Savol: Tushda noxush narsa ko‘rsa, nima qilish kerak?

DO`STLARGA ULASHING:

Savol: Tushda noxush narsa ko‘rsa, nima qilish kerak?

Javob: Abdurahmon ibn Sa’iddan shunday rivoyat etiladi: «Yaxshi tush Alloh taolodandur, kimki yaxshi tush ko‘rsa, uni faqat o‘zi yaxshi ko‘rgan odamlarga aytsin, basharti yomon tush ko‘rsa, uning va shaytonning yomonliklaridan Alloh taolodan panoh tilab, uch bora (chap tarafiga) tupurib qo‘ysin hamda ko‘rgan tushini hech kimga aytmasin. Shunday qilsa, tushi zarar keltirmagaydir!»

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qaysi biringiz yaxshi tush ko‘rsangiz, u Alloh taolo tarafidan sizga marhamat qilingan bo‘lib, darhol turib Rabbingizga munosib hamdu sanolar aytingiz va tushingizni (o‘zingiz sevgan kishiga) so‘ylangiz! Basharti yomon tush ko‘rsangiz, bilingkim, ul shaytondan sodir bo‘lgandir. Darhol turib shaytonning yomonligidan Alloh taolodan panoh tilangiz va uni birovga aytmangiz! Shunday qilsangiz, tushingiz zarar keltira olmaydur!» deydilar». Imom Buxoriy rivoyatlari.

Tush haqida aytilganki, u go‘yo parrandaning oyog‘iga yopishib qolgan loyga o‘xshaydi. Qush tepaga ko‘tarilganida o‘sha yopishgan loylar tushib ketadi. Shu kabi tush ham birovga aytilmasa, hech qanday zarari tegmay, o‘tib ketadi.

Yaxshi va yomon tushlar bo‘ladimi?

Masjid-madrasalarda yurish, havoda uchish, suvda suzish rahmoniy (yaxshi) tushlardir. Qabrlar, o‘tlar orasida, so‘yilgan go‘shtlar-u iflos joylarda yurish shaytoniy (yomon) tushlardir. Ba’zi rivoyatlarda bog‘u bo‘stonlarda yurish, do‘stlar davrasida suhbat qurish, inson xursand bo‘ladigan narsalarni ko‘rish ziyoda umrdan hisob qilinadi, deyilgan. Abu Sa’id al-Xudriyning rivoyat qilishicha, Rasululloh (s.a.v.): «Eng rost tush sahar vaqtida ko‘rilgan tushdir», deganlar.

14 комментариев к “Savol: Tushda noxush narsa ko‘rsa, nima qilish kerak?”

  1. Уведомление: คาสิโนออนไลน์เว็บตรง

  2. Уведомление: sbo

  3. Уведомление: maxbet

  4. Уведомление: -glock 17m

  5. Уведомление: demande financement renovation fortis

  6. Уведомление: sbobet

  7. Уведомление: long distance rifles for sale​

  8. Уведомление: Side hustle

  9. Уведомление: 홀덤사이트

  10. Уведомление: wikipedia reference

  11. Уведомление: green mario

  12. Уведомление: my site

  13. Уведомление: สล็อตวอเลท ไม่มีขั้นต่ำ

  14. Уведомление: website

Комментарии закрыты.