Kontraseptiv vositalar va ularning turlari

DO`STLARGA ULASHING:

Turmushga chiqqan ayollar 30 yoshlardan oshgandan so‘ng homiladorlikdan himoyalanish uchun turli xil kontraseptiv vositalarni qidira boshlashadi. Chunki bu davrga kelib ayol va er homiladorlikni rejali ravishda amalga oshirishadi. Hozirgi zamonda homiladorlikka qarshi vositalarning turlari juda ko‘p, lekin ulardan qaysi birlari qulay va xavfsiz ? Bu haqida quyida batafsil yoritib o‘tamiz.
Avvalo, kontrasepsiya – ya’ni homiladorlikka qarshi vositalar ichidan eng samarali usullari haqida ma’lumot beramiz:
1-o‘rin. Xirurgik sterilizatsiya (jarrohlik yo‘li bilan homiladorlikni cheklash) va gormonal kontrasepsiya;
2-o‘rin. Bachadon ichi spirali;
3-o‘rin. Prezervativ. Bu vosita bilan homiladorlikdan saqlanish darajasi 10 %ni tashkil qiladi;
4-o‘rin. Spermitsidlar;
5-o‘rin. Jinsiy aloqani eyakulyatsiya vaqtida to‘xtatish.
Gormonal kontraseptiklar
Hozirgi kunda gormonal kontrsepsiya usuli rejalashtirilmagan homiladorlikdan saqlanishning eng qulay usulidir. Gormonal kontraseptik preparatlar bir jihatdan homiladorlikdan butunlay himoya qilsa, ikkinchi tomondan ayol organizmi qarishini sekinlashtiradi va klimaks davrini orqaroqqa cho‘zadi. Asosiysi, preparatlarga bo‘lgan qarshi ko‘rsatmalar yo‘qligi. Bunday kontrasepsiyadan turmushga chiqqan ayollar ko‘p foydalanishadi. Ammo, ba’zi ayollarda homilador bo‘lishga kuchli moyillik bo‘lgani sababli gormonal preparatlar yordam bera olmasligi mumkin. Demak, gormonal kontraseptik preparatlarni qo‘llashdan avval ayrim holatlarni hisobga olish talab etiladi: ayol yoshi 30 dan oshgan bo‘lishi kerak, preparatlar faqatgina shifokor-ginekolog tomonidan buyuriladi, uni buyurish uchun maxsus tekshiruvlardan o‘tish kerak. Gormonal kontraseptiv vosita turlari:
Oral kontraseptiv vositalar
Umuman olib qaraganda oral kontraseptik vositalarning deyarli barchasi bir xil ta’sirga ega: 21 dona tabletkalar, gormonlardan iborat bo‘lib ichga qabul qilinadi va homiladorlikka qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Ammo, hammasi siz o‘ylaganchalik oson emas, ba’zi preparatlarda gormonlar dozasi farqlanishi mumkin. Bundan tashqari gestogen (yakka) oral kontraseptivlar va kombinatsiyalangan (aralash) oral kontraseptiv gormonlar bor. Qaysi birini tanlagan yaxshiroq ?
Bu yerda hammasi individual tomondan yondashishni talab etadi. 30 yoshdan oshgan ayollar kamroq gormon qabul qilganlari ma’qul, chunki bunday preparatlar organizmda yaxshi qabul qilinadi. Hozirgi kunda oral kontraseptiv vositalardagi gormon dozasi 20 mkg dan oshmaydi. Ba’zi kasalliklarda oral kontraseptiv vositalarga qarshi ko‘rsatmalar borligini ham unutmang.
Kontraseptiv vositalar va ularning turlari
Kontraseptiv vositalar va ularning turlari
Homiladorlikka qarshi plastir
Kontraseptiv plastirlar – gormonal kontraseptiv tabletkalardan ko‘ra organizmda yaxshi qabul qilinadi. Plastirlardan foydalanganda ham gormonlar so‘riladi, lekin oshqozon ichak tomonidan emas. Shu yo‘l bilan hazm qilish tizimida muammolar bo‘lsa, plastirdan foydalanish ancha qulay. Uning nojo‘ya ta’sirlari kam va dozasi ham yengil. Yana bir qulay tarafi – plastirlarni qo‘llash qulayligidir. Har kuni tabletka kabi qabul qilish talab qilinmaydi, shunchaki bir marta joylashtirasiz, tamom bir hafta ta’sir ko‘rsatadi. Plastirlar o‘ramida odatda 3 dona plastir bo‘ladi, ularning 3 tasi teriga joylashtiriladi, 4-haftada esa tanaffus qilinadi. Kamchiliklari, shundaki ginekolog shifokor tavsiyasi kerak bo‘ladi. Plastirlarda ham gormonal kontraseptiv vositalar kabi nojo‘ya ta’sirlari va qarshi ko‘rsatmalar bor.
ЎҚИНГ:   Jinsiy tarbiya darslari kerak(mi) ?!
Teri osti deposi
Bu vositaning ta’sir mexanizmi ham huddi plastir kabi: ya’ni doimiy gormonlar ajratib turish. Faqatgina, deponi teri ustiga emas, teri ostiga joylashtiriladi. Kichik depo moslamasini teri ostiga joylashtirish qiyinchilik tug‘dirmaydi – bunday muolajani har qanday ginekolog bajara oladi, lekin uni qaytarib olish esa biroz muammoli, terini kichik hajmda kesish kerak bo‘ladi. Depoga ega bo‘lgan moslamalar farqi ularning ta’sir qilish muddati, bir necha haftadan bir necha oygacha. Kamchiliklari ginekolog tavsiyasi talab etiladi, qarshi ko‘rsatmalar va nojo‘ya ta’sirlari bor, bundan tashqari moslamani mustaqil ravishda teri ostiga joylashtira olmaysiz.
Qin halqalari
Qin halqasini qinga joylashtiriladigan diafragma bilan adashtirish kerak emas! Qin halqalari – yuqori texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan, uning diametri 4 smgacha va u ingichka bo‘ladi. Uning tarkibi silikon va gormonal kontraseptivlar deposidan iborat bo‘ladi. Bu moslama qulay, jinsiy hayotga halaqit qilmaydi, yot jism borligini ayol kishi sezmaydi ham. Halqani joylashtirish ham oson, hayz ko‘rgandan keyin qinga joylashtiriladi va shu joyda 3 haftaga qoladi. Mana shu vaqt ichida halqadan gormonlar ishlab chiqariladi va u homiladorlikdan himoya qilib turadi. 21 kundan keyin halqani olib tashlash kerak va 1 haftaga tanaffus qilinadi. Kamchiliklari ginekolog tavsiyasi kerak, qarshi ko‘rsatmalar va nojo‘ya ta’sirlari ham bor. Bu vositani qo‘llashdan oldin qinning tozaligiga e’tibor qaratish kerak, agar qindan qandaydir suyuqliklar ajralayotgan bo‘lsa, halqani joylashtirish fonida bu muammolar kuchayib ketishi mumkin.
Bachadon ichi spirali
Kontrasepsiyaning bu turidan tug‘gan ayollar ko‘proq foydalanishadi, ular homiladorlikni yaqin yillar ichida rejalashtirish niyatida bo‘lmaganlar uchun qulay. Bachadon ichi spirali hayz davrida shifokor tomonidan joylashtiriladi, agar barcha holatlar normada ketsa, spiral 3-5 yil davomida bachadon ichida qoladi. Uni joylashtirishda jinsiy yo‘llarda kasalliklar yo‘qligi, qinning tozaligi va boshqa turdagi har qanday kasalliklar e’tiborga olinadi.
ЎҚИНГ:   Siz biologik mos juftlikmisiz?
Bachadon ichi spirali mexanik va gormonal turlarga bo‘linadi. Mexanik spiral – bu oddiygina yot (himoya) jism, u bachadon bo‘yinchasida joylashib homilador bo‘lishdan himoya qiladi. Gormonal spirallarning 2 xil ta’sir effekti bor: yot (himoya) jism va gormonal modda. Gormonal spiralning davolovchi ta’siri ham bor, masalan bachadon miomasi va endometriozda gormonal moddalar davolovchi ta’sir ham ko‘rsatadi.
Mexanik spiralning kamchiliklari hayz ko‘rish davomida qon ketishini kuchaytirishi mumkin. Spiral joylangan vaqtlarda ginekolog ko‘rigidan daoimiy o‘tib turish kerak.
Gormonal spirallarning kamchiliklari mexanik spirallardan ancha qimmat, hatto 5-7 marotaba. Gormonlarga organizm moslashishida biroz muammolar tug‘dirishi mumkin, qindan ajralamalar kelishi kuzatiladi.
Spermitsidlar
Bunday kontraseptiv vositalarning gormonal preparatlardan farqi, ularni ginekolog nazoratisiz ham qabul qilsa bo‘ladi. Spermitsidlar kontrasepsiyaning kimyoviy turidir – maxsus shamchalar, krem ko‘rinishida bo‘ladi. Preparatlarning shakli turli xilda bo‘ladi, lekin ta’sir mexanizmi bir xil: spermatozoidlarni bloklash. Agar qo‘llashda kamchiliklar bo‘lmasa, jinsiy aloqadan 15 daqiqa oldin qinga foydalanilsa, homiladorlikdan butunlay saqlaydi. Bundan tashqari spermitsidlar antibakterial xususiyatlarga ham ega, ular jinsiy a’zolarni ayrim yuqumli kasalliklardan ham ximoya qiladi.
Kamchiliklari spermitsidlarning homiladorlikdan himoya qilish darajasi 80 % ni tashkil etadi, gormonal preparatlardan ko‘ra kamroq. Bundan tashqari diskomfort hissini sezish (ayolda ham, erkakda ham). Spermitsidlar shilliq qavatni qo‘zg‘atib hatto allergiyagacha olib kelishi mumkin. albatta, hammaga ham yoqmaydi, jisniy aloqa vaqtida qindan ko‘pik kelishi.
Qin qalpoqchalari va diafragmalari
Bu turdagi kontraseptiv vositalar ancha eskirgan usul hisoblanadi, dorixonalardan ularni topish ham ancha qiyin. Bundan tashqari ular noqulay va effektivligi kam. Hoxlovchilar ular haqida ma’lumotlarni eski adabiyotlardan olsalar bo‘ladi.
Prezervativ
Mexanik kontrasepsiyaning eng ko‘p tarqalgan va qulay usulidir. Prezervativdan ko‘proq yosh onalar foydalanishadi. Prezervativ tayyorlangan materialiga qarab farqlanadi. Ular maksimal darajada ishonchli va mustahkam bo‘lishi kerak. Jinsiy aloqada sezgi hissini oshirish uchun prezervativlar tashqi tomondan g‘adir budurliklarga ega bo‘ladi.
ЎҚИНГ:   Onada allergiya bo‘lsa, nima qilish kerak?
Kamchiligi ayrim odamlarda lateksga bo‘lgan allergiyalar. Jinsiy aloqa vaqtida diskomfort sezish, ayniqsa bunga erkaklar ko‘proq shikoyat qilishadi, ular uchun huddi “etik bilan cho‘milish kabi holat”dir.
Kalendar usuli bilan homiladorlikdan saqlanish
30 yoshlardan oshgan ayollar uchun kalendar usuli ham ancha qulay va samarali hisoblanadi. Bu usuldan foydalanish uchun ayolda hayz sikli normal, muntazam ravishda bo‘lishi kerak. Kalendar usulining ishlash mexanizmi quyidagicha: buning uchun “xavfli” kunlarni, ya’ni hayz siklining yarmiga to‘g‘ri keladigan kunni belgilab oling. Odatda bu kun hayz siklining 14 kuniga to‘g‘ri keladi va tuxum hujayra ajralib chiqib 24 soat ichida faol bo‘ladi. Agar shu vaqt ichida tuxum hujayra urug‘lanmasa, u nobud bo‘ladi. Hayz siklining 16 kunidan boshlab homilador bo‘lish darajasi minimal bo‘ladi. Hayz siklining birinchi kunlarida va hayz ko‘rish vaqtida ham deyarli homilador bo‘lish imkoniyati yo‘q. Hayz siklining o‘rtalariga kelib tuxum hujayra urug‘lanish imkoniyati yuqori. Gap shundaki, erkak spermatozoidlari ayol jisniy yo‘llarida bir necha kun yashash xususiyatiga ega. Masalan, hayz siklining 10-kunida jinsiy aloqa qilingan bo‘lsa, 14 kunga kelib tuxum hujayra urug‘lanishi mumkin.
Kamchiliklari ovulyatsiya kunini aniq bilishni talab qiladi. Uni aniqlashning 2 ta usuli bor: bazal tana harorati o‘lchash yoki ovulyatsiyani aniqlab beruvchi testdan foydalanish kerak (testning 2 chizig‘i yaqin 36 soat ichida ovulyatsiya bo‘lishidan dalolat beradi). Bu usul ko‘pincha 65 % dan ortiq natija bermaydi.
Jinsiy aloqani to‘xtatish
30 yoshdan oshganda jinsiy aloqani to‘xtatish yo‘li bilan homiladorlikdan saqlanish eng kam natija beradigan usuldir. Chunki erkak kishi eyakulyatsiya boshlanayotganini sezmaydi, erkak uchun “hali vaqt bor” lekin, “kech bo‘ldi” kabi holat uchraydi.
Jarrohlik yo‘li bilan homiladorlikni cheklash
Agar ayol kishi 35 yoshdan oshgan bo‘lsa, unda eng kamida 2 ta farzand bo‘lsa, u homilador bo‘lishni rejalashtirishni istamasa ushbu usuldan foydalansa bo‘ladi. Jarrohlik amaliyotida: bachadon nayini laproskopiya yordamida bog‘lab qo‘yish, uni o‘tkazuvchanlik xususiyatini yo‘qotishga asoslangan. Bu esa homilador bo‘lish butunlay to‘xtadi degani. Jarrohlik amaliyoti qaytmas jarayondir, agar ayol yana farzand ko‘rishni istasa, EKO usulidan yoki bachadon nayini qayta ochish amaliyotlarini bajariadi.

15 комментариев к “Kontraseptiv vositalar va ularning turlari”

  1. Уведомление: micro dose psilocybin​

  2. Уведомление: sbo

  3. Уведомление: nova88

  4. Уведомление: Firearms For Sale

  5. Уведомление: 이천반영구

  6. Уведомление: second brain template

  7. Уведомление: buy magic mushrooms legal in colorado

  8. Уведомление: Buy Blue Foot magic Mushroom for sale online Europe

  9. Уведомление: buy ssauerfirearms

  10. Уведомление: ufabet

  11. Уведомление: Oxandrolon Erfahrung

  12. Уведомление: Bubble Tea

  13. Уведомление: บอลยูโร 2024

  14. Уведомление: Anya Belcampo scandal

  15. Уведомление: สล็อตออนไลน์ lsm99

Комментарии закрыты.