Bolalarda og’iz bo’shlig’i kandidozi (yelikish, molochnitsa)

DO`STLARGA ULASHING:

Bolalarda og’iz bo’shlig’i kandidozi (yelikish, molochnitsa)

Bu kasallik og’iz bo’shlig’i shilliq qavatining zamburug’li zararlanishi hisoblanadi. Qo’zg’atuvchilari: Candida albicans, Candida tropicans, Candida crusei.

Kasalikka olib keluvchi asosiy omil bu qayt qilish va qusishdir.

O’tkir og’iz bo’shlig’i kandidozi 3 ta shaklga bo’linadi:
-yengil
-o’rta og’ir
-og’ir

Kasallikning asosiy belgisi og’iz bo’shlig’i shilliq qavatining karash bilan qoplanishidir(Til, tanglay va yonoqlarning ichki devori). Bundan tashqari shilliq qavatda qizarish va bolada bezovtalik kuzatiladi. Til oqarishi har doim ham kasallik belgisi hisoblanmaydi, chunki sut ichganidan keyin tili oqarishi mumkin.

Og’ir holatlarda esa yutish og’riqli bo’lganligi uchun bola emish va shishadan ovqatlanishni rad etadi.

© Doctor Muxtorov

Оставьте комментарий