Zulfiya tavalludiga bag’ishlangan senariylar to’plami

DO`STLARGA ULASHING:

Zulfiya tavalludiga bag‘ishlangan tadbirlar uchun ssenariylar to‘plami

Quyida shoira Zulfiya tavalludiga bag‘ishlangan tadbirlar uchun turli ssenariy variantlarini taqdim etaman. Ushbu ssenariylar maktab, litsey, kollej va boshqa muassasalarda o‘tkaziladigan tadbirlarga mos keladi.


1. Zulfiya – O‘zbek qizining iftixori

Tadbir turi: Adabiy-badiiy kecha
Maqsad: Zulfiya hayoti va ijodini yod etish, uning asarlarini targ‘ib qilish

📜 Ssenariy:

🎤 Boshlovchi 1:
Assalomu alaykum, qadrli ustozlar, aziz mehmonlar va hurmatli o‘quvchilar!

🎤 Boshlovchi 2:
Bugun biz O‘zbekiston xalq shoiri, go‘zallik va ma’rifat timsoli bo‘lmish Zulfiya tavalludiga bag‘ishlangan adabiy kechada jam bo‘ldik.

🎤 Boshlovchi 1:
Shoira Zulfiya o‘z ijodiy yo‘lida milliy g‘urur, ona tilimiz jozibasi va ayol latofatini she’riyatda muhrlagan.

🎤 Boshlovchi 2:
U kishining yurakdan chiqqan misralari har bir yurtda uyg‘oq ruh va iftixor uyg‘otadi. Keling, shoiramizning hayoti va ijodi haqida qisqacha tanishib olamiz!

📽 (Zulfiya haqida videorolik yoki slayd taqdimoti namoyish etiladi)

🎭 (O‘quvchilar Zulfiya she’rlaridan parchalar o‘qiydilar)

🎶 (Zulfiya she’rlariga bastalangan qo‘shiqlar ijro etiladi, masalan, “O‘zbekiston – Vatanim manim”)

📜 Tadbir yakuni:
🎤 Boshlovchi 1:
Zulfiya – bu nafaqat shoira, balki butun bir avlod tarbiyachisi! U kishi yozgan har bir satr qalbimizga yorug‘lik olib kiradi.

🎤 Boshlovchi 2:
Shoiraning yorqin xotirasi biz bilan birga yashaydi! Bugungi tadbirimiz yakuniga yetdi, barchangizga tashakkur!


2. Zulfiya hayoti va ijodi bo‘yicha mushoira kechasi

Tadbir turi: She’rxonlik va ijodiy mushoira
Maqsad: Yosh ijodkorlarning iste’dodini namoyish etish

🎤 Boshlovchi:
Assalomu alaykum, aziz adabiyot ixlosmandlari! Bugun biz adabiyot olamining yorqin yulduzi Zulfiya tavalludiga bag‘ishlangan she’riyat kechasiga yig‘ildik.

📖 Mushoira tartibi:

  1. Zulfiya hayoti haqida qisqacha ma’lumot
  2. Uning eng mashhur she’rlarini yoddan o‘qish
  3. Zulfiya asarlari asosida sahna ko‘rinishi
  4. Yosh ijodkorlarning Zulfiya ijodidan ilhomlanib yozgan she’rlari

🎭 (Sahna ko‘rinishi: Zulfiya va Uyg‘un hayotidan lavhalar sahnalashtirilishi mumkin)

🎤 Boshlovchi:
She’riyat – yurak nidosi, insonning ichki tuyg‘ulari tarannumi. Zulfiya esa bu yo‘lda beqiyos ijod namunalari qoldirdi. Bugungi kechamiz mana shunday bebaho adabiy merosga bag‘ishlandi.


3. Zulfiya asarlariga asoslangan sahna ko‘rinishlari kechasi

Tadbir turi: Teatrlashtirilgan adabiy kecha
Maqsad: Zulfiya ijodidan ilhomlanib, uning asarlari asosida sahna ko‘rinishlarini namoyish qilish

🎤 Boshlovchi:
Bugungi adabiy kechamizda sizlar Zulfiya qalamiga mansub hikmatli she’rlarga asoslangan sahna ko‘rinishlariga guvoh bo‘lasiz. Shoiraning sevgi, vatanparvarlik va ona tabiat haqida yozgan she’rlari sahna orqali jonlanadi!

