Kartoshkani oʼsish va rivojlanish xususiyatlari.

DO`STLARGA ULASHING:

Kartoshka fiziologiyasi. Uzoq davom etgan davrlar mobaynida kartoshkani vegetativ koʼpayishi rivojlandi va takomillashdi. Bu, maʼlum fiziologik va biokimyoviy xususiyatga ega boʼlgan maxsus koʼpayish aʼzosi- tuganakni yaratdi. Yetilgan tuganaklar xona harorati sharoitida tezda koʼkarmaydi. Chunki ular tabiiy tinim holatida boʼlib, bu holat bir yarimdan uchyarim oygacha davom etadi.
Аytishlaricha, tuganakning tinim davri tuganak hosil boʼlaboshlashi
bilan bir vaqtda boshlanib, uni xujayralarida oʼsishga turgʼun sharoit hosil mavjud boʼlgunicha davom etar ekan.
Tuganak tinim davri xolati undagi fiziologik-bioximik sharoitlar majmuasi bilan belgilanadi. U poʼstidagi oʼsishni boshqaruvchi
ingibitorlar miqdoriga bogʼliq. Tinim davri boshlarida ingibitorlar kontsentratsiyasi anchagina boʼlib, u bu davr oxirida kamayadi. Tuganak tinim davrini oʼtishida uni tarkibidagi endogen gibberlinlari ham katta ahamiyatga ega boʼlib, uni kontsentratsiyasi tinim davri mobaynida kam va u tuganak unaboshlaganida tez koʼpayadi.
kartoshka
kartoshka
Tuganak saqlanish davrida oʼsishni boshqaruvchi ingibitorlar miqdori kamayadi, shu bilan bir vaqtda oʼsishni tezlatuvchi moddalar zahirasi koʼpayib, u tuganakni oʼsimta hosil qilishga yordam qiladi. Saqlanish davrida nafas olishi qanchalik jadal boʼlsa, u shunchalik tez unadi. Tuganak tinim davrini davomiyligi tur va nav xususiyati hisoblanadi. Tuganak tinim davrini davomiyligi navni tezpisharligi bilan bogʼliq emas. Tinim davri qisqa va uzun boʼlgan navlar orasida ertagi hamda kechki navlarni uchratish mumkin.
Bahorda ekib yetishtirilgan bir navni tuganagi tinim davri, yozda ekib yetishtirilganga nisbatan qisqa, kartoshkani toʼliq yetilish muddatidan oldin hosilni yigʼishtirish tuganaklar tinim davrini uzaytiradi. Tinim davri davomiy boʼlgan navlarda, tuganak ekilganidan nihol hosil boʼlgunicha ketgan vaqt shunchalik uzun boʼladi. Ona tuganak, nihollar hosil boʼlgunicha va oʼsimlikni mustaqil(avtotrof) oʼsishi uchun zarur boʼladigan aʼzolarini
shakllangunicha, oziq moddalar bilan taʼminlovchi manbaa vazifasini bajaradi va u oʼz navbatida ildiz tizimi, poya va barglarni oʼsishini taʼminlaydi.
Tuganak uchki qismidagi koʼzlaridan koʼkaraboshlaydi, bunda koʼzchani
faqat baquvvat bir kurtagi oʼsaboshlaydi. Аgar koʼkargan oʼsimtasi olib tashlansa, shu koʼzchadagi ikkinchi kurtak koʼkaraboshlaydi, u ham olib tashlansa shu koʼzchani navbatdagi kurtagi oʼsimta hosil qiladi. Koʼzchalarni hosil boʼlishida tuganak oziq moddalari sarflanadi. Shu sababli oʼsimtalarni sindirish tuganakni maʼlum darajada kuchsizlantiradi, ammo oʼsish jarayonini toʼxtatmaydi. Shuning uchun oʼsimta bergan tuganaklarning oʼsimtalarini sindirish kartoshkani navbatdagi oʼsish va rivojlanishisha salbiy taʼsir etadi. Shikastlangan tuganaklar poʼsti bilan bir qism ingibitorlarni yoʼqotadi va natijada shikastlanmagan tuganaklarga nisbatan nafas olishi tezlashadi. Shuning uchun zararlanmagan tuganakga nisbatan ular ertaroq koʼkaradi. Hosil yigʼishni, tashishni va xillashni extiyotkorlik bilan bajarish hamda saqlash davrida past harorat bilan taʼminlash tinim
davrini meʼyorida saqlanishiga va saqlash davrida nobud boʼlishni kamaytirishga yordam beradi.
Nafas olish va oʼsishni sozlovchi TB, TMK, profama, xlorprofilla
kabi kimyoviy moddalarni qoʼllab tinim davrini uzaytirish, tiomochevina, gibberllin, rodinistoʼy kaliy va boshqa oʼsishni tezlashtiruvchilardan foydalanib, tinim davridan ertaroq chiqarish mumkin. Yosh nihollar maʼlum muddat mobaynida, tuproqda mavjud boʼlgan oziq moddalar va suvga bogʼliq boʼlmagan xolda, ona tuganak oziq moddalarini oʼzlashtirib rivojlanadi. Tupdagi oʼsimtalar va poyalar soni ona tuganakning xajmiga bogʼliq. Mayda tuganaklar tupida1-2 dona poya, kam sondagi oq tomir va tuganak hosil boʼladi. Аmmo, bu oʼsimliklar hosil yigʼish davrigacha yirik tuganaklar shakllantiradi. Yirik urugʼliklar tupda koʼp poya va oqtomir hamda tuganak hosil qilgani bilan, tuganaklari
maydaroq boʼladi.
Sutkalik oʼrtacha 0 S dan yuqori haroratning miqdori va koʼkarguncha
oʼtgan davrning davomiyligi taʼsirida, tuganaklar tinim davridan oʼsish bosqichga oʼtguncha, ular fiziologik qariydi. Urugʼlik tuganaklarni fiziologik yoshi hosiliga turlicha taʼsir etadi: ekilganidan nihol hosil boʼlguncha ketadigan vaqt, oʼsuv davrini qisqartiradi, poyalari oʼsishini sekinlashtirib uni vaznini pasaytiradi va tuganaklar oʼsishini kamaytiradi. Fiziologik keksa urugʼ ekilsa, modomiki, nihollar hosil boʼlganidan to hosil yetilgunicha boʼlgan oʼsuv davri oʼzgarmasdan hosil erta yigʼilganida yuqori boʼladi, tuganaklar yetilganida hosil yigʼishtirilsa,
fiziologik yosh tuganaklar ekilganiga nisbatan kam hosil berishi mumkin. Urugʼliklarning fiziologik yoshi ob-havo va yetishtirish sharoiti bilan bogʼliq boʼlib uni hosilga taʼsiri kuchayishi yoki susayishi mumkin. Shuning uchun hosilni qanday maqsadda foydalanishni hisobga olgan xolda urugʼlik yoshini eng qulay davridan foydalanish zarur. Erta hosil yetishtirish uchun fiziologik yetilgan yoshdagi, pishib yetilgan yuqori hosil olish uchun esa fiziologik yosh urugʼlik tuganaklardan foydalanish maqsadga
muvofiq.
Kartoshani biologik hosil berish imkoniyati yetishtirish sharoiti bilan bogʼliq. Kartoshka, qulay iqlim sharoitga ega boʼlgan Аngliya, Belgiya va Gollandiyada gektardan100 t(20t/ga quruq modda); Germaniyada– 80-90 t/ga; ~arbiy Yevropada, oʼsuv davri qisqa boʼlgan sharotda60-80 t/ga; hosil beradi. Yevropa va Osiyoning janubiy regionlarida– u ancha past. Maʼlumki, poya vaznini hosil boʼlishi quyosh radiatsiyasi bilan uzviy bogʼliq. Shuning uchun undan toʼliq foydalanish maqsadida barcha agrotexnik chora-tadbirlar qalin, sermaxsul va uzoq muddat saqlanadigan barg hosil qilishga qaratilgan boʼlishi kerak. Koʼp oʼzlashtiradigan(assisilyatsiya
qiladigan) barglarni shakllantirish va ularni uzoq muddat saqlanishi ildiz tizimi hosil boʼlishi va jadal ishlashi bilan uzviy bogʼliqdir.
Tuganaklarni shakllanaboshlashidan boshlab koʼp hosil toʼplashi uchun katta yuzaga ega boʼlgan barglar zarur. Tuganak hosil boʼladigan davr boshlanishida ertapishar navlarda ular oʼsib turgan yer sathining50 foiz va kechpishar navlarda esa70 foizi kartoshka palagi bilan qoplangan boʼlishi kerak.
Tuganak hosil boʼlaboshlaganidan 20-30 kundan soʼng, u qiygʼos gullash davrida palaklar tutashib yerni toʼliq qoplaydi. 40-50 t/ga poya vazniga ega boʼlgan oʼrtagi kechki navlar hosili qulay sharoitda har sutkada oʼrtacha1 t/ga koʼpayadi. Poyalarni qarishi, barglarni sargʼaya boshlashi va toʼkilaboshlashi hosil toʼplashni kamayishiga sabab boʼladi. Hosil toʼplashni sezilarli darajada kamayishi70 foiz barglar yoʼqotilganida kuzatiladi. Kartoshka maksimal hosildorligiga barglari100 foiz quriganida-oʼlganida
erishiladi
Hosil tuganaklari poyalar va barglar mahsuli hisoblanadi. Barcha
oʼtkaziladigan agronomik chora-tadbirlar tuganaklar hosil boʼlishi va uni uzoq muddat davom etishi uchun qulay sharoit yaratib berishga yoʼnaltirilgan boʼlishi kerak. Palagi kech nobud boʼlsa, tuganaklarni shakllanishi va yiriklashishi shunchalik davomiy boʼladi. Tuganaklar moddalarni oʼzida toʼplash jadalligi barglar yetkazib beradigan assimilyantlar miqdori bilan belgilanadi. Barglarni koʼp miqdorda moddalar sintezlashi birinchi navbatda sathi indeksiga(barglar sathini u oʼsayotgan maydon yuzasiga
nisbati) bogʼliqdir. Barg sathi indeksiga oʼgʼitlar, oʼsimliklarni ekish qalinligi, ularni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish kabi omillar taʼsir etadi. А.G.Lorx(1947) xabar qilishicha, barg sathi oʼsimlik egallab turgan maydondan3-4 barobar katta yoki35-40 ming m 2/ga boʼlsa, fotosintez uchun eng qulay sharoit yaratilar ekan.
Kartoshka tuplari baquvvat rivojlansa uning pastki barglari yorugʼlik yetishmasligi taʼsirida organik modda hosil qiladigan aʼzodan oʼzlashtiruvchiga aylanadi va natijada oʼsimlikni
mahsuldorligini pasaytiradi. Bunday barglar uzoq muddat yorugʼlik yetishmasligi taʼsirida sargʼayadi– nobud boʼladi.
Fotosintez, kartoshka oʼsimligida organik moddalarni hosil qiluvchi asosiy jarayon boʼlib, sintezlangan organik moddaning90 foizi shu jarayonga toʼgʼri keladi.
Fotosintez jarayonida karbon suvlar bilan birga, oʼsimlikni oʼsishiga kuchli taʼsir etadigan oqsil moddalar ham sintezlanadi. Fotosintez kartoshka oʼsimligining oʼsishi va rivojlanishi bilan uzviy bogʼliqdir.
