Yovuzlik, zolimlik

DO`STLARGA ULASHING:

Har xil kishilar va har xil mijozlar bo‘ladi. Ayrimlarning masalan, barcha ehtirosu ko‘tarinki qiyofasi sovuq yovuzlikdan iboratdir va undaylar faqat yovuzlik qilayotgan paytlaridagina uddaburon, iqtidorli va hatto soglom bo‘lib ketadilar.
V. G. BELINSKIY
Pastkash kimsalar uchun muqaddas va buyuklikka o‘zlarining iflos qarashlari va fikrlarini chaplab, o‘z nochorliklarining alamini olishdan ham ko‘ra yoqimliroq narsa yo‘q.
V. G. BELINSKIY
Qabih odamga saxovat ham, donishlik ham qabihlik bo‘lib ko‘rinadi: iflosga — ifloslik yoqadi.
V. ShEKSPIR
Kechki odam kekning o‘zi singari doimo bemulohaza ish qiladi. Bu egizak xususiyatdir, ulartting birini ajratsang, ikkinchisi shol bo‘ladi.
N. V. ShELGUNOV
Yomon odam misoli ko‘mir: mabodo kuydirmasa ham seni qora qiladi.
ANAXARSIS
Yovuz odamlar kishi tanasida yurib, faqat yara bor joyda to‘xtaydigan nashshaga o‘xshaydilar.
J. LABRUER
Yovuz uchun yovuz xabarni eshitishdek yoqimli taskin yo‘q.
Sh. RUSTAVELI
Rahmsiz kishilar birovning kulfatidan shodlanadi.
VAJA PSHAVELA
Tajribadan bizga ma’lumki, o‘zimizni qancha ayab, suyasakda, o‘zgalarga nisbatan shafqatsiz bo‘lsak, bu bir gunohning ikki tomonidir.
J. LABRUER
Muttaham doimo yovuz; jasur esa muruvvatlidir.
I. I. DMITRIEV
Berahmlik va qo‘rquv yakkash, bir-birini qo‘llaydi.
O. BALZAK
Yovuzlik hamisha shafqatsizlik va zaiflikdan kelib chiqadi.
SENEKA
Shafqatsizlik jasoratga hamroh bo‘lolmaydi.
M. SERVANTES
Qahr-g‘azab o‘z yo‘lida irodasizlikdir.
L. P. ChEXOV
Qasd olishdan mayda va pastkash qalbgina rohatlanadi.
YuVENAL
Fosiqdin hayo tilama,
Zolimdan vafo tilama.
A. NAVOIY
Itdin kiyikka va mushukdan kabutarga shafqat maholdir.
A. NAVOIY
Qasos — ojiz qalbning yovuz merosi,
Mag‘rurlar qalbidan haydalgan bir his.
K. KORNER
Yiqilganni depsishni muttaham qo‘rqoq boshlaydi.
OVIDIY
Saxovat iiqobi ostida yovuzlik qilinmaganda edi, dunyoda bu qadar yovuzlik bo‘lmasdi.
M. EBNER-EShENBAX
Yovuzlik hamisha himmat qo‘ltiqtayog‘ida yuradi.
M. M. PRIShVIN
O‘taketgan jinoyatchi ham o‘zini xaspo‘shlashga va o‘zi qilgan jinoyat ahamiyatsiz va zarurat yuzasidan yuz berganligiga shpontirmoqchi bo‘ladi.
G. LESSING
Afsus — fosh etilishidan sarosimaga tushgan qahr-g‘azab, o‘z ojizligini sezgan ojiz quturishdir.
A. AMIEL
Adovatchilikka qarshi adovat uygoting.
A. FRANS
O‘zgalar kulfatini masxaralash aslo kechirilmasligi kerak.
A. P. ChEXOV
O‘taketgan nafrat bizni o‘sha nafratlagan odamimizdan ham tubanlashtirib yuboradi.
F. LAROShFUKO
Kattami, kichikmi, sira yovuzlik qilmaslik kerak.
EZOP
Bironta ham yovuz odam baxtli bo‘lolmagan.
YuVENAL
Yovuz odamlarning hayoti doimo notinch.
D, DIDRO
Kimdanki ko‘pchilik qo‘rqsa, u ham ko‘pchilikdan qo‘rqishi kerak.
SOLON
Kimki yovuzlik ustiga yovuzlikni qalashtiraversa, qo‘rquvi ham shu qadar oshaveradi.
SENEKA
Qo‘rquv bilmayin desang, yovuzlik qilma.
QOVUS
Kim yovuzlik urug‘ini setssa — pushaymon yig‘ar.
SA’DIY
Tavba qilmoq kerak odatda bir bor,
Zahar yutib bo‘lmas ikki qur zinhor.
A. ShUKUR
ziyouz.uz

Оставьте комментарий