Ertaklar

Audiokutubxona Ertaklar Ezop masallari Jahon xalq ertaklari Krilov masallari Masallar Multfilmlar O‘zbek xalq ertaklari Qo‘shiqlar Rus tilidagi ertaklar Rus xalq ertaklari She’rlar Topishmoqlar Yangliklar

Tuz qadri

Qadim zamonda bir podshohning uch qizi boʻlgan ekan. Bir kuni podshoh qizlarini yoniga chaqirib: – Meni qanchalik yaxshi koʻrasiz? – deb soʻrabdi. Katta qizi “dunyolar qadar” debdi, oʻrtancha qizi “quchoq-quchoq mehr bilan” debdi qulochini keng yozib. Podsho xursand boʻlib qizlarini bagʻriga bosibdi. Keyin oʻylanib qolgan kenja qiziga qarab, nahotki menga boʻlgan mehriga oʻlchov topolmayapti, deb

Tuz qadri Читать далее »

Piyozvoy nega xomush?

Oshxonada savlat toʻkib turgan javon ichida yotaverib zerikkan sabzavotlar oʻzaro gurungga kirishibdi. Suhbatni bir tomoni oftob koʻrmay sargʻayib pishgan Pomidor boshlabdi: – Shakl jihatdan kamina ham meva, ham sabzavotga oʻtaveraman. Ayniqsa, shu xonadonning chaqqon qizi Munisa meni juda ham yaxshi koʻradi, – dedi va qoʻshib qoʻydi, – goh “oltin olma”, goh pomidorim – hammasi dorim,

Piyozvoy nega xomush? Читать далее »

Sichqonga aylangan yo‘lbars

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, ko‘m-ko‘k o‘rmon yoqasida bir uy bor ekan. Bu uyda bir keksa kampir yolg‘iz yashar ekan. Bir kuni kampir eshik yonida ip yigirib o‘tirganda, qarg‘a quvlab kelayotgan sichqonni ko‘rib qolibdi. Kampir o‘rnidan turib, qarg‘ani kaltak bilan haydabdi. Sichqonni uyga olib kirib, oldiga bir kaft guruch to‘kibdi. Sichqon kampirning non-tuzini yegach,

Sichqonga aylangan yo‘lbars Читать далее »

Maqtanchoq

Bir mevali daraxt mevasiz daraxt bilan yonma-yon o‘sar ekan. Kunlardan bir kuni mevali daraxt debdi: – Insonlarga mening ko‘p foydam tegadi, chunki ularga shirin mevalar beraman. Ammo sendan hech qanday foyda yo‘q, meva qilmaysan. Sening o‘rningda bo‘lganimda, uyatdan xijolat chekib, qurib qolardim. Mevasiz daraxt qo‘shnisining gaplaridan ranjibdi. Ammo xafaligini bildirmay so‘zga og‘iz juftlabdi: – Sen

Maqtanchoq Читать далее »

Maqtanchoq kesak

Kunlarning birida eski uyning  devoridan bir kesak yerga tushibdi. U katta va qalin devor orasida yillar davomida dimiqib yotgan ekan. Quyoshga qarab, ko‘zlarini ocholmabdi. Birozdan so‘ng qisiq ko‘zlarini battar qisgancha atrofni kuzata boshlabdi. Sal narida qimir etmay turgan toshga ko‘zi tushibdi. Uning yoniga dumalab borib, qo‘rslik bilan savolga tutibdi:–       Hoy, sen kimsan? –       Menmi?… Men

Maqtanchoq kesak Читать далее »

Ikki to‘lqin

Bir dengizda ikkita to‘lqin yasharkan. Birining nomi Katta to‘lqin, ikkinchisi Kichik to‘lqin ekan. Ular juda inoq bo‘lib, doim birga suzib yurisharkan. Kichik to‘lqin juda ochiqko‘ngil ekan, baliqlar, shamol va boshqa to‘lqinlar bilan birga o‘ynarkan. Katta to‘lqin esa shiddatli va shafqatsiz bo‘lib, yo‘lida nima uchrasa, urilib, bosib, buzib o‘tib ketarkan. Ayniqsa, kemalarga hujum qilishni yoqtirarkan. U

Ikki to‘lqin Читать далее »