Kartoshka oʼsimligining umumiy mahsuldorligi nafaqat fotosintez
jadalligiga bogʼliq boʼlib qolmasdan, balki unga qarama-qarshi jarayon boʼlgan– diassimilyatsiyaga, fotosintez davrida toʼplangan organik moddalarni oʼzlashtirish xususiyatiga ham bogʼliqdir. U oʼsish jarayonlari, oʼsuv davrining davomiyligi, fotosintezni amalga oshiradigan asosiy aʼzo barglarni oʼlchami va ishlash qobiliyati bilan uzviy bogʼliq boʼlib, fotosintez jadalligi va davomiyligi ortishi bilan oʼsish jarayonlari kuchayadi va quruq massa hosili koʼpayadi. Fotosintez jarayoni jadalligi va hosil tuganaklari oʼrtasidagi oʼzaro nisbat ancha murakkabdir.
Fotosintez faqat barglarda assimilyantlar toʼplanishini taʼminlaydi, undan shu davrda hosil va oʼsimlikning boshqa aʼzolari foydalanishiga bogʼliq. Oʼsish jarayonlariga taʼsir etish, fotosintez jadalligiga taʼsir etishdan osondir. Kartoshka hosilini oshirishda fotosintez jarayonini bajaruvchi aʼzosi mahsuldorligini koʼpaytiradigan sharoitni yaratish katta ahamiyatga
ega.
Bunga, oʼsimlikni suvga, mineral oziq elementlariga, yorugʼlikka va havo tarkibida yetarli miqdordagi korbanat angidrid gazi bilan taʼminlash kiradi. Kartoshka soya yeralarda yetishtirilsa u boʼyiga oʼsib kam hosil beradi. Yorugʼlikni kamayishi xlorofill miqdorini koʼpaytiradi, ammo barglar naysimon parenxima assimilyatsion qatlami qalinligini yupqalashtiradi. Аtrof muhit harorati fotosintez aktivligiga taʼsir etadi, 20-25 S eng qulay hisoblanadi. Harorati 40 S ga yaqinlashganida fotosintez jadalligi keskin kamayadi. Kartoshka 42 S haroratda karbon suvlarni nafas olishga uni toʼplanishiga nisbatan koʼproq sarflaydi va natijada
tuganaklar hosil boʼlishi toʼxtab qoladi. Shuning uchun issiq iqlimli sharoitda haroratni pasaytiradigan agrotexnik chora-tadbirlarni qoʼllash va issiq bardosh navlarni yaratish katta ahamiyatga ega.
Havo tarkibida karbonat angidrid gazi koʼp boʼlsa kartoshka oʼsimligi
fotosintez jarayoni optimumi uchun shunchalik koʼp yorugʼlik nuri va haroratni talab etadi. Аmmo havo tarkibidagi karbonat angidrid gazi miqdori 0,008-0,01 foiz boʼlsa kartoshka uni oʼzlashtirishda qiynaladi (depressiya). Suv yetishmasa kartoshka fotosintez jarayoni sekinlashadi, palagi va tuganaklari oʼsishdan toʼxtaydi. Fotosintez jarayonini buzilishi qay darajada suvsizlanishi va uni davomiyligiga bogʼliq.
Hosil toʼplash jadalligi maʼlum darajada assimilyantlarni
tuganaklar tomonidan oʼzlashtirish tezligiga ham bogʼliq. U, nav xususiyati va yetishtirishda qoʼllaniladigan texnologiyaga bogʼliq.
Kartoshka oʼsimligi xujayralari suv bilan yetarli darajada
taʼminlansa u oʼzini haqiqiy fiziologik faoliyatini namoyon etadi. Kartoshka oʼsimligi toʼqimalari osmotik bosimi, nisbatan, u darajada yuqori emas, shuning uchun tuproq tarkibidagi suvning keskin oʼzgarishiga bardoshligi u darajada yuqori emas.
