Ishlatilgan iPhone Sotib Olishda Diqqat Qilish Kerak Bo’lgan Asosiy Narsalar

DO`STLARGA ULASHING:

Ishlatilgan iPhone Sotib Olishda Diqqat Qilish Kerak Bo’lgan Asosiy Narsalar 👀

Siz ham ishlatilgan iPhone sotib olishni rejalashtiryapsizmi? Ammo sotib olishdan oldin quyidagi muhim jihatlarga e’tibor berishingiz kerak:

1️⃣ Tashqi Ko’rinishi: Telefonning korpusi va ekrani zararsizligini tekshiring. Kichik chizilishlar normal hol, lekin chuqur tirnalishlar yoki ekran singan bo’lsa, bu keyinchali sizham qaytib sotishizida muamo bo’ladi

2️⃣ Batareya holati: «Sozlamalar» →
«Batareya holati» orqali batareya salomatligini tekshiring. Agar batareya quvvati 80% dan past bo’lsa, tez orada almashtirish kerak bo’ladi.

3️⃣ IMEI raqami: Telefonning IMEI raqamini tekshiring! O’zbekiston hududia ro’yhatdan o’tkazilgan bo’lishi kerak

4️⃣ Qulflash holati: Telefon faqat ma’lum bir operator bilan ishlashi mumkinligini tekshiring. Agar siz boshqa operator bilan ishlatmoqchi bo’lsangiz, qulflangan telefon sizga mos kelmaydi.
(Turbo-Sim)

5️⃣ Sensorlar va tugmalar: Barcha sensorlar, tugmalar va Touch ID yoki Face ID ishlashini tekshiring.

6️⃣ Kamera va mikrofon: Kamera va mikrofon ishlashini sinab ko’ring. Rasmlar va videolar sifatli chiqishini va ovoz yozishda muammolar bo’lmasligini tekshiring.

7️⃣ Garantiya va qaytarish :Agar mumkin bo’lsa, sotuvchidan garantiya yoki qaytarish haqida so’rang.

🔍 Ishlatilgan iPhone sotib olishda ehtiyotkorlik bilan yondashish orqali siz pulingizni tejaysiz!

Оставьте комментарий