Web dasturlash: nimadan boshlash va qanday yo’nalish bilan ketish kerak?

DO`STLARGA ULASHING:

Muallifdan: bo’lajak dasturchilar orasida eng ko’p beriladigan savol, nimadan boshlash kerak? Qanday qilib web dasturchi bo’lish mumkin… Shu kabi savollardir. Albatta Web dasturlash haqida hech qanday tushunchaga ega bo’lmagan inson uchun bu savollar uchrashi tabiiy hol va kimdir birinchi boshlash nuqtasini ko’rsatib yubormasa, boshlab olish va sohaga kirish anchagina murakkab bo’ladi..
Webni albatta boshlash kerak!
Agarda siz 2000-yillarning boshlarida dasturchilar orasida eng qiziqarli dasturiy loyihalarni so’raganingizda, o’sha paytda Operatsion tizimlar, antiviruslar, brauzerlar, o’yinlar deb javob berishardi. Chunki o’sha paytda e’tibor makrazida asosan Desktop dasturlash turardi. Hozirgi paytga kelib, bu statistika web dasturlash statistikasiga qaraganda ancha kamaygan, sababi eng buyuk dasturiy ta’minotlar Operatsion tizim, o’yinlar va brauzerlar yaratib bo’lindi, bundan keyin davr webnikidir!
Hozirgi bo’lajak dasturchilar uchun internet texnologiyalar ancha qiziqarli bo’lib bormoqda. Hech bo’lmaganda internet magazindan foydalanadi, yoki o’ziga konstruktor saytlar orqali “blogcha” yaratadi. Hattoki internet orqali ta’lim berish ham yo’lga qo’yilmoqda. Netologiya (Rossiyaning dunyoga mashxur o’quv markazi) statistikasiga ko’ra, web dasturlashga yoziladigan o’quvchilar, Desktop va mobil dasturlashga yoziladiganlarga qaraganda bir necha marta ortiq ekan.
Web dasturlashda faqatgina webchi bo’lishning o’zi kamlik qiladi. San’atkor va kuchli psixolog ham bo’lish talab etiladi. Sababi san’at darajasidagi vizual ko’rinishga, kuchli psixolog dasturchi turli hisob-kitoblar orqali jon kiritadi ya’ni yadroni ishlab chiqadi.
Bundan tashqari Desktop dasturchi yaratgan dasturni tarqatish uchun ham hech bo’lmaganda bitta web-saytcha kerak, busiz u dasturni dasturchidan boshqa hech kim bilmaydi-ham….
Web dasturlash dunyosiga qadam qo’yar ekansiz, oldingizda ikki ulkan tog’ turadi. Ya’ni Front-end (tashqi ko’rinish: dizayn, ko’rinish) va Back-end (ichki ishlash: yadro, funksional qism). Ularni ikkalasini ham bir paytda zabt etish mushkul masala.
Hattoki sohani umuman bilmaganlar ham bir qiziqib ko’rsa, mana shu ikkala tog’ga albatta duch keladi. Bu tog’larga duch kelishmadimi, demak ular web dasturlash saltanatigacha hali yetib kelgani yo’q!
Ikkala tog’da ham judayam ko’p jangchilar(qiyinchilik) mavjud. Sizda sabr ismli qilich beriladi. Agarda mana shu qilichni qo’lingizdan tushirib yuborsangiz, sizni darhol ushbu jangchilar yengib qo’yadi.
Front-end qirolligini egallash back-end qirolligiga qaraganda birmuncha oson. Unga asosan ideya, fantaziya bo’lsa bo’ldi. Qolgani sekin asta bo’laveradi.
Back-end qirolligiga esa, kuchli fikrlay olish qobiliyati juda katta rol o’ynaydi. Tizimning ishlashi ham, xavfsizligi ham back-endga bog’liq.
Back-end judayam qiziqarli soha, unga bir kirgan odam, front-endga borgisi kelmaydi, shu jumladan front-end ham shunaqa.
Ushbu ikki tog’ni ham zabt etganlar esa Full Stack deyiladi. Full Stack dasturchi degan so’zni eshtdingizmi demak u Back-end + Front-end = Full Stackdir.
Ammo bir paytga ikkala qirollikni ham zabt etib, Full Stack imperator bo’laman deb o’ylamang… Bitta bitta zabt etasiz ikkala qirollikni ham. Shundan so’ng Full Stack dasturchi bo’la olasiz.
tweet.uz

Оставьте комментарий