Tulki bilan tovus

DO`STLARGA ULASHING:

Ertagiyo ertagi, echknlarning bo’rtagi, qirg’ovul qizil ekan, quyrug’i uzun ekan, ko’k muzga mingan ekan, muruti singan ekan, g’oz karnaychi ekan, o’rdak surnaychi ekan, ola qarg’a azonchi, qora qarg’a qozonchi, chumchuq chaqimchi ekan, to’rg’ay to’qimchi ekan, bo’ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, ertagimning eri bor, etti kunlik eri bor, etti kunlik erida dumi kalta bo’ri bor.
Kunlarning birida tulki ketayotgan ekan, bir tovus dumini setora-setora qilib kelaveribdi. Shunda tulki aytibdiki:

— Ey tovus, ajab-ajab o’yinlaring bor ekan, bir yaxshilab o’ynab bergin.

Tovus dumini setora-setora qilib o’yinga tusha beribdi. Tulkining qorni och ekan, o’ynab turgan paytida uni ushlab olibdi. Bir vaqt tovus qarasa, tulkining avzoyi buzuq, uni emoqchi bo’lib turibdi. Tovus:

— Ey tulki, nima qilyapsan? — debdi. Tulki aytibdi:

— Mening qornim och, endi seni egim kelib qoldi.

Tovus:

— Xo’p mayli, meni egin, lekin ko’z oldimda, bir fotiha o’qib esang, hech armonim qolmas edi, — debdi.

Shunda tulki pichir-pichir qilib qo’lini ko’taribdi:

— Omin, ollohu akbar, — degan ekan, tovus tulkining oldidan «var» etib uchib ketibdi. Tulki qo’lini ko’targanicha tovusga qarab turib shunday deb fotihasini davom ettiraveribdi:

— Ovqat emasdan oldin fotiha o’qigan ahmoq ekan, ovqatni eb bo’lib, undan keyin fotiha o’qish kerak ekan, omin ollohu akbar, — deb fotihasini tamom qilibdi.

Оставьте комментарий