Dunyodagi eng tor ko’cha

DO`STLARGA ULASHING:

Dunyodagi eng tor ko’cha

Ginnesning rekordlar kitobiga ko’ra dunyodagi eng tor ko’cha Germaniyaning Roytlingen shahrida joylashgan. Ko’chaning eng tor nuqtasi 31 santimetrga eng keng nuqtasi 50 santimetrga teng. Bu ko’cha 1726-yilda bo’lib o’tgan shahardagi yirik yong’in natijasida vayron bo’lgan shaharni qayta rekonstruksiya qilish chog’ida qurilgan va 1727-yilda rasmiy ravishda ro’yxatga olingan. Ko’cha Shproyerxofshtrasse deb nomlanadi.

1820 yilda jamoat ko’chasi sifatida foydalanishga topshirilgan va 2007 yil Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Xiyobonga asosan AQSh va Osiyodan kelgan ko’plab sayyohlar tashrif buyurishadi, lekin bu ko’chada yurish tavsiya etilmaydi, chunki tiqilib qolish ehtimoli bor. Ko’chaning ikki tomonida bir-biriga yaqin qurilgan ikkita uy bor.

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek