Banknotalar nimadan tayyorlanadi?

DO`STLARGA ULASHING:

Banknotalar nimadan tayyorlanadi?

🔎 An’anaga ko‘ra, dunyo bo‘ylab pul ishlab chiqarish uchun paxtadan tayyorlangan qog‘ozdan foydalaniladi. Ba’zan pulning mustahkamligi va chidamliligini yaxshilash uchun paxta tolasiga zig‘ir yoki boshqa tolalar qo‘shiladi. Hozirgi vaqtda banknota ishlab chiqarishda plastmassadan foydalanilayotgani tufayli, ularning chidamliligi sezilarli darajada yaxshilanib bormoqda

Banknotalarning chidamliligi nima degani?
➡️ Banknotalar, kir yuqtirmaydigan, issiqlikka, namlikka va mexanik ta’sirlarga chidamli va mustahkam bo‘lishi kerak

✅ Bundan tashqari, banknotalar himoya vositalari bilan ham ta’minlangan bo‘lishi kerak. Banknotaning xavfsizlik darajasi uning komponentlariga, xususan, florasan bo‘yoqlari, magnit, metall va mikrobosma belgilariga ko‘ra yuqorilaydi. Banknotalarning nisbatan ko‘p foydalaniladigan xavfsizlik elementlariga belgi va himoya iplari kiradi

🔵 Polimer banknotalar nafaqat chidamli, balki, o‘ziga xos xususiyatlari, masalan, optik jihatdan o‘zgaruvchan qurilmasi bilan birma-bir takrorlash, nusxalash uchun murakkab sanaladi

Ta’kidlash joizki, banknota materialiga qo‘yiladigan talablar nafaqat mustahkamlik, balki, ekologik tozalik nuqtai nazaridan ham oshib boradi. Plastmassa ekologik toza material hisoblanmagani, uni ishlab chiqarish va qayta ishlash jarayonida ko‘p miqdorda karbonat angidrid chiqindilari paydo bo‘lishi tufayli, gibrid banknotalar eng yaxshi variantlardan biriga aylandi

Gibrid banknotalar paxta asosli bir nechta qavatlardan tashkil topadi. Polimerning o‘ta yupqa qatlami paxta yadrosini himoya qiladi. Uning ustiga esa belgi va himoya ipi joylanadi

Оставьте комментарий