Xodimlarni qanday qilib ruhlantirsa bo‘ladi?

DO`STLARGA ULASHING:

Aytishlaricha har bir buyuk rahbarning qo’l ostida o’ta iqtidorli va ruhan kuchli hodimlari bo’lar ekan. Ularning bu darajada bo’lshlariga esa rahbarlarning o’rni katta ekan. Bugun Gooper.uz‘da xodimlarni qanday qilib ruhlantirish haqida ma’lumot beramiz.

Business group doing the high five

1. Yonidan o‘tib ketayotganingizda xodimlar bilan so‘rashing va ularning ismi bilan chaqiring (agar hozirgacha ularning ismini yodlab olmagan bo‘lsangiz, buni amalga oshiring)

2. Bir varaq qog‘ozga “rahmat”, “yashavor, azamat” yoki boshqa shunga o‘xshash so‘zlarni yozib, uning stoli ustiga qo‘yib qo‘ying.

3. Xodimlarni qo‘shimcha dam olish kunlari yoki kunning yarmida uyga barvaqt ketishga ruxsat berib, taqdirlab turing.

4. Yo‘lakda, kutish yoki dam olish uchun ajratilgan katta xonada, oshxonada kompaniyaning har bir mahsulot, loyiha bo‘yicha faoliyati natijalarini ilib qo‘ying, o‘sish sur’ati ko‘rinishi uchun har hafta va har oyda ma’lumotlarni yangilab turing.

5. Haftada yoki oyda bir marta barcha xodimlar uchun biron bir mazali, deylik tort, rogalik, pitsa, olmalar, konfetlar, yong‘oqlar yoki popkorn olib keling.

6. Ishlab chiqarishdagi har bir dastgohning tepasiga ishchining ismi sharifi va lavozimi yozilgan taxtachani ildiring. Odamlarga o‘z ismini ko‘rish va kerakli insonligini his etish yoqadi.

7. Xodimlarni faqatgina xabardor qilish emas, balki ularni eshitish uchun imkoningiz borligiga ishonch hosil qiling.

8. Faoliyati u qadar sezilmayotgan xodimlar uchun maxsus mukofotlar joriy qiling.

9. Muloqot qilish imkoningiz bo‘lmagan bir qancha xodimlar bilan haftada yoki oyda bir marta uchrashuv tashkil qiling. Ularning savollariga javob bering, muammolar haqida so‘rang.

10. Hamma xodimlarga biron bir muhim masala haqida ayting va uni hal qilish bo‘yicha o‘z takliflarini berishni so‘rang.

Gooper.uz

Оставьте комментарий