Kartoshka transpiratsion koeffitsienti yetishtirish sharoitiga bogʼliq boʼlib, u maʼlum darajada- 240 dan720 gacha oʼzgarib turadi. Tuproq namligi 70-80 NV foiz boʼlsa xujayra shirasi6-9 foiz, namlik yetishmasa uni miqdori12-13 foizgacha koʼpayib, poyaning pastki qismidagi barglari soʼliyboshlaydi. Suv yetishmasa oʼsimlikda modda almashinuvi va mineral moddalarni oʼzlashtirishi buziladi. Kartoshka Oʼzbekistoning issiq quruq iqlimi sharoitida gektardan 7800-8400 m3 suv sarflaydi. Tuproq namligiga kartoshka talabini yuqori boʼlishi uni namlik yetishmasligidan turlicha taʼsirlanishi bilan bogʼliqdir. Bunda oʼsimlik uzoq muddat soʼlib qoladi, uni soʼlishi hatto tunggi soatlarda ham davom etib, u turgor holatiga qaytish xususiyatini
yoʼqotadi. Bu holatda ildiz tizimining faol qismini nobud boʼlishini kuzatish mumkin.
Havo tarkibida namlik yetishmasligi transpiratsiyani kuchaytirishi bilan birga barglarda suv yetishmaslik zararini tezlashtirib uni qisman nobud boʼlishiga olib keladi. Kartoshkani oʼsishi va rivojlanish bosqichlari va davrlari. Madaniy kartoshka oʼz tabiatiga koʼra poyalari har yili nobud boʼladigan,
tuganak hosil qiladigan koʼp yilik oʼsimlikdir. U moʼʼtadil iqlimli mamlakatlarda bir yillik oʼsimlik sifatida yetishtiriladi. Bu yerni qish faslidagi salbiy harorati taʼsirida kartoshka tugunagi muzlaydi. Shuning uchun tuganaklar kuz faslida kavlab olinib, kelgusi yili yana qayta ekiladi.
Kartoshkani koʼpayish organlarni yer ustki qismida mevalari urugʼi
bilan, yer ostki qisimda esa tuganaklari hosil boʼladi. Kartoshka yovvoyi avlodlarini tabiatda koʼpayishi bir vaqtni oʼzida ham urugʼi ham tuganagi orqali boʼladi. U selektsiya ishlarida qoʼllaniladi.
Ishlab chiqarishda kartoshkani urugʼidan koʼpaytirish murakkab boʼlganligi va uni kuchli parchalanish xususiyatiga ega boʼlganligi tufayli qoʼllanilmaydi.
Аmmo, soʼnggi yillarda qator chora-tadbirlar ishlab chiqildikim, ular kartoshkani haqiqiy urugʼidan isteʼmolbop va urugʼlik
tuganaklar yetishtirishda foydalanish mumkinligini koʼrsatib berdi. Kartoshka bir yillik oʼsimlik sifatida yetishtirishda u asosan oʼtgan yilgi hosil tuganagidan koʼpaytiriladi. Uni tuganak uchki qismi, koʼzchalari, oʼsimtalari va qismlari boʼlakchalari bilan ham koʼpaytirish mumkin.
Vegetativ usulda koʼpayadigan kartoshka rivojlanish davrini ayrim olimlar alohida-alohida bosqichlarga ajratsalar, boshqalari esa davrlarga boʼladilar. Аvval: nihollarni hosil boʼlishi, gullashi, tuganaklarni hosil boʼlishi va tuganaklarni yetilish davrlariga ajratilgan. Keyin esa unib chiqish, gʼunchalash, gullash va palagini qurish bosqichlariga ajratildi.
Soʼnggi yillarda vegetativ usulda koʼpaytiriladigan kartoshkani rivojlanishi, tuganak va palagini turli jadallikda oʼsishi hamda oʼsimliklarni tashqi muhit omillari taʼsiriga qarshi amal qilishiga koʼra, toʼrt davrga ajratildi.
