Kompyuterni o‘chirishni avtomatlashtirish

DO`STLARGA ULASHING:

⏲ (https://telegra.ph/file/f79b4f2aa087acdc8c714.jpg)Kompyuterni o‘chirishni avtomatlashtirish

Agar bizda kompyuterni taymer bo‘yicha o‘chirish zarurati yuzaga kelsa, u holda biz Windows’ning ichki o‘rnatilgan vositalaridan foydalanishimiz mumkin. Bu haqda ushbu postimizda (https://t.me/itspecuz/5432) ma’lumot berganmiz. Ammo agar bizga qo‘shimcha funksiyalar kerak bo‘lsa, u holda maxsus yordamchi dasturlar yordamiga tayanishimizga to‘g‘ri keladi.

Bunday dasturiy ta’minotlardan biri airytec.com (http://www.airytec.com/ru/switch-off/) saytidan Airytec Switch Off hisoblanadi. Belgilangan vaqtda kompyuterni o‘chirishdan tashqari, ushbu yordamchi dastur shaxsiy kompyuterni gibernatsiya rejimiga o‘tkazish, bloklash, qayta yuklash, joriy akkaunt seansini to‘xtatish (tizimdan chiqish), internet ulanishini uzish va triggerlar yordamida bajariluvchi fayllarni ishga tushirish uchun qo‘llanilishi mumkin.

Dasturning ichki o‘rnatilgan vazifalar to‘plami foydalanuvchi buyruqlari (skriptlar)ni qo‘shish evaziga kengaytirilishi mumkin. Avtomatlashtirish imkoniyatlari kunlik, haftalik, ma’lum muddatdan keyin va kompyuter ishsiz bo‘lib turgan paytda vazifalarni rejalashtirish imkonini beradi.

📝 Manba: @pcTeapot

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek