Wi‐Fi kuchini qanday aniqlash mumkin?

DO`STLARGA ULASHING:

Wi‐Fi kuchini qanday aniqlash mumkin?

📶 Aytaylik, Wi-Fi’ingiz signali kuchini bilmoqchisiz. Buning siz Taskbar’dagi Wi-Fi ikonkasi ustiga bosasiz va ulanib turgan vayfayingiz qatorlari «nechta chiqayotganiga» qaraysiz. Bitta chiqayotgan bo’lsa, past. Ikki yoki uchta chiqayotgan bo’lsa o’rtacha, to’liq chiqayotgan bo’lsa signal kuchli chiqayotgan bo’ladi va demak, vayfay sizga juda yaqin joyda turgan bo’ladi.

📃 Lekin sizga yanada aniq javob kerak bo’lsa, unda quyidagi amalni bajaring:

🧑‍💻 Command Prompt (cmd yoki terminal) dasturini ishga tushiring. Unga quyidagini kiritib, Enter’ni bosing:

netsh wlan show interfaces

🌐 Buyruq ishga tushadi va sizga rasmdagidek, vayfayingiz signali qanchalik kuchli ekanligini foizda ko’rsatib beradi.

Xo’sh, sizda necha foiz ekan?

Оставьте комментарий