🎭 (O‘quvchilar Zulfiya she’rlaridan kelib chiqib, sahna ko‘rinishlarini ijro etishadi)

📜 Misol uchun sahna ko‘rinishi:

  • Zulfiya va Uyg‘unning muhabbati haqida kichik teatrlashtirilgan lavha
  • Shoiraning «O‘zbekiston – Vatanim manim» she’riga asoslangan sahna ko‘rinishi

🎶 (Musiqiy chiqishlar: Zulfiya she’rlari asosida yaratilgan qo‘shiqlar ijro etiladi)

🎤 Boshlovchi:
Zulfiya ijodi she’riyatimizning durdonalaridan biri bo‘lib qolaveradi. Bugungi adabiy kechamiz sizlarga ilhom baxsh etgan bo‘lsa, biz bundan mamnunmiz!


Xulosa

Yuqoridagi ssenariylar tadbir turiga qarab moslashtirilishi mumkin. Agar sizga yana qo‘shimcha ssenariy yoki o‘ziga xos g‘oyalar kerak bo‘lsa, xabar bering! 😊


Oltinko’l          tumanidagi
28-maktab -internatining
Yunusova      Ma’sudaxonning
«Zulfiyaxonim   100   yilligi« uchun
tayyorlagan    tadbir
ssenariysi
                   «Zulfiyaxonim   izdoshlari«
1-boshlovchi.
Assalomu    alaykum,ey   nuri    ziyolarim,
Alpomish,Barchinoy-u,Rustam-u   dostonlarim.
Yurtimning   kelajagi,ey   bag’ri    osmonlarim.
Davralarda   o’zbekcha   so’zligingiz  muborak,
O’zbekona    lutfingiz,o’zligingiz    muborak.
2-boshlovchi.
Shukrona   aytamiz, qutlug’   kunlarga,
Ma’no-yu  mazmunga   to’liq   kunlarga.
Farovon,nurafshon   ulug’   kunlarga
Ey  ozod   diyorim,O’zbekistonim!
Ey  obod   diyorim,O’zbekistonim!
1-boshlovchi.
Assalomu  alaykum,aziz   ustozlar!Hurmatli   tengdoshlar,maktabdoshlar
2-boshlovchi.
Assalomu   alaykum,tadbirimizni   tomosha   qilgani   tashrif    buyurgan   mehmonlar!
1-boshlovchi.
Ayolini   asragan,ulug’lagan  xalq—buyuk   xalq.Ayollari   baxtli  elning   farzandlari   esa   barkamol,kelajagi   nurafshondir.
2-boshlovchi.
O’zingiz   umrning   avvali-boshi
Farzandlar   qalbining   porloq  quyoshi
Jannat   chamanining     mohir   naqqoshi
Yolg’iz   siz   o’zingiz,aziz   ayollar!
1-boshlovchi.
Bahor   asli   sizning    ko’nglingizdadur,
Sadoqat   va   vafo   yo’lingizdadur.
Dunyoning   beshigi   qo’lingizdadur,
O’zingiz   azizsiz,aziz   ayollar.
2-boshlovchi.
Biz   bejizga  so’zimizni   ayollar   ta’rifidan  boshlamadik.«Nafa-qat  o’z   she’rlari,balki   butun  hayoti  bilan  o’zbek  ayolining  ma’naviy   qiyofasini   namoyon  etgan  atoqli   shoiramiz  Zulfiyaxonimni  ham   men  ana  shunday    fidoyi  insonlar   qa-
toriga    qo’shgan  bo’lardim.Uning  jahon  minbarlaridan   yangragan   she’rlari  Sharq  ayolining  aql-u zakosi,fazl-u   kamolining  yorqin   ifodasi  sifatida   millionlab   she’riyat   muxlislariga  odamiylik,muhabbat  va  sadoqatdan   saboq   bergan,desak,mubolag’a  bo’lmaydi«degan  edi  hurmatli   Prezidentimiz   Islom   Abdug’aniyevich   Karimov
1-boshlovchi.
Prezidentimiz   Islom   Karimovning  2014-yil   31-oktabrdagi   «O’zbekiston   xalq  shoiri  Zulfiya   tavalludining   100  yilligini
nishonlash    to’g’risida«  gi  qarorini  xalqimiz,keng   jamoatchilik   ayol  zotiga,adabiyotimiz  hamda  ajdodlarimizga
