“Asalari suti” – foydalimi?

DO`STLARGA ULASHING:

–  “Asalari suti” degan narsa bor ekan. Bir yilda bir marta ona asalaridan olinar ekan. Farzand ko‘rishda erkak va ayolga birdek foydasi bor deb eshitdim. Agar imkon bo‘lsa shu haqida ozgina ma’lumot bersangiz?

Fayzullo Tursunovich, urolog-androlog:

–  Asalari suti asalarichilikning eng qimmatli va zarur mahsulotlaridan. Asalari suti turli moddalarga boy.
Tarkibida aminokislotalar, uglevod, vitaminlar, mikroelementlar va fermentlar ko‘p. Asalari suti 60-70% suv, qolgan 30-40% quruq modda. Quruq moddaning 20-50% oqsillar, 10-40% uglevodlar, 5-15% moylar, 1.5-3% vitaminlar, minerallar, gormon, ferment va boshqa biologik faol moddalardan iborat.

Aminokislotalar: asparagin, sistein, arginin, lizin, leysin, valin, prolin, glyutamin, gamma-globulin, izoleysin, oksiprolin kabi 22 xili bor.

Mikro- va makroelementlar: rux, marganes, kobalt, temir, alyuminiy, xrom, vismut, oltin, nikel, kalsiy, kaliy, fosfor, natriy, mis kabi 100 dan ortiq elementlar mavjud.

Uglevodlar: glyukoza, fruktoza, riboza, saxaroza, maltozalar bor.

Fermentlar: invertaza, amilaza, katalaza, proteaza, glyukooksidaza, fosfataza, xolinesteraza va askorbinooksidaza.

Tarkibidan kelib chiqqan xolda asalari sutining shifoli va ozuqaviy xususiyatlari ko‘p. U asab, yurak-qon tomir, siydik tanosil tizimi, ovqat hazm qilish tizimi, bo‘g‘imlar va suyak, mushak, o‘pka va nafas olish tizimi faoliyatiga foydali ta’sir qiladi.

“Asalari suti” – foydalimi?
“Asalari suti” – foydalimi?

Siydik tanosil tizimida ta’siri moddalar almashinuvini tezlashtiradi, odamni tetiklashtiradi. Uyqu yaxshilanadi. Insonning farzand ko‘ra olish yoshini uzaytiradi, shaxvat va shaxvoniy quvvatni kuchaytiradi, surunkali tanosil kasalliklarini yengishda yordam beradi. Shu qatorda befarzandlikda xam foydasi bor.

Asalari sutini kuniga 2-3 mahal ovqatdan 30 minut avval qabul qilinadi. Kechqurun uyqudan 3 soat avval ichish kerak. Qabul qilish dozasi ishlab chiqaruvchi mahsuloti va uning shakliga bog‘liq. Shu sabab ko‘rsatmada ko‘rsatilganiga qarab qabul qilish kerak. Standart davo kursi 1-2 oy. Asalari sutidan mikroklizmalar qilish mumkin va svechalar yasashda ham foydalanish mumkin.

13 комментариев к ““Asalari suti” – foydalimi?”

  1. Уведомление: new devops trends

  2. Уведомление: free cvv2 fullz

  3. Уведомление: slot online

  4. Уведомление: magic mushroom tea for sale

  5. Уведомление: Stop Charter Spectrum

  6. Уведомление: คาสิโนออนไลน์

  7. Уведомление: 토토밀라노

  8. Уведомление: 홀덤

  9. Уведомление: turners outdoorsman

  10. Уведомление: how do you take crystal mdma

  11. Уведомление: more helpful hints

  12. Уведомление: https://ad.i7391.com/g.aspx?sn=1.1.5.0&v=c2c9456c231c431fbdd06c9b6ad7c769&g=https://casino-spin.de/

  13. Уведомление: Blackberry Dream for sale near me

Комментарии закрыты.