Ishsiz yoshlar «Yoshlar daftari»ga kiritilishi mumkinmi.

DO`STLARGA ULASHING:

Ishsiz yoshlar «Yoshlar daftari»ga kiritilishi mumkinmi.

⚡️SAVOL;
Men hozirgi kunda ishsizman. Yoshlar daftariga kiritilganlarga ko‘plab imtiyozlar berilayotgan ekan. Men ishsizligim sababli yoshlar daftariga kiritilsam bo‘ladimi ?

⚡️JAVOB;
Hukumatning 28.04.2021 yil kungi 250-son qarori bilan tasdiqlangan vaqtinchalik tartibga ko‘ra, ishsiz yoshlar;
— haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor bo‘lgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o‘tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo‘lgan, ishga joylashishda ko‘mak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ushbu organlar tomonidan ish qidirayotgan shaxslar sifatida ro‘yxatga olingan mehnatga layoqatli yoshlar «Yoshlar daftari» ga kiritilishi mumkin. (Ta’lim muassasalarida o‘qiyotganlar bundan mustasno)

❗️Yoshlar daftariga 18 dan 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslar kiritiladi

✏️ Demak siz yoshlar daftariga kiritilishingiz uchun;

1) Yoshingiz 30 dan oshmagan bo‘lishi kerak

2) Haqiqatdan xam ishsiz bo‘lishingiz kerak

3) Mehnat organlarida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan bo‘lishingiz kerak

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek