Salomlashish haqida sara sherlar to‘plami

DO`STLARGA ULASHING:

Assalom azizlar, qalbi quyoshlar,
Mehringiz nuridan bahrimand yoshlar.
Yurakdan sizga aylaymiz salom,
Ta’zim aylab deymiz salom assalom.


Assalomu yaxshilar,
Qutlug’ qadam kishilar.
Shodlik to’la ko’ngillar,
Opalar-u singillar.

Uzun-qisqa o’g’alar,
Amaki-yu tog’alar.
Ammajonlar holajonlar,
Ham shumtaka bolajonlar.

Hullas kalom tinglab turgan bo’lsa kim,
Hammangizga deymizki Assalomu alayko’m.


Assalom so’zimning kirish qismidan,
Assalom mehr to’la qalbim to’ridan,
Keltirdim sizlarga aziz bir kalom,
……… nomidan salom-assalom.

Tanishtirish so’zimni boshlayin men sizlarga,
Shu tadribga yig’ilgan barcha qaro ko’zlarga.
Men ………… Kitobsevar bo’laman,
Hudo xohlasa shu yil … yoshga to’laman.


Shahrinoz:
Osmondagi Oydayin,
Yoyilib oqqan soydayin,
Davramizga fayz bergan,
Hamma: Onaxonlarga salom.

Mavzuna
Yuzlarimiz gul qilgan,
Savodimiz mo’l qilgan,
Ta’lim tarbiya bergan,
Hamma: Ustozlarga ming salom.

Nargiza
Atlas ko’ylak kiyganlar,
Yugurib xizmat qilganlar,
Chaqqonlikdan dars bergan,
Hamma: Quvnoq qizlarga salom.

Mohira
Bayram deb yig’ilganlar,
Sher qo’shiqqa ilinganlar,
Tadbirga navo bergan,
Hamma: San’atkorlarga ming salom.

Mehrinoz
Qora ko’zi munchoqday,
Darsga zehni quchoqday,
Maktabda bayram ekan,
Hamma: Barchangizga ming salom.


Ruxsora
Kim oqilu kim dono,
Muhomakaga kelgan,
Odil qarorni beruvchi,
Hamma: Hakamlarga ming salom.

Nozanin
Boshlang’ichim deb yugurgan,
Kamchiligin yashirgan,
Bellashuvga chaqirgan,
Hamma: Direktor o’rinbosariga salom.

Оставьте комментарий