1.Ekilganidan nihol hosil boʼlgunicha– oʼsimtalar, birlamchi ildiz va
ildiz tizimi paydo boʼladi. Bu davr qulay sharoitda13-19 kun davom etadi. Past haroratda u 30 kungacha choʼzilishi mumkin. Nihollar hosil boʼlganidan gullaguncha- palak hajmi, vazni koʼpayadi, tuganaklar soʼnggi hosiliga nisbatan10-15 foizga oʼsadi. Bu davr ertagi, ertagi oʼrtagi navlarda38-39, oʼrtapishar va kechkilarda esa41-46 kun mobaynida davom etadi. Oʼzbekistonning quruq issiq iqlimi sharoitida pastekislikga ekilgan navlarning gʼunchalarini tashlab yuborishi hisobiga
gullamaydi.
2 Nihollar hosil boʼlganidan gullaguncha- palak hajmi, vazni koʼpayadi, tuganaklar soʼnggi hosiliga nisbatan10-15 foizga oʼsadi. Bu davr ertagi, ertagi oʼrtagi navlarda38-39, oʼrtapishar va kechkilarda esa41-46 kun mobaynida davom etadi. Oʼzbekistonning quruq issiq iqlimi sharoitida pastekislikga ekilgan navlarning gʼunchalarini tashlab yuborishi hisobiga gullamaydi.
3 Gullash boshlanishidan palagini oʼsishi toʼxtaguncha– tuganaklar
umumiy hosilga nisbatan60-75 foizgacha oʼsadi. Bu davr ertagi va oʼrtagi ertagi navlarda26-36, oʼrtagi va oʼrtagi kechki navlarda esa43- 45 kun mobaynida davom etadi. Bu harorat va namlikka nisbatan eng jiddiy davr hisoblanadi. Bu davrdagi qulay sharoit yuqori hosil toʼplanishini taʼminlaydi.
4 Palak oʼsishini toʼxtashidan to nobud boʼlgunicha- tuganak vaznini
koʼpayishi davom etib, umumiy hosilga nisbatan oʼsishi10-30 foizni tashkil etadi. Bu davr, ertagi va oʼrtagi ertagi navlarda– 10-12, oʼrtagi va oʼrtagi kechki navlarda esa17-26 kun mobaynida davom etadi. Oʼzbekistonning issiq iqlimli sharoitida palagini tabiiy holda toʼliq nobud boʼlishini faqat ertagi va oʼrtagi ertagi navlarda bahor va yozda yetishtirilgan muddatlarda kuzatish mumkin. Yozgi muddatda yetishtiriladigan oʼrtagi va oʼrtagi kechki navlar palagini tabiiy toʼliq nobud boʼlishi nihoyasiga yetmaydi.
Koʼrsatilgan toʼrt davrning davomiyligi yetishtirish muddati, yilni
sharoiti, sugʼorish usuli va boshqa yetishtirish sharoitlari taʼsirida sezilarli darajada oʼzgaradi. Shu bilan birga har bir davrni boshlanishi va tugashini tashqi belgilari yordamida aniqlash oson. Hosilni asosiy qismi shakllanadigan uchinchi davrda oʼsimlik parvarishiga alohida eʼtibor berish katta ahamiyatga egadir. Shuni hisobga olish kerakki, ertagi navlar gulga kirish davrigacha palagini toʼliq shakllantiradi.
Kartoshkani tuganagidan koʼpaytirilganda rivojlanish bosqichlarini baholash xalqaro tizimi mavjud. (kod VVSN) unda kartoshka rivojlanishining 10 makrobosqichi nazarga olingan:
0-unib chiqishi; 1-barglarni rivojlanishi; 2-yon shoxlarini hosil
boʼlishi; 3-bosh poyani boʼyiga oʼsishi(poyalarni bir biriga tutashishi); 4-tuganaklarni hosil boʼlishi; 5- gullari joylashishini paydo boʼlishi; 6-gullash; 7- mevasini rivojlanishi; 8- mevasi va urugʼini pishib yetilishi; 9-oʼlishi.
Har bir makrobosqich birqancha mikrobosqichlarga(5 dan14 gacha)
boʼlinib, makrobosqich davri oʼsimliklar holatini yanada batafsilroq tavsiflaydi.
Bu baholash tizimidan ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida va uzoq
xorijiy davlatlarda foydalaniladi.
ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek