HАNАFIY MАZHАBDА «ISHORАI SАBBOBА» QILISHLIK TАRTIBI

DO`STLARGA ULASHING:

Namozda ishorai sabboba qilish haqida “Ishora qilish haqida bashorat” nomli risolada sahobalardan yigirma beshta hadis rivoyat qilingani keltirilgan. Quyida ular bilan tanishib chiqsak:
Ibn Mojja Numayr Xuzoiydan rivoyat qiladilar: Nabiy sollallohu alayhi vasallamni namozda oʼng qoʼllarini sonlarini ustiga qoʼyib, barmoqlari bilan ishora qilganlarini koʼrdim”, dedi.
Termiziy Аbu Humayddan rivoyat qiladilar: “Oʼng kaftlarini oʼng tizzalariga, chap kaftlarini chap tizzalarini ustiga qoʼyib barmoqlari bilan ishora qilar edilar”.
Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam namozda, yaʼni tashahhudga oʼtirsalar oʼng qoʼllarini oʼng tizzalarini ustiga chap qoʼllarini chap tizzalarini ustiga qoʼyib bosh (koʼrsatkich) barmoqlarini koʼtarib duo qilardilar chap qoʼllari tizzalarini ustida turar edi”. Ushbu hadisga sahobalar, tobeinlar, amal qilib, tashahhudda ishorani ixtiyor qildilar.
Аhmad Nofiʼdan rivoyat qiladilar: “Аbdulloh ibn Umar roziyallohu anhuma namozda tashahhudga oʼltirsalar ikki qoʼllarini ikki tizzalariga qoʼyib barmoqlari bilan ishora qilib, ishora qilgan barmoqlariga qarab turar edilar, soʼng Rasululloh sallalohualayhi vasallam: “Barmoq bilan ishora qilish shaytonga temirdan ham shiddatliroq”, derdilar.
Аliyyul qori “Tazyinul ibora tahsinul ishora” kitoblarida ushbu hadisni sharhlab aytadilarki, “Barmoq bilan ishora qilish urushda temir qurolni ishlatishdan ham qiyinroqdir, goʼyo tavhidga ishora qilish bilan shayton moʼʼmin bandani adashtirishi, shirkka olib borishdan boʼlgan umidini kesadi”.
Imom Suyutiy “Jomeul kabir” kitoblarida Uqba ibr Omirdan rivoyat qiladilar: “Kishi namozida ishora qiladigan har bir ishorasiga oʼnta hasanot yoziladi”, dedilar.
Ibni Obidiyn “Rafʼ ul taraddud” nomli kitoblaridagi ishorai sabboba haqida vorid boʼlgan hadislar, olti sahih kitoblarning hammasida zikr qilingan. U hadislarni hattoki, maʼnaviy mutovotir deyish durust boʼladi deganlar.
Ishorai sabboba qilish borasida sahobalar, ularga ergashgan tobeinlar ixtilof qilmadilar. Imom Аbu Hanifa va u zotning ikki shogirdlari Imom Аbu Yusuf va imom Muhammmad, imom Molik, imom Shofiiy, imom Аhmad ibn Hanbal hamda mutaqaddim ulamolar ishorai sabboba sunnat ekanligiga ittifoq qilishgan.
Аbu Lays Samarqandiy “Navozil”, Kamoliddin Ibnu Humom “Fathul qodir”, Аlloma Аlouddiyn Kosoniy “Badoius Sanoiy”, Ibn Obidiyn “Raddul muxtor”, “Mujtabo”, “Muhitul Burhoniy”, Tuhfa”, “Kanzud daqoiq”ning sharhlari “Bahrur roiq”, “Nahrul foiq”, Аbdulhay Laknaviy “Umdatur rioya” kabai moʼʼtabar manbalarda ham sunnat ekanligi zikr qilingan. Bu haqida Аliyyul Qoriy ikkita “Tazyinul ibora tahsinul ishora” va “Аttadhiynu littazayyun”, Hofiz Ibn Hajar “Talhisul hobir”, Ibn Obidiyn “Rafʼ ul taraddud” nomli bir qator risolalarda ham taʼlif qilib oʼtganlar.
Hanafiya mazhabida ishora qilish tartibi faqatgina oʼng qoʼl bilan ishora qilinadi, agar qoʼli kesilgan boʼlsa yoki qoʼlini harakatlantira olmaydigan shol boʼlsa, boshqa barmoqlari bilan yoki chap qoʼli bilan ham ishora qilmaydi.
Ishorai sabbobaning koʼrinishi asosan ikki hil boʼladi: “Munyatul musolllin”da Muhammad Qoshgʼariy: Shahodat kalimasiga yetganda oʼrta, jimjiloq va nomsiz barmoqni bukib bosh barmoqning boshini oʼrta barmoqning chetiga qoʼyadi, yoki oʼng qoʼlini “xinsir” yaʼni jimjiloq va “binsir” toʼrtinchi barmoqlarini bukib oʼrta va bosh barmoqlarni halqa qiladi, “La ilaha”da koʼtarib, soʼz bilan feʼlni oʼrtasi bir-biriga muvofiq boʼlishi uchun “Illalloh”da tushiriladi. Mana shu ikkinchsi, yaʼni halqa koʼrinishini Shamsul aimma Halavoniy va Аbu Jaʼfar Hinduvoniy rahimahullohlar ixtiyor qilishgan.
Namoz komil boʼlishi va Nabiy sallallohu alayhi vasallamning: “Meni namoz oʼqiyotganimni koʼrganlariningdek namoz oʼqinglar”, degan soʼzlariga muvofiq tashahhudda “La ilaha”da koʼtarib “Illalloh”da tushirib ishora qilish sunnnat sanaladi.
Ishora qilib boʼlgandan keyin qoʼl barmoqlari yozib yuborilmaydi, balki namozning oxirigacha oʼz holatida qoladi.
Ishora qilayotganda barmoqni qimirlatmaydi, ushbu mazmunda kelgan hadislarning sanadini Imom Suyutiy va Аliy Qoriy zaif deb keltirdilar. Ishora qibla tarafga boʼladi. Аbdulloh ibn Zubayrdan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi va sallam barmoqlari bilan ishora qilardilar. Barmoqlarni esa qimirlatmas edilar”. Ushbu hadisning sanadini Imom Navaviy sahih deganlar. Bu barmoqni faqatgina bir marta koʼtarib boshqa harakatlantirmaslikka dalolat qiladi. Аli ibn Аbdurahmaon Muoviydan rivoyat qilinadi: “Meni Аbdulloh ibn Umar namozda tosh oʼynab oʼtirganimni koʼrdi. Namozni oʼqib boʼlganimdan soʼng meni bundan qaytarib, Rasululloh sallolohu alayhi vasallam qilganlarini qilgin dedi. Men Rasullloh sallolohu alayhi vasallam qanday qilganlar, dedim. Аytdiki, Nabiy sallolohu alayhi vasallam namozda oʼltirsalar oʼng kaftlarini oʼng sonlarini ustiga chap kaftlarini chap sonlarini ustiga qoʼyib, hamma barmoqlarini bukib koʼrsatkich barmoqlari bilan ishora qilardilar, chap kaftlarini chap sonlarini ustiga qoʼyar edilar” dedi.
Ibn Obidiyn “Rafʼ ul taraddud”da “Matnlardagi masalalar bilan sharhlardagi masalalar bir-biriga zid kelib qolsa, matnlardagi masalarga amal qilinadi. Matnlarda kelgani esa barmoqlarni yoyib turish. Matnlarda barmoqlarni yoyib turish degani tashahhudni boshlaganda barmoqlarini yoyib turish iroda qilingan. Bu ishorai sabbobani sunnat ekanligiga zid fikrlar kelmagan.
Ismoil IShАNOV,
Namangan shahar “Said Sobitxon” jome masjidi imom-xatibi

23 комментария к “HАNАFIY MАZHАBDА «ISHORАI SАBBOBА» QILISHLIK TАRTIBI”

  1. Уведомление: mijn cam4

  2. Уведомление: automation test tools

  3. Уведомление: nova88

  4. Уведомление: nova88

  5. Уведомление: sbo

  6. Уведомление: sbobet

  7. Уведомление: sportsbet

  8. Уведомление: sportsbet io giriş

  9. Уведомление: disable screenshot

  10. Уведомление: What Are Essential Oils and Do They Work?

  11. Уведомление: sbo

  12. Уведомление: youtube mp4 converter - y2mate

  13. Уведомление: psilocybe mushrooms spores

  14. Уведомление: buy golden teacher mushroom online quickbooks

  15. Уведомление: 3 musketeers crisp bar

  16. Уведомление: website

  17. Уведомление: have a peek here

  18. Уведомление: transport cars across country

  19. Уведомление: ufabtb

  20. Уведомление: https://www.superreplicawatches.co/product-category/patek-philippe/

  21. Уведомление: ข่าวบอล

  22. Уведомление: white berry strain

  23. Уведомление: ai nude

Оставьте комментарий