Chaqaloqlar reflekslari

DO`STLARGA ULASHING:

Chaqaloqlar reflekslari

💠Xartum refleksi. Barmoqlar bilan chaqaloqning lablariga tegish natijasida uning lablari cho’chchayib, oldinga cho’ziladi.
💠Robinson refleksi . Kaftiga barmoq yoki qalam tegishiga javoban bola ularni shunday kuch bilan ushlab oladiki, xatto ko’tarsa ham qo’yib yubormaydi. 4- oyga borib, bu refleks yo’qolib ketadi.
💠Moro refleksi . Bola yotgan stol yoki krovat turtilsa, bola avval qo’llarini yoyadi, so’ng ularni bukadi. Bu refleks qo’ldagi bolani tez pastga tushirganda ham qayd etiladi. U statokinetik reflekslar turkumiga kirib, bola 4 oylik bo’lgunicha kuzatiladi.
💠Bauer refleksi. Bola qornida yotgan holatda kaft bilan uning oyoqlari kaftiga yengilgina bosiladi. Shunda bola kaftdan itarilib, emaklashga o’xshash harakat qiladi. Bu refleks ham bola 4 oylik bo’lganidan keyin yo’qoladi.
© Evomedklinika