Ertaklar

Audiokutubxona Ertaklar Ezop masallari Jahon xalq ertaklari Krilov masallari Masallar Multfilmlar O‘zbek xalq ertaklari Qo‘shiqlar Rus tilidagi ertaklar Rus xalq ertaklari She’rlar Topishmoqlar Yangliklar

Qarg’a bilan qo’zi

Bor ekan, yo’q ekan, bo’ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qarg’a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, o’rdak surnaychi ekan, g’oz karnaychi ekan, tovuq taq etdi, bilmadim qaqqa ketdi. Bir qarg’a bilan qo’zi bor ekan. Qarg’a qo’zi yoniga borib: — Seni eyman, — debdi. — Meni eyishga eysanu, tumshug’ing harom, daryoga borib chayqab kelib, undan keyin

Qarg’a bilan qo’zi Читать далее »

Tulkiboy

Bir kuni tulkiboy changalzorda ovqat qidirib yurib, bir angishvona topib olibdi. Tulkiboy yurib-yurib bir kampirning uyiga kelib qolibdi. Kampirni ko’rib: — Ona, senga shu angishvonani ertagacha qoldirib ketaman, ertalab kelib olaman, — deb chiqib ketibdi. O’zi eshikning tirqishidan kampirning angishvonani qaerga qo’yganini ko’rib olibdi. Tulkiboy kampir uxlagandan keyin sekin uyga kirib angishvonani qo’ygan joyidan olib

Tulkiboy Читать далее »

Tulki bilan tovus

Ertagiyo ertagi, echknlarning bo’rtagi, qirg’ovul qizil ekan, quyrug’i uzun ekan, ko’k muzga mingan ekan, muruti singan ekan, g’oz karnaychi ekan, o’rdak surnaychi ekan, ola qarg’a azonchi, qora qarg’a qozonchi, chumchuq chaqimchi ekan, to’rg’ay to’qimchi ekan, bo’ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, ertagimning eri bor, etti kunlik eri bor, etti kunlik erida dumi kalta bo’ri bor.Kunlarning

Tulki bilan tovus Читать далее »

Ur, to’qmoq

Bir bor ekan, bir yo’q ekan, bir kampir bilan bir chol bor ekan. Ular ovchilik bilan kun o’tkazar ekanlar. Bir kun chol tuzoq poylab o’tirgan ekan, tuzoqqa katta bir laylak tushibdi. Yugurib borib laylakni tuzoqdan chiqaribdi, laylak odamdek so’zlamoqqa boshlabdi: — Chol, men laylaklarning boshlig’iman, meni qo’yib yubor, nima tilasang shuni beraman. Mening makonim shu

Ur, to’qmoq Читать далее »

Soqi mumsik bilan Boqi mumsik

Bir zamonda Soqi mumsik bilan Boqi mumsik degan ikki kishi yashagan ekan. Ular o’taketgan mumsik ekanlar. Bir-birlariga suvni ham ravo ko’rmas ekanlar. Bir kuni Soqi mumsik Boqi mumsiknikiga mehmon bo’lib boribdi. Borsa, Boqi mumsikning xotini non yopayotgan ekan. U Soqi mumsikni ko’ribdi-yu, o’tni o’chirib, xamirni o’rab qo’yib, hech nima bilmagandek bemalol o’tiraveribdi. Boqi mumsik ham

Soqi mumsik bilan Boqi mumsik Читать далее »

Susambil

Bor ekan-u yo’q ekan, och ekan-u to’q ekan, bo’ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qarg’a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, o’rdak surnaychi ekan, g’oz karnaychi ekan. O’tgan zamonda bir boy bor ekan. Uning eshagi va bir ho’kizi bor ekan. Uning eri ko’p ekan, qarol-qo’shchilariga ekin ektirib kun o’tkazar ekan. Xo’jayinning o’g’illari ko’pincha eshakni minib yurar

Susambil Читать далее »

Qo’y bilan bo’ri

Bor ekan-da, yo’q ekan, och ekan-da, to’q ekan, o’tgan zamonda bir ona qo’y bilan bir qari bo’ri o’tgan ekan. Qo’yning to’rtta qo’zisi bor ekan. Bo’ri qo’zilarning barra go’shtlarini eyish orzusida doim payt poylab yurar ekan, ammo hech ilojini qilolmas ekan. Oxiri bo’ri o’ylab-o’ylab avval qo’y bilan do’st bo’lishga, keyin paytini topib, qo’zilarni eyishga ahd qilibdi.

Qo’y bilan bo’ri Читать далее »