YouTube qaynoq klavishlari

DO`STLARGA ULASHING:

YouTube qaynoq klavishlari

YouTube dunyodagi eng mashhur saytlar reytingida Googledan keyingi o’rinda turadi. Siz ham uni muntazam ravishda ishlatishingizga aminmiz.

Lekin siz YouTube uchun qaynoq klavishlar mavjudligi haqida bilasizmi? Endi bilib oling:

Sahifaning har qanday joyida:

М — Ovozni o‘chirish
F — To‘liq ekranli rejim
K — Pauza/Ishga tushirish
J — 10 soniya orqaga
L — 10 soniya oldinga
Shift + N — pleylistdagi yoki tavsiya etilganlar orasidagi keyingi videoga o‘tish
/ — Qidiruv satriga o‘tish
C — Subtitrlani faollashtirish/o‘chirish

▶️ Pleyerning o‘zida:

Chapga/o‘ngga strelkasi — Videoni 5 soniya orqaga/oldinga o‘tkazish
1 dan 9 gacha raqamlar — Videodagi 10% — 90% pozitsiyasiga o‘tkazish
0 (nol) — Videoning boshiga
Probel — Pauza/Ishga tushirish
Tepaga/pastga strelkasi — Ovozni 5% baland/past qilish
Home — Videoning boshiga o‘tkazish
End — Videoning oxiriga o‘tkazish

• Manba: @itspecuz

Оставьте комментарий