yuksak   ehtirom   namunasi  sifatida   kutib  oldi.
2-boshlovchi.
Bugun   mamlakatimiz  ahli   har  bahorni   shoira Zulfiya   tavallud   topgan  kunni   nishonlash   bilan   kutib   olishni   an’anaga  aylantirdi.Shoira  kitoblarini  yurtimizdagi   ko’plab   oilaviy   kutubxonalar  javonida   ko’rish   mumkin.Prezidentimizning  1999-yil   10-iyundagi   qaroridan   so’ng  har  yili   yurtimizdagi   iste’dodli   qizlardan   bir   guruhi
Zulfiya   nomidagi   davlat  mukofoti   bilan  taqdirlanmoqda.
1-boshlovchi.
Bizning   maktabimizda  ham  o’zining   a’lo   o’qishlari,ijodkorligi,iste’dod   va   qobiliyatlari   bilan   Zulfiyaxonim   qizlaridan   qolishmaydigan   o’quvchi   qizlarimiz
ta’lim   oladilar.Zulfiya,tavalludining  100   yilligiga   bag’ishlab
mana   shu   qizlarimiz   o’rtasida   belllashuv  tashkil   etganmiz.
2-boshlovchi.
Bellashuvimiz   shartlari   bilan  tanishtirib  o’tamiz.Birinchi  shart—tanishtiruv   sharti   bo’lib,bu  shartda  qizlarimiz   o’z  jamoalarini   tanishtiradilar.
1-boshlovchi.
Ikkinchi  shart—savol-javob   sharti   bo’lib,bunda  qizlarimizning
Zulfiya   hayoti  va   ijodini   qanchalik   o’zlashtirganliklarini
2-boshlovchi.
Uchinchi   shartda   Zulfiyaxonim   she’rlari   asosida   qizlarimizning   badiiy  o’qish   mahoratlarini   sinab   ko’ramiz.
1-boshlovchi.
To’rtinchi   shartimiz   «Arzanda   bo’lmang,pazanda   bo’ling«  deb   nomlanib,  qizlarning   vitaminlarga   boy  salatlar   tayyorlash     sirlarini   qanchalik   egalliklarining   guvohi
2-boshlovchi.
Beshinchi   shartimiz   erkin   mavzu   bo’lib,bu    shartda   guruhlarning   bo’sh   vaqtlarini   qanday   mazmunli   tashkil   etishlari   haqida    ma’lumotga   ega   bo’lamiz.
1-boshlovchi.
Bundan   tashqari   o’quvchilarning   tadbir   uchun    tayyorlab   kelgan   ijodiy   ishlari   baholanadi.Shartlarni   baholash  uchun
1.Hakamlar   hay’ati   raisi28-maktab-internat   direktori   Rahmonova   Feruzaxon   Sultanovna.
2.Hakamlar   hay’ati   a’zolari:
1.O’rinova   Hamidaxon   Tursunboyevna-ona  tili  va   adabiyot   fani   o’qituvchisi.
2.Xaitova   Dilnozaxon    — ona   tili  va   adabiyot   fani   o’qituvchisi.
3.Arslonova   Gulbadanxon-  matematika   fani    o’qituvchisi.
4.Qo’yilgan   ballarni   hisoblab    boruvchi-  Abdullajonova   Zilolaxon- matematika   fani   o’qituvchisi.
Endi   tadbirimiz   ishtirokchilari   bo’lgan   7-«A«;7-«D«  sinf   qizlari  jamoalarini  davraga   taklif   etamiz   va   jamoalar  navbat   o’zlarini   tanishtirib   o’tadilar.
Tanishtirib   bo’lgan   jamoalar  davradan  ajratilgan  joylariga  borib  o’tiradilar.
1-boshlovchi.
Gul  bo’lib,gul-gul  yonib
Gulshan  aro   Gulchehralar,
Gul   bo’lib, o’ynar   qo’yib
Qo’lga   hino     Gulchehralar
Hakamlar    hay’ati  tanishtiruv  shartini    baholagunga   qadar
7-«B«sinf    qizlari   ijrosida   go’zal    bir   raqsni   tomosha   qilamiz.
«SHUKRONA«raqsi
1-shart    bo’yicha   ballar   e’lon   qilinadi.
