Frunkul (chipqon)

DO`STLARGA ULASHING:

Nima uchun aynan soch follikulalari zararlanadi ?

Kasallik rivojlanish mexanizmini tushunish uchun, avvalo soch follikulasi va yog‘ bezlarining tuzilishini bilib olish zarur. Soch – bu terining muguz qavati o‘zgarishidan paydo bo‘lgan hosila, u ikki qismdan ustki soch sterjeni va ichki follikulada joylashgan soch ildizidan iborat. Soch follikulasi teri va teri osti yog‘ qavatida joylashgan, atrofidan biriktiruvchi to‘qima bilan o‘ralgan bo‘ladi. Follikulaning pastki qismi “soch piyozchasi” deb ataladi va u oziqlantirish, nerv bilan ta’minlash vazifasini bajaradi. Aynan shu piyozchalarga ter va yog‘ bezlari yo‘li ochiladi.

Yog‘ bezlari teriga tushgan patologik mikroorganizmlarni zararsizlantirish vazifasini bajaradi. Uning funksiyasini buyrak usti bezlari gormonlari va jinsiy gormon – testosteron boshqarib turadi.

Ter bezlari esa ko‘proq qo‘ltiq osti sohasida, so‘rg‘ichlar atrofida, anal teshigi atrofida va chov sohasida bo‘ladi.

Stafilokokk – frunkulning asosiy keltirib chiqaruvchisi.

Yuqorida keltirib o‘tilganidek, soch follikulalarida yiringli yallig‘lanishni chaqiruvchi patogen – stafilokokkdir. Bu mikroorganizmning ko‘p turi bor, shular ichidan faqatgina 10 % i kasallik keltirib chiqaradi. Aynan shu patogen bakteriyalarning ko‘payishi va to‘planishi hisobiga kasallik yuzaga chiqadi.

Frunkul paydo bo‘lishiga olib keluvchi faktorlar

Soch follikulalarida yiringli-yallig‘lanishlar kelib chiqishi quyidagilar bilan tushuntiriladi:

  • Teri qoplamali himoya vazifasi susayib, ter ajralishi kuchayganda;
  • Terining kichik jarohatlaridan bakteriyalarning kirishi (shilinish, tirnalish, yorilish);
  • Terining yiringli oqmalar bilan kontaktida (yiringli frontit, rinit va boshqalar);
  • Gigiyenaga rioya qilinmaslik, teri iflosligi;
  • Kasbga aloqadorligi: kimyoviy moddalar, qurilish, maishiy changlar bilan kontaktda bo‘lganda;
  • Surunkali kasalliklar natijasida immune tizimining kuchsizlanishi;
  • Gormonal o‘zgarishlar, qandli diabetda buyrak usti bezi ishining buzilishida. Gormonal disbalans teri trofikasiga (oziqlanishi) ta’sir etadi, mahalliy immunitetni zaiflashtiradi va patogen mikroorganizmlar rivojlanishi uchun qulay sharoit paydo bo‘ladi;

Rivojlanish bosqichlari va frunkul shakllari

Frunkul kechishi 3 bosqichdan iborat:

  1. Infiltrat bosqichi. Infeksiya to‘plangan o‘choq atrofidagi teri qattiqlashadi, qizaradi, shishadi. Shu sohada og‘riq hissi seziladi. Infiltrat markazida soch follikulasi joylashadi. Xalq tilida bu jarayonni “chipqonning pishishi, yetilishi” deyiladi.
  2. Nekroz bosqichi. Jarayonning 3-4 kunidan boshlanadi. Yallig‘langan soch follikulasi atrofida nekrozga uchragan (o‘lgan) to‘qima va yiring paydo bo‘ladi. Teri ustida oq rangli yiringlagan hosila paydo bo‘ladi, uning usti yupqa parda bilan qoplanadi va u yorilib yiring tashqariga chiqa boshlaydi. Bemor og‘riq kamayganligini va o‘zida yengillikni sezadi. Shish va qizarish kamayadi. Xalq tilida bu jarayon “yiring yorilishi” deyiladi.
  3. Bitish (chandiqlanish bosqichi).Yiringlagan soch tolasining uzilib tushib, uning joyida chuqurcha paydo bo‘ladi va u sekin-asta bita boshlaydi. Frunkuldan keyin odatda chandiq qoladi.

Frunkul paydo bo‘lib uning bitib ketishigacha bo‘lgan davr 10 sutkani tashkil qiladi.

Frunkul (chipqon) eng ko‘p uchraydigan joylar

  • Burun, iyak, quloq orti sohasi, peshona;
  • Bo‘yinning yon va orqa tomonlari terisi;
  • Tirsak va bilak sohasi terisi;
  • Son, dumba sohasi.
  • Yuz sohasi – frunkul ko‘p uchraydigan soha. Chunki yuz terisida yog‘ bezlari ko‘p bo‘ladi va ulardan patogen mikroorganizmlar kirishi juda oson. Ayniqsa, burun va lab yuqori sohasidagi uchraydigan frunkul yoqimsiz va asoratli bo‘ladi. Eshituv yo‘llaridagi “chipqon” eng xavflisi hisoblanadi.

Yuzdagi frunkul belgilari

  • Kuchli og‘riq va xarakerli infiltrat;
  • Mimik va chaynov mushaklar funksiyasi buzilishi;
  • Tana harorati oshishi va umumiy holsizlik;
  • Frunkulga qo‘l bilan tegilsa, juda kuchli og‘riq bo‘lishi.

Diqqat! Frunkulni o‘zingiz qo‘l bilan siqib yiring chiqazishga harakat qilib ko‘rmang. Chunki infiltrat tubi qon tomirlar bilan ta’minlangan bo‘lib, yiring tomirlar orqali qonga tushishi mumkin. Bu esa venalarning yallig‘lanishi va tromb hosil bo‘lishiga olib keladi. Natijada yuz shishib ketadi, kuchli og‘riq, tana harorati oshishi va umumiy ahvolning og‘irlashishi kuzatiladi. Bunday holatda zudlik bilan shifokorga murojaat eting. Ba’zida infeksiya qon orqali miya pardalarini zararlab meningit, miya to‘qimasida esa ensefalit keltirib chiqarishi ham mumkin.

Yiringli xirurgiyaning oltin qoidasi : labdan yuqoridagi frunkulga tegish kerak emas!

Boshqa sohalardagi frunkul belgilari

Qo‘ltiq osti sohasida paydo bo‘lgan frunkul– bunday holatda gidradenit ya’ni ter ajratuvchi bezlar yallig‘lanadi. Bemor shikoyatlari oddiy frunkuldagi kabi bo‘ladi. Yelka kamarini harakatlantirganda og‘riq kuchayadi.

Chov sohasidagi frunkul – bunda mahalliy limfa tugunlari va qon tomirlari ham zararlanadi, teridagi shish va og‘riq bilan kechadi. Regionar limfadenit va limfangit kuzatiladi.

Ayollarda spetsifik jinsiy lablar frunkuliham uchrab turadi. Bartolin bezlari yallig‘lanishi natijasida kelib chiqadi. Kuchli og‘riq, qizarish, shish kuzatiladi.

Eng katta hajmdagi frunkul dumba va son sohalarida uchraydi.

Tarqalgan frunkul

Bir necha frunkullar paydo bo‘lishi – frunkulyoz deyiladi. Tarqalishi bo‘yicha quyidagilar farqlanadi:

  • Lokalizatsiyalangan ya’ni paydo bo‘lgan infiltratlar bir sohada joylashadi;
  • Tarqoq frunkul og‘riqli o‘choqlar tananing ko‘plab joylarida bo‘ladi;
  • Frunkul ko‘proq avvalgi bitib ketgan frunkul o‘rnidan yoki yonidan qayta paydo bo‘ladi. Kasallikning 2 shakli farqlanadi:
  • O‘tki frunkulyoz – terida bir vaqtning o‘zida frunkul paydo bo‘ladi, bir vaqtda barcha fazalari o‘tib bir vaqtda bitib ketadi.
  • Surunkali frunkulyoz – doimiy takrorlanuvchi frunkul o‘choqlari paydo bo‘lib turadi.

Frunkulning asoratlari

Ko‘pincha frunkul asoratlari quyidagicha bo‘ladi:

  • Mahalliy limfa bezlari yallig‘lanishi – limfadenit;
  • Limfa tomirlarining yallig‘lanishi – limfangit;
  • Sepsis (mikrobning qonga tarqalishi);
  • Miya to‘qimalari va pardalarining yallig‘lanishi meningit, ensefalit;
  • Bo‘g‘imlar yallig‘lanishi – artrit;
  • Buyraklar zararlanishi – glomerulonefrit, piyelonefrit.

Frunkulni ( Chipqonni ) davolash

Frunkul deyarli barcha insonlarda kuzatiladi. Shifokorga og‘ir kechishida va asoratlar qolgandagina murojaat etiladi. Uy sharoitida va xalq tabobatidan foydalanib davolash keng tarqalgan.

Frunkulning konservativ davosi

Frunkulning 1 fazasida davo muolajalari:

  • Paydo bo‘lgan yiring o‘chog‘iga antiseptik bog‘lam qo‘yish. Tibbiy spirt eng oddiy yo‘li;
  • Yod eritmasi bilan frunkulni burishtirish;
  • Infraqizil, lazeroterapiya va UVCH bilan davolash.

Diqqat! Frunkulni davolashda issiq bog‘lam qo‘yish va uni qo‘l bilan bosish mumkin emas, bunda yiringli jarayonni tarqalishiga sabab bo‘lish mimkin.

