ha, misol biroz qo’polroq bo’ldi, lekin tushuntirish uchun bundan yaxshi misol topaolmadim.

Proxy server va VPN xizmatda bir necha umumiylik bor:
— ikkalasi ham IP ma’lumotlaringizni o’zgartirishi mumkin;
— ikkalasi ham siz haqingizdagi ma’lumotlarni(brauzer versiyasi, qayerdan ulanayotganingizni vahakazo) almashtirishi mumkin;
— ikkalasida ham pullik va bepul xizmat turlari mavjud;
— ikkalasini ham qonuniy ishlatish mumkin;
— ikkalasi ham to’liq xavfsiz xizmat emas, agar o’zingiz hosil qilmasangiz.
O’zingiz hosil qilish deganda, o’zingiz VPN va Proxy server ko’tarasiz. Misol uchun, Proxy server hosil qilish uchun CCproxy (https://t.me/planetaitsoft/96) dasturidan foydalanish mumkin, VPN xizmat uchun esa, ClearOS linux tizimi ancha qulay.

Bularning asosiy farqi, VPN butun traffikni — siz berayotgan so’rov va sayt qaytarayotgan javoblarni hammasini shifrlaydi, proxy serverda bunday imkoniyat mavjud emas.

☝️Ko’pchilik shu ikki terminni adashtiradi yoki bitta narsa deb o’ylaydi, siz bundaylardan bo’lmang.

2 комментария к “VPN va Proxy server o’xshashlik va farqlari”

Оставьте комментарий