Arginin gidroxlorid

DO`STLARGA ULASHING:

Arginin gidroxlorid

📜 Preparat haqida asosiy ma’lumotlar
Tarkibi:
faol modda: 42 mg arginin gidroxloridi (100 ml eritmada 20 mmol arginin va 20 mmol xloridlar saqlanadi).

Yordamchi modda: inyektsiya uchun suv.

📝 Preparatning savdo nomi:
Arginina gidroxlorid

🧬 Farmakalogik guruhi:
parenteral oziqlantirish uchun preparat .aminokislota.

💧 Dori shakli:
infuziya uchun eritma.

🧪 Ta’rifi:
tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish-jigarrang suyuqlik.

👉 Qoʻllanilishi:
Bosh miya va yurak-qon tomirlarining aterosklerozi, periferik qon tomirlarning aterosklerozi, shu jumladan vaqti-vaqti bilan paydo bo‘ladigan oqsoq ko‘rinishlari, diabetik angiopatiya, yurak ishemik kasalligi, arterial gipertenziya, o‘tkir miokard infarkti va bosh miya qon aylanishini o‘tkir buzilishi o‘tkazilganidan keyingi holat, miokardiopatiya, surunkali yurak yetishmovchiligi, giperxolesterinemiya, stenokardiya, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, interstitsial pnevmoniya, idiopatik o‘pka gipertenziyasi, o‘pkaning surunkali postembolik gipertenziyasi, turli etiologiyali o‘tkir va surunkali gepatitlar, giperammoniyemiya, gipoksik holatlar, rekonvalestsentsiya jarayonidagi astenik holatlar, shu jumladan infektsion kasalliklar va jarrohlik muolajalaridan keyingi, metabolik alkaloz, ayrisimon bezi faoliyatini pasayishi, homilaning rivojlanishini kechikishi va preeklampsiyada qo‘llanadi.

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek