«Xlorli suvdan foydalanish ham toshmalarga sabab bo‘lishi mumkin»

DO`STLARGA ULASHING:

?»Xlorli suvdan foydalanish ham toshmalarga sabab bo‘lishi mumkin» — dermatolog

?Gormonlar o‘zgarganda yoki ularning mutanosibligi buzilganda, endokrinologik, ginekologik kasalliklarda, ovqatlanish tartibi buzilib, ko‘p miqdorda gazli ichimliklar va yengil uglevodlarga boy mahsulotlar iste’mol qilinganda ham yuzga toshma va husnbuzarlar toshishi mumkin.

?Toshmalar ichki organizmda paydo bo‘lgan kasallik bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Masalan, oshqozon-ichak kasalliklari va qabziyat bezovta qiladigan bemorlarda ham husnbuzar toshadi.

?Odatda, havoda namlik baland hududlarda yashaydigan kishilar husnbuzardan aziyat chekmaydi. Quruq iqlimli mintaqada yashaydiganlarni bu kasallik ko‘proq bezovta qiladi.

?Shuningdek, tarkibida xlori ko‘p bo‘lgan suv ichish yoki yuvinish uchun foydalanish ham yuzdagi toshmalarga sabab bo‘lishi mumkin. Xlorli suv yuzni quritadi, natijada yog‘ bezlari keragidan ortiq faollashib, yuzda husnbuzarlar ko‘payib boraveradi.

@doridarmonlar

Оставьте комментарий