“Chill Guy” memi: paydo bo‘lishi, ommalashishi va xozirgi holati

DO`STLARGA ULASHING:

“Chill Guy” memi: paydo bo‘lishi, ommalashishi va xozirgi holati

🔺“Chill Guy” memi — internetda tezda virusga aylangan tasvirlardan biri. Bu mem ilk bor 2023-yil 4-oktyabrda rassom Fillip Benks tomonidan Twitter’da joylashtirilgan raqamli san’at asari orqali paydo bo‘lgan. Asarda kulrang sviter, ko‘k jinsi shim va qizil krossovka kiygan, qo‘llarini cho‘ntakka solgan va xotirjam tabassum qilgan antropomorfik it tasvirlangan.

🔺Birinchi bor joylashtirilganda mem unchalik ko‘pchilik e’tiborini jalb qilmagan. Ammo 2024- yilning avgust oyida TikTok foydalanuvchisi .blitzerzz tomonidan ushbu tasvirdan foydalangan slaydshou yaratilganidan so‘ng, u internetni “portlatib yubordi”. Slaydshouda mem turli hazillar bilan uyg‘unlashtirilgan va bu millionlab ko‘rishlarga erishdi. Keyinchalik “Chill Guy” rasmidan yirik kompaniyalar ham foydalanishni boshladi, masalan, Halo o‘yin franshizasi va Sprite ichimligining Yevropa brendi uni o‘z reklamalarida qo‘lladi.

🔺2024-yil noyabrida mem yanada katta tarqalishga erishdi. Shu davrda $CHILLGUY nomli kriptovalyuta paydo bo‘ldi va hatto Salvador prezidenti Naib Bukelening Twitter orqali ko‘rsatgan qo‘llab-quvvatlovidan so‘ng 488 million dollar bozor qiymatiga yetdi. Biroq, bu vaziyat rassomning roziligisiz uning ishidan noqonuniy foydalanish holatlarini ham keltirib chiqardi. Fillip Benks mualliflik huquqini himoya qilish uchun choralar ko‘rishga majbur bo‘ldi, bu esa kriptovalyutaning qiymati ikki baravar tushishiga sabab bo‘ldi.

🔺Hozirda “Chill Guy” memi internetda yumor va xotirjamlik ramzi sifatida tan olingan. U USA Today tomonidan 2024-yilning eng yaxshi memlaridan biri sifatida qayd etildi. Bu mem insonlarga hayotga yumor bilan yondashish va ortiqcha stressdan xalos bo‘lishga turtki beradi.

Ushbu postni Chill Guy do‘stinggizga jo‘natib qo‘ying 🙂

📊@jahon_statistikalar💠

Оставьте комментарий