Abdulla Qahhor (1907–1968)

DO`STLARGA ULASHING:

Oʻzbek adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan Abdulla Qahhor 1907 yili Qoʻqon shahrida temirchi oilasida dunyoga keldi. Oʻrta maʼlumotni Qoʻqonda olgan Abdulla 1925 yilda Toshkentga kelib, “Qizil Oʻzbekiston” gazetasida ishlaydi.
U Oʻrta Osiyo Davlat universitetining pedagogika fakultetida (1930) tahsil oldi. Yozuvchi “Sovet adabiyoti” jurnalida masʼul kotib, Oʻzbekiston Davlat nashriyotida muharrir lavozimlarida ishladi (1954–1956).
Abdulla Qahhorning ijodi 1924 yildan boshlangan. Dastlab “Mushtum” jurnalida, “Yangi Fargʻona” gazetasida uning hikoya, felyeton, xabarlari bosildi. Yozuvchining “Olam yasharadi” nomli birinchi hikoyalar toʻplami 1935 yilda chop etilgan.
30-yillarda adibning uchta “Hikoyalar” toʻplami (1935,1938,1939) kitobxonlar qoʻliga tegdi. Bu davrda Abdulla Qahhor kichik hikoyalardan tashqari “Sarob” (1935) romanini yozdi.
Urush yillarida yozuvchining bir qancha felyeton, ocherk va hikoyalari eʼlon qilindi. “Asror bobo”, “Dardaqdan chiqqan qahramon”, “Kampirlar sim qoqdi”, “Xotinlar”, “Oltin yulduz” kabi oʻnlab hikoya va qissalarida oʻzbek jangchilarining mardligi, xalqimizning mehnatdagi jonbozliklari, yuksak vatanparvarligi ifodalangan.
Yozuvchining urushdan keyingi yillarda yaratgan “Qoʻshchinor chiroqlari” (1951) romani jamoalashtirish mavzuiga bagʻishlangan.
U oʻzining “Shohi soʻzana” (1951), “Ogʻriq tishlar” (1954), “Tobutdan tovush” (1962), “Ayajonlarim” (1967) komediyalari bilan oʻzbek dramaturgiyasi rivojiga salmoqli hissa qoʻshdi. Ayniqsa, “Shohi soʻzana” pyesasida dramaturg qoʻriq va boʻz yerlarni oʻzlashtirish mavzuini zoʻr mahorat bilan yoritdi. Pyesa respublikamiz va qator xorijiy mamlakatlar sahnalarida muvaffaqqiyatli namoyish qilindi. Yozuvchining “Sinchalak” (1958), “Oʻtmishdan ertaklar” (1965), “Muhabbat” (1968) qissalari oʻzbek nasrining taraqqiyotiga muhim hissa boʻlib qoʻshildi.
U “Oʻtmishdan ertaklar” qissasi uchun Respublika Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan. Oʻzbek kitobxonlari Abdulla Qahhor tarjimasida M. Gorkiyning “Mening dorilfununlarim”, N. V. Gogolning “Revizor”, L. N. Tolstoyning “Urush va tinchlik” romani (I, II kitoblari) va boshqa bir qator asarlarni oʻz ona tillarida oʻqishga muvaffaq boʻlganlar.
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor mustaqillik yillarida oʻzbek adabiyoti va madaniyati rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.
“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti 2016) kitobidan.

17 комментариев к “Abdulla Qahhor (1907–1968)”

  1. Уведомление: nova88

  2. Уведомление: maxbet

  3. Уведомление: bourbon for sale

  4. Уведомление: เงินด่วน

  5. Уведомление: What Are Essential Oils and Do They Work?

  6. Уведомление: sbobet

  7. Уведомление: benelli firearms guns

  8. Уведомление: benelli firearms guns

  9. Уведомление: see this

  10. Уведомление: บาคาร่าออนไลน์

  11. Уведомление: where to buy magic mushrooms​

  12. Уведомление: ufabtb

  13. Уведомление: KIU-Library

  14. Уведомление: Recommended Reading

  15. Уведомление: Situs Togel Terpercaya

  16. Уведомление: check my reference

  17. Уведомление: ติดเน็ตบ้าน AIS

Комментарии закрыты.