Yomon kayfiyatdan qanday qutulish mumkin?

DO`STLARGA ULASHING:

Yomon kayfiyat – barcha tanish bo‘lgan holat. Kimdir bunday ahvolga tez-tez tushib tursa, ayrimlar unga kamroq duchor bo‘ladi. Yomon kayfiyatli kishi lanj va hafsalasiz bo‘ladi, u bilan muloqot qilish yoqimsiz, hamma narsa uning g‘ashini keltiradi. Quyida yomon kayfiyatdan chiqib ketish usullarining ba’zilari keltirilgan.

Yomon kayfiyatning sabablarini aniqlang

Bunga balki yaqin kishingiz bilan janjallashib qolganingiz yoki sog‘lig‘ingiz yomonlashgani, yo bo‘lmasa, ishdagi qandaydir muammo sabab bo‘lgandir? Buni albatta aniqlab, mavjud muammoni bartaraf qiling.

To‘yib uxlang va dam oling

Hayot murakkab vaziyatlarga to‘la bo‘lsa-da, ba’zan o‘zingizga dam berib turishga harakat qiling. Aks holda, yomon kayfiyat depressiyaga aylanib ketishi mumkin.

Oddiy kundalik hayotdan quvonch qidiring

Kundalik yugur-yugurdan bir lahzaga to‘xtab, atrofingizga boqing: oppoq qorga burkangan tabiatning go‘zalligi, qorbo‘ron o‘ynayotgan bolalarning beg‘ubor kulgusi. Tonggi toza havodan to‘yib-to‘yib nafas oling. Bu – sizning hayotingiz! Yashash naqadar yaxshi!

Yangi xobbi orttiring

Ingliz tili, tikuvchilik, raqs yoki haydovchilik kurslari – bularning barchasi yomon kayfiyat bilan kurashishda eng yaxshi yordamchilar. Yangi bilimlar orttirish jarayonida barcha tashvish va qayg‘ular ikkinchi darajaga tushib qoladi.

Yodingizda tuting, hayot uni yoqimsiz narsalar va yomon kayfiyatga sarflash uchun juda qisqalik qiladi.

 

Manba: Sof.uz

Оставьте комментарий