ISHSIZLIK NAFAQASINI TO‘LASH.

DO`STLARGA ULASHING:

ISHSIZLIK NAFAQASINI TO‘LASH.
⚡️SAVOL;
Ishsizlik nafaqasi kimlarga va qancha muddatga tayinlanadi xamda uning miqdori qancha ?
⚡️JAVOB;
Mehnat kodeksining 65-moddasiga ko‘ra, ishsizlik nafaqasi mahalliy mehnat organlarida ishsiz deb etirof etilgan va ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinganlarga to‘lanadi.
🟢 Ishsizlik nafaqasi 12 oylik davr ichida ko‘pi bilan 26 hafta davomida to‘lanadi.
❗️ Ishsizlik nafaqasi miqdori quyidagicha:
🟢 Ishdan va ish haqidan so‘ngi 12 oy ichida mahrum bo‘lgan shaxslarga – avvalgi ish joyidagi o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizi miqdorida, lekin mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHEKM – 822 ming so‘m)dan oz bo‘lmagan miqdorda;
🟢 Ishdan va ish haqidan mahrum bo‘lgan hamda uzoq (1 yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxslarga – MHEKMning 1 baravari (822 000 so‘m) miqdorida;
🟢 Ilgari ishlamagan, birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga – MHEKM (822 000)ning kamida 75 foizi miqdorida to‘lanadi.

Оставьте комментарий