Eng goʼzal ismlar («Аsmai husna») Islomiy ismlar

DO`STLARGA ULASHING:

Alloh taoloning borligiga ishongan kishi u Zotning go‘zal ismlari va sifatlarini bilishi kerak. Mo‘min-musulmon banda duo qilganida Allohning go‘zal ismlarini tilga olib iltijo etsa, fazilatli bo‘ladi. Eng go‘zal ismlar («Asmai husna») Allohnikidir, Undan boshqa ibodat qilinadigan iloh yo‘q. Haq taoloning chiroyli ismlariga imon keltirish noloyiq sifatlardan Alloh taoloni poklashni ham taqozo qiladi.
Alloh taoloning go‘zal ismlarining ma’nolari bilan qisqacha tanishaylik:

1. Alloh (jalla jalalahu) — butun olamlarni yaratgan Xoliq, barcha maxluqot va mavjudot sig‘inadigan yagona ma’bud Ismi Zotidir. U Zotdan boshqaga nisbatan bu ism ishlatil maydi.
2. Rahmon — yaratgan barcha maxluqlariga dunyo hayotida rahm qiluvchi, ne’mat beruvchi.
3. Rahim — oxiratda faqatgina mo‘minlarga mehribonlik qiluvchi cheksiz marhamatli.
4. Malik — mulk (haqiqiy podsholik) Unikidir. Undan o‘zga ega yo‘q. Shuning uchun bandalar faqat Unga ibodat qilishlari lozim.
5. Quddus — har qanday aybu kamchiliklardan mutlaq pok Zot.
6. Salom — barcha ayb va nuqsonlardan omon, maxluqlar zulmidan omon Zot.
7. Mu’min — bandalariga zulmdan omonlik ato etuvchi, Unga qullik qilganlarga savob berishni va’da etgan Zot.
8. Muhaymin — hamma narsaga shohid, asrovchi, saqlovchi. Undan hech narsa sir qolmaydi.
9. Aziz — hamma vaqt barchaning ustidan g‘olib, hech qachon mag‘lub bo‘lmagan, tengi yo‘q qudrat egasi.
10. Jabbor — yaratganlarining ishlarini isloh etuvchi, nuqsonlarini tuzatuvchi.
11. Mutakabbir — hamma narsadan ulug‘.
12. Xoliq — olamdagi hamma narsani o‘z xohishiga ko‘ra yaratuvchi, mutlaq vujudga keltiruvchi.
13. Bori’ — borliqni, narsalarni yo‘qdan paydo qiluvchi, vujudga keltiruvchi.
14. Musavvir — hamma narsasini o‘zi istagan surat (shakl)da yaratuvchi.
15. G‘affor — bandalarning aybi (gunohi)ni O‘z fazli ila kechiruvchi, o‘ta marhamatli.
16. Qahhor — yengilmas, hamisha hammadan g‘olib, qudratli.
17. Vahhob — cheksiz ne’matlarni hisobsiz, minnatsiz ato etuvchi.
18. Razzoq — yer yuzidagi barcha tirik mavjudotlarning rizqlarini yetkazib beruvchi.
19. Fattoh — haqiqat bilan hukm qiluvchi, to‘g‘ri hukm chiqaruvchi.
20. Alim — bo‘lgan va bo‘ladigan, avvalgi va oxirgi, zohir va botin hamma narsani biluvchi.
21. Qobiz — istagan bandasining rizqini kamaytiruvchi.
22. Bosit — xohlagan bandasining rizqini ko‘paytiruvchi.
23. Xofiz — yomonni yer bilan bitta qiluvchi; unga ibodat qilishdan bosh tortganlarni pastlatuvchi, martabasini tushiruvchi.
24. Rofi’ — mo‘minlarning martabasini ko‘taruvchi.
25. Mu’izz — istagan bandasini (izzat, quvvat, ilm berib) to‘g‘ri yo‘lga solib, aziz va mukarram qiluvchi.
26. Muzill — istagan bandasini (egri yo‘lda yurgani uchun) xor qilib, rahmatidan uzoqlashtiruvchi.
27. Sami’ — maxfiy va oshkora gap va sharpalarni (hatto ko‘ngildan o‘tgan tuyg‘ularni ham) doim eshitib turuvchi.
28. Basir — barcha maxfiy va oshkora narsalarni doim ko‘rib turuvchi.
29. Hakam — qat’iy, (zulm va jafodan mutlaq xoli, rad etilmaydigan) mutlaq odil hukm qiluvchi.
30. Adl — mutlaq adolat qiluvchi.
31. Latif — bandalariga O‘z ehsonini (komil lutfu karami ila) yetkazib beruvchi. Barcha narsalarni biluvchi.
32. Xobir — hamma yashirin va oshkor ishlardan xabardor.
33. Halim — jazolashga shoshmovchi.
34. Azim — aql tasavvur qila olmaydigan darajada ulug‘, buyuk.
35. G‘ofir — bandalarining katta va kichik gunohlarini kechiruvchi.
36. Shokir — bandalarini O‘ziga toatlari uchun maqtovchi, savob beruvchi; bandalarining toatlarini qabul qiluvchi.
37. Aliy — har bir narsadan yuksak, o‘xshash va tenglikdan pok.
38. Kabir — ulug‘lik, buyuklik sohibi.
39. Hafiz — hamma narsaga shohid, hamma narsani panohida asrovchi.
40. Muqit — har bir narsaga qodir.
41. Hasib — har bir narsadan hisobot so‘rovchi.
42. Jalil — eng ulug‘, buyuk.
43. Karim — ne’mat beruvchi.
44. Raqib — har bir ishni kuzatuvchi; hamma narsani (hech bir zarrani qo‘ymay) nazorat ostida saqlovchi.
45. Mujib — duolarni ijobat qiluvchi.
46. Vosi’ — fazli, marhamati keng.
47. Hakim — hikmat sohibi; har narsaning haqiqatini biluvchi.
48. Vadud — yaxshi ko‘ruvchi.
49. Majid — ulug‘lik va sharaf egasi.
50. Bo’is —o‘liklarni qayta tiriltiruvchi.
51. Shohid — hamma narsaga guvoh.
52. Haqq — haqiqiy Tangri.
53. Vakil — hamma narsani butunlay tasarruf etuvchi, boshqaruvchi.
54. Qaviy — kuch va quvvat egasi.
55. Matin — kuchli.
56. Valiy — mo‘min bandalarining himoyachisi, ularga yordam beruvchi.
57. Hamid — hamd, sano va barcha maqtovlarga loyiq yagona Zot.
58. Muhsiy — barcha maxluqot va mavjudotlarning hisob-kitobini yaxshi biluvchi.
59. Mubdi’ — barcha narsalarni hech bir namunasiz yo‘qdan yaratuvchi.
60. Mu’iyd — maxluqotlarini o‘lganlaridan so‘ng, yana qayta asliga qaytaruvchi.
61. Muhyi — tiriltiruvchi (barcha maxluqotlariga jon berib, tiriltiruvchi).
62. Mumit — o‘ldiruvchi (barcha jonzotlarni ajallari yetganida o‘ldiruvchi).
63. Hayy — azaliy va abadiy tirik.
64. Qayyum — maxluqotlarini doim nazorat va himoya qiluvchi.
65. Vajid — hojatsiz, qudratli.
66. Mojid — shavkat, sharaf, ulug‘vorlik va izzat egasi.
67. Vohid — tanho, tengi va o‘xshashi yo‘q.
68. Samad — hojatlarni ravo qilishga qodir bo‘lgani uchun hojatlar so‘ralguvchi.
69. Qodir — azaldan har narsaga qodir, cheksiz qudratli.
70. Muqtadir — har narsaga qudrati yetguvchi.
71. Muqaddim — istagan bandasini (va narsasini) xohlaganidan oldinga qo‘yuvchi.
72. Muaxxir — istagan bandasini (va narsasini) xohlaganidan orqaga qo‘yuvchi.
73. Avval — azaliy; hamma narsadan oldin bor bo‘lgan; borligining boshlanishi yo‘q.
74. Oxir — abadiy; hamma narsa yo‘q bo‘lib ketganida ham qoluvchi; borligining nihoyasi yo‘q.
75. Zohir — borligi ochiqoydin; borligiga har bir narsa dalil; hamma narsadan g‘olib.
76. Botin — ko‘zlar ko‘rolmaydigan; barcha yashirin narsalarni biluvchi.
77. Voliy — barcha narsani boshqaruvchi. Himoya qiluvchi.
78. Muta’ol — qudrati, ulug‘ligi har narsadan ulug‘; har narsani bo‘ysundiruvchi.
79. Barr — rost so‘zlovchi.
80. Tavvob — bandalarining tavbalarini qabul qiluvchi.
81. Muntaqim — zolim va osiylarni jazolovchi.
82. Afuvv — kechiruvchi.
83. Rauf — o‘ta mehribon.
84. Molikul mulk — koinotdagi barcha mulkning tanho egasi.
85. Zul Jaloli val Ikrom — ulug‘lik va kamol egasi; barcha nuqsonlardan pok.
86. Muqsit — odil; adolat bilan hukm qiluvchi.
87. Jomi’ — odamlarni qiyomat kuni to‘plovchi.
88. G‘aniy — hech bir ehtiyoji yo‘q.
89. Mug‘niy — xohlagan bandasiga boylik beruvchi.
90. Moni’ — xohlagan bandasini boylikdan mahrum etuvchi. Asraguvchi.
91. Zorr — zarar yetkazauvchi.
92. Nofi’ — foyda yetkazuvchi.
93. Nur — borliqni munavvar, nurli etuvchi.
94. Hodiy — to‘g‘ri yo‘lga, haqqa boshqaruvchi.
95. Badi’ — narsalarni yo‘qdan yaratuvchi.
96. Boqiy — doim bor.
97. Voris — borliqdagi barcha narsalar vorisi, egasi.
98. Rashid — to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi.
99. Sabur — juda sabrli, juda halim.

«Asmai Husna» — Alloh taoloning go‘zal ismlari ma’nolari bilan tanishgach, Uning barcha ism va sifatlari azaliy ekanini bildik. Alloh taolo O‘zi yaratgan borliqlardan hech biriga o‘xshamaydi. Uning bilishi bizning bilishimizga, Uning qudrati bizning qudratimizga, ko‘rishi bizning ko‘rishimizga, eshitishi bizning eshitishimizga, so‘zlashi bizning so‘zlashimizga o‘xshamaydi…
Yo Alloh! Butun sifatlaring va ismlaring hurmati, bizlarni roziligingga erishtir, Seni kamoli ma’rifat ila tanimoqni bizlarga oson aylagin!

“Hidoyat” jurnalining 2010 yil, 7-sonidan olindi.

18 комментариев к “Eng goʼzal ismlar («Аsmai husna») Islomiy ismlar”

  1. Уведомление: cz accu shadow 2

  2. Уведомление: สล็อต pg เว็บตรง

  3. Уведомление: Henry Magnum Express 22WMR Lever-Action Rifle

  4. Уведомление: wonka golden ticket

  5. Уведомление: big chewy nerds

  6. Уведомление: Buy DMT Powder Online New South Wales

  7. Уведомление: Albino penis envy mushroom

  8. Уведомление: apps that pay cash

  9. Уведомление: peaceful space

  10. Уведомление: calming music

  11. Уведомление: nakeebet

  12. Уведомление: japanese mix

  13. Уведомление: japanese

  14. Уведомление: stress relief

  15. Уведомление: relax everyday

  16. Уведомление: smooth jazz

  17. Уведомление: healing meditation

  18. Уведомление: bk8 thai

Комментарии закрыты.