  • Frunkulning og‘ir ko‘rinishlarida antibiotik-novakainli blokada shu mahalliy sohada o‘tkaziladi. Tezroq yiring “pishishiga” sharoit yaratib berish kerak.

Frunkulning 2 fazasida (nekroz) davo muolajalari:

  • Salitsil kislotali bog‘lam qo‘yish. Salitsil kislota trombni eritib yiring chiqishiga yo‘l ochib beradi;
  • Zararlanga soch tolasini ehtiyotkorlik bilan olib tashlash (pinset yordamida);
  • Yiringdan tozalangan bo‘shliqqa rezinali drenaj qo‘yilib 3 kundan so‘ng olib tashlanadi. Bitayotgan sohani zelenka bilan tozalab turish kerak.

Mahalliy qo‘llash mumkin bo‘lgan mazlar:

  • Gentamitsin maz;
  • Tetratsiklin maz;
  • Levomekol;
  • Dimeksid;
  • Vishnevskiy mazi.

Xirurgik davo

Xirurgik aralashuvga ko‘rsatma tarqalgan frunkul va absesslarning paydo bo‘lishini asos qilib olinadi. Statsionar sharoitda yiringli tugunchani ochib, uning ichi yiringdan tozalanadi. Antibiotiklar shifokor tomonidan stafilokokklarning sezuvchanligi va bemorning preparatni ko‘tara olishiga asoslanib buyuriladi. Bundan tashqari uzoq muddat bitmagan yarada mahalliy antibiotiklar ham qo‘llaniladi.

Frunkulyozda davo choralari

Frunkulyozda o‘z -o‘zini davolash mumkin emas. Uzoq muddatli ambulator-statsionar davo muolajalari o‘tkazilishi kerak. Asosan frunkul o‘choqlarini yo‘qotish va immunitetni oshirish bilan davolanadi. Buning uchun quyidagilar o‘tkaziladi:

  • Ultrabinafsha nurlar bilan davolash;
  • Lazerapiya;
  • Immunostimulyatsiya (T-aktivin);
  • Immunoglobulin, interferon, rinoleykin bilan davolash.

Frunkul o‘zi “pishib” yorilsa, nima qilish kerak? Bunday vaziyatda qo‘llarni yaxshilab yuvib, ajralayotgan yiringni furatsilin eritmasi bilan shimdirilgan bint yordamida tozalash, keyin ikki marta vodorod peroksidi eritmasi bilan yuvib yana furatsilin eritmasi bilan qayta yuvish kerak. Paydo bo‘lgan chuqurchaga antiseptik bog‘lam qo‘yish zarur.

Frunkulni uy sharoitida va xalq tabobati bilan davolash

Sosna va pixta moyini olib, iliq suvga 20-25 tomchi solinadi. Tayyor bo‘lgan eritma bilan frunkulga bog‘lam qo‘yish kerak. Har kuni 20 daqiqaga bog‘lam qoldiriladi.

Aloe bargini kesib olib, yiringlagan sohaga qo‘yiladi. Aloe bargi ustini leykoplastir bilan bog‘lab qo‘yish kerak. Bog‘lamni har kuni almashtirish zarur.

100 gr mum olib, 0,5 litr o‘simlik moyida eritiladi, unga foydali o‘simliklardan olingan oltingugurt (dorixonadan topsa bo‘ladi) dan qo‘shiladi. Unga 100 gr piyoz po‘stlog‘i solinadi va 1 soat davomida past olovda qaynatiladi. Hosil bo‘lgan mazni biror-bir idishga solib, har kuni frunkul paydo bo‘lgan joyga surtiladi.

Barcha muolajalarni shifokor bilan maslahatlashgan holatda qo‘llashingiz shart! O‘z-o‘zini davolash jiddiy oqibatlarga olib kelishini unitmang!

21 комментарий к “Frunkul (chipqon)”

  1. Уведомление: cloud DevOps solutions

  2. Уведомление: fresh cc dumps

  3. Уведомление: great dumps shop

  4. Уведомление: Effective Devops outsourcing

  5. Уведомление: คลิปหลุดใหม่

  6. Уведомление: remington 700

  7. Уведомление: Text Inmate

  8. Уведомление: cornhole boards

  9. Уведомление: เงินด่วน

  10. Уведомление: sbo

  11. Уведомление: sbobet

  12. Уведомление: Monero Knoten

  13. Уведомление: What Are Essential Oils and Do They Work?

  14. Уведомление: block screenshot

  15. Уведомление: linux sanal sunucu

  16. Уведомление: Cambodian Mushrooms

  17. Уведомление: pour plus d'informations

  18. Уведомление: Buy DMT Vape Pen Victotia

  19. Уведомление: this article

  20. Уведомление: 코인결제

  21. Уведомление: psilocybin treatment

Комментарии закрыты.