DO`STLARGA ULASHING:
Maishiy asboblar.
Muzlatkich.
Bor hammaning uyida
Oyimlarga mazzada.
Hamma narsa bir xilda,
Ishlaydi kunu-tunda..
Qorni katta semizdir,
Boshi sovuq muzdir.
Narsalar tepa-pastda,
Ko’proq kerak yozda.
Ovqatni saqlar birdek,
Mevalar ham yangidek.
Eshigin xadeb ochmang,
Buzilsa afsus chekmang.
✍️: Islomova Mukambar