Windows 10’da buyruq satri yordamida Wi-Fi parolini topish

DO`STLARGA ULASHING:

📶 Windows 10’da buyruq satri yordamida Wi-Fi parolini topish

Agar Wi-Fi parolini unutib qo‘ysangiz, uni quyidagi usul bo‘yicha topishingiz mumkin:

1️⃣. Windows’ning qidiruviga “cmd”ni kiritib, buyruq satri (командная строка, Command Line)ni toping va natijalar ostidagi “Запуск от имени администратора”ni bosgan holda ishga tushiring.
2️⃣. Buyruq satri oynasida «netsh wlan show profiles»ni kiriting.
Ushbu tarzda siz parolini aniqlamoqchi bo‘lgan Wi-Fi profili nomini bilib olasiz.
3️⃣. Endi quyidagini kiriting: «netsh wlan show profile name=”WiFi Profile Name” key=clear».
“WiFi Profile Name”ni 2-bandda izlab topilgan o‘z profilingiz nomiga o‘zgartirishni unutmang.
4️⃣. Wi-Fi tarmog‘ingizning paroli «Key Content» (Содержимое ключа) maydonida paydo bo‘ladi.