Ertaklar

Audiokutubxona Ertaklar Ezop masallari Jahon xalq ertaklari Krilov masallari Masallar Multfilmlar O‘zbek xalq ertaklari Qo‘shiqlar Rus tilidagi ertaklar Rus xalq ertaklari She’rlar Topishmoqlar Yangliklar

Tegirmonchi

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan bir tegirmonchi bo‘lgan ekan. Tegirmonchining ikkita o‘g‘li bor ekan. O’g‘illarining kattasi dangasa, ishyoqmas ekan. Kichigi mehnatsevar, pishiq, odobli yigit ekan. Bir kuni tegirmonchi ikki o‘g‘lini yoniga chaqirib: — O’g‘illarim, men endi qarib qoldim, — debdi, -bir oyog‘im to‘rda bo‘lsa bir oyog‘im go‘rda. Mendan sizarga qoladigon manashu hovliyu tegirmon, holos.

Tegirmonchi Читать далее »

Yetti dangasa

Bir kuni yetti dangasa bozorga o‘ynagani chiqishibdi. Yurib-yurib qorinlari ochibdi. Ular pul yig‘ishib, yettita xurmachada qatiq va yettita non olishibdi.Olgan narsalarini yeyish uchun joy izlashib, bir chekkaga o‘tishibdi. Ular atrofga qarasalar, qo‘llarini yuvish uchun suv ko‘rinmabdi. Shunda ularning eng kattasi boshqalariga suv keltirishni buyuribdi. Ular bir-birlariga sansalorlik qilib, hech qaysisi unamabdi.Shunda dangasalar bir-biriga shart qo‘yishibdi,«Agar-da

Yetti dangasa Читать далее »

Ayiq nima dedi?

Ikki do‘st o‘rmonda ketayotgan ekan, to‘satdan oldilaridan bir ayiq chiqib qolibdi va ularga hamla qilibdi. Ulardan biri tezda qochib ketibdi-da, yashirinib olibdi. Ikkinchisi esa qochishga ulgurolmay qolibdi, shunda yerga yotib, o‘zini o‘likka o‘xshatib, harakatsiz yotaveribdi. Ayiq uning yoniga kelib, hamma joyini iskab ko‘rgach, o‘lik gumon qilib, qaytib ketibdi. Ayiq ketgach, yashiringan do‘sti kulimsirab chiqib kelibdi

Ayiq nima dedi? Читать далее »

Yo‘lbars, kiyik va tulki

Bir kuni yo‘lbars tog‘ etagida aylanib yurib daraxtlar ostidagi ko‘m-ko‘k maysalarni yeb yurgan kichkinagina kiyikchani ko‘rib qolibdi. Kiyikcha yo‘lbarsni ko‘rib, qo‘rqqanidan turgan yerida qotib qolibdi. Hech qayerga qochib bo‘lmas ekan-da! Shunda kiyikcha butun jasoratini to‘plabdi-da, yo‘lbarsni aldashga qaror qilibdi. U bu yo‘lbarsning tirik kiyikni ilgari hech ko‘rmaganligini bilarkan. Shuning uchun o‘zini yo‘lbarsni ko‘rmaganlikka solibdi-da, teskari

Yo‘lbars, kiyik va tulki Читать далее »

Yo‘lbars bilan tulki

Kunlardan bir kun tulki to‘qayzorda och yo‘lbarsga duch kelib qolibdi. Yo‘lbars bo‘kiribdi, tulki bo‘lsa qo‘rqqanidan turgan yerida qotib qolibdi. «Agar uni aldamasam ajalim yetdi», — debdi tulki o‘ziga-o‘zi. Nima qilish kerak? Yo‘lbars tashlanay-tashlanay deb turibdi. Shunda tulki o‘zini qo‘rquvdan emas, kulgidan titrayotgan qilib ko‘rsatib: «Ha-ha-ha!» deb qulibdi.Yo‘lbars hayron bo‘lib yerga o‘tiribdi-da:— Nega kulayapsan? — deb

Yo‘lbars bilan tulki Читать далее »

Navoiy va Husayn

Alisher Navoiy Husayn Boyqaro saroyida bosh munshiy ekan. Podsho hamma vaqt Navoiyning deganlariga quloq solar ekan. Kunlardan bir kuni Husayn Boyqaro ertalab saroyga kirib ketayotib, Navoiyga qarabdi-da, ko‘rsatgich barmog‘i bilan boshini ko‘rsatibdi. Navoiy ham shu barmog‘i bilan tilini ko‘rsatibdi. Husayn Boyqaro boshini chayqabdi-da, saroyga kirmay qaytib ketibdi.Bu voqeani kuzatib turgan Navoiyning shogirdlari imo-ishoraning sababini so‘rabdilar.

Navoiy va Husayn Читать далее »