Eng qo’pol futbolchi.

DO`STLARGA ULASHING:

Eng qo’pol futbolchi.

«Manchester Yunayted»ning markaziy zonasini bir o‘zi eplay oladigan darajada kuchga ega bo‘lgan irland futbolchisini «qizil iblislar» muxlislari yaxshi eslaydi. O‘zining keskin patkatlari, hakamga bosim o‘tkazishi va bir emas, 3 futbolchini butsalarini mixga ilishga majbur qiladigan darajada jarohat yetkazgani bilan «yovvoyi» laqabini ortirgan Roy Kin eng qo’pol futbolchilardan biri hisoblanadi.

Hech qachon hakamlarda berkitib qo‘pollik ishlatmagan Kin hakam tomonidan qizil kartochka ko‘rsatilishi bilan maydonni tezda tark etar, hech qachon bu borada bahslashib o‘tirmas edi. Uning qiziqqon harakteri tufayli klubning yosh futbolchilar ham hayiqib turishar, xatto Ronaldo ham undan qo‘rqanini yashirib o‘tirmagan. Kin o‘yin paytida nafaqat raqiblarini, balki sustkashlikka yo‘l qo‘ygan jamoadoshlarini ham ayab o‘tirmas, ularni bo‘ralatib so‘kaverar edi.

Siz yana qanday qo’pol futbolchilarni bilasiz?