Emlangan talabalarga to‘lov-kontraktda 10 foiz chegirma beriladi.

DO`STLARGA ULASHING:

Emlangan talabalarga to‘lov-kontraktda 10 foiz chegirma beriladi. Qayerga murojaat qilish kerak?

Talaba o’ziga yaqin bo’lgan oilaviy poliklinikaga yoki qishloq vranchlik punktiga murojaat qilib, anketa to’ldirib 3 bosqichda vaksina olgandan so’ng emlangani to’g’risida sertifikat oladi. Ushbu sertifikatni o’zi ta’lim olayotgan OTMga taqdim etadi. Shundan so’ng unga kontraktda 10 foiz chegirma beriladi.

Vaksina turiga qarab 2 yoki 3 bosqichda 1 oy farqi bilan emlanadi. Shu sababli to’liq emlanganlik to’g’risida sertifikat olish uchun 2-3 oy vaqt ketadi. Oldinroq harakat qilishmi maslahat beramiz, hozircha vaksinalar tekin, keyinchalik vaksinalar pullik bo’lib ketmasligiga ham hech kim kafolat bermaydi.