10-sinf o‘quvchilari OTMlarga kirish test sinovlarida ishtirok eta oladimi?

DO`STLARGA ULASHING:

10-sinf o‘quvchilari OTMlarga kirish test sinovlarida ishtirok eta oladimi?

‼️ Yo‘q, qatnasha olmaydi. Amaldagi nizomga (https://lex.uz/docs/-3244181) muvofiq talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasasining qabul komissiyasiga umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan)ni taqdim etishlari lozim.

Shuningdek, onlayn ro‘yxatdan o‘tishda tugatgan ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilishi kerak.

Maktabning 10-sinfida yoki akademik liseylarning 1-bosqichida tahsil olayotgan o‘quvchilar umumiy o‘rta ta’lim yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatmagan hisoblanadi.

Shu sababli ular OTMlarga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin emas va testda ham qatnasha olmaydi.

O‘tgan yillarda hali maktab va lisey/kollejda o‘qiyotganlar bazasi to‘liq bo‘lmagani uchun saytdan ayrim 10-sinflar ham hujjat topshira olgan va hatto testga ham bemalol kirib chiqishgan. Lekin mabodo kimdir testda o‘tish balini to‘plagan bo‘lsa ham, ammo talabalikka qabul qilinmadi. Chunki ularda o‘rta ta’limni tasdiqlovchi shahodatnoma (diplom) yo‘q edi.

Joriy yil tegishli vazirliklar o‘z tasarrufidagi ta’lim muassasalari bazasini to‘liq qilib berishgan, deb umid qilamiz. Shunda ro‘yxatdan o‘tishda o‘rta ta’limni tugatmaganlarlar avtomat rad etiladi, ular ro‘yxatdan o‘ta olishmaydi.

Оставьте комментарий