2-boshlovchi.
Marhabo:ey,aziz  qalbim  xumori,
Ulug’   mujdalaringmana,qo’limda.
Kuchga  to’l!Guvilla,yurtim   bahori!
Chechaklar   porlasin   yurgan   yo’lingda.
1-boshlovchi.
Bahor-olam   va  odam   yangilanadigan   faslning    boshlanish
arafasida   tavallud   topgan   Zulfiya   Isroilova   hayoti  va   ijodi
haqidagi   qizlarimiz   bilimlarini    sinab   ko’ramiz.
Guruhlar    navbatma-navbat   tezkor   savollarga   javob   beradilar
2-boshlovchi.
«Men  elimning    tilagida   yashayman,
Erk   deganning   yuragida    yashayman«
deganida    Hamid   Olimjon   tamomila  haq   edi.Shoira    Zulfiya    ham   o’zining   yoniq    she’rlari   bilan  qalblarimizdan
mustahkam  o’rin   olgan.
Jamoalar   tayyorlab   kelgan  she’rlarini   ifodali    yod   aytadilar.
1-boshlovchi.
Hakamlarimiz    «Ifodali   o’qish«    shartini   baholagunga   qadar   5-«B«  sinf    qizlari   ijrosidagi     raqsni   e’tiboringizga    havola    etamiz.
«Begim   demang,begoyim«
Ifodali   o’qish    sharti   bo’yicha  guruhlarning   ballari  e’lon   qilamiz.
2-boshlovchi.
«Bu  xonim   kim?«—deya   tashlansa   savol,
Bilgan   javob  aytar  tildan  to’kib   bol;
—«Tinchlik—Birdamlik!-deb    mushoirada
Jahonga   jar   solgan   g’oliba    ayol.
etamiz.Ular    hammamizning   ko’z  o’ngimizda   pazandalik   mahoratlarini   namoyish   etadilar.
1-boshlovchiYulduz   olar   dam,
Jo’shqin   mushoira   etadi   davom,
Do’stim,kel   sen   ham.
Maktabimizda    she’r   yozishni   mashq   qilayotgan    ijodkor o’quvchilarimizning     she’riy   mashqlari  bilan    tanishamiz,marhamat!
2-boshlovchi.
Hakamlarimiz  4-shartni   baholagunga   qadar   6-sinf    o’quvchilaridan   shoira    Zulfiya   she’rlaridan    namunalar   tinglaymiz.
1-boshlovchi.
Vatanim   betakror   O’zbekistonim,
Andijonim   mening    qutlug’    makonim,
Ilhomim    ildizi   suv   ichgan    yurt    bu,
Shu   chamanga   tuhfa    she’r-u   dostonim.
  2-boshlovchi.
Ulug’    ustozlarga   dilda    cho’ng      havas,
Murodim    ularga  bo’lmoq   chambarchas.
Armonim    yo’q   mening   xalqim    oldida,
Shoirlar    safida   yursam   hamnafas.
Endi    qizlarimizning     ijodiy    salohiyatlarini    «Erkin    mavzu«  orqali   sinab   ko’ramiz.
1-boshlovchi.
Hakamlar    hay’ati     5-shartni   baholagunga   qadar    7-«B«-sinf    o’quvchisi   Mohiraxon   Ikromjonova    ijrosida     raqs    tomosha   qilamiz.
2-boshlovchi.
Endi    tadbir    ishtirokchilarining     6-shart   bo’yicha    olgan    baholarini    tinglaymiz.
  1-boshlovchi.
Endi    esa   jamoalarning    umumiy    to’plagan    ballarini   eshitamiz.
2-boshlovchi.
Yuragimning   sara   gulin    senga    tutay,
Ismim   aytsam   ruhim    baland-arshga
Jonim   Vatan,onamsan   sen  ,bolangman   men.
1-boshlovchi.
Nasabimni   so’raadilar,o’zbek   dedim,
Ardoqlagan    mulk,boyligim,bu-erk  dedim,
Navoiydan-chehramdagi    nur,ko’rk  dedim,
Jonim    Vatan,onamsan    sen,bolangman   men.

Оставьте комментарий