Noʻmon ibn Bashir

DO`STLARGA ULASHING:

Milodiy 623 yilda Madina shahrida bir farzand dunyoga keldi. Unga «Noʻmon» deb ism qo‘yib, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning huzurlariga olib borishdi. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) uning tanglayini xurmo bilan ko‘tarib, haqiga duo qildilar.
To‘liq ismi: Noʻmon ibn Bashir ibn Sa’d ibn Sa’laba ibn Julos ibn Zayd Ansoriy Xazrajiydir. Kunyasi Abu Abdulloh.
Noʻmon ibn Bashir (roziyallohu anhu)ning otasi Bashir ibn Sa’d (roziyallohu anhu)dir, u Abu Noʻmon kunyasi bilan mashhur bo‘lgan.
Noʻmon ibn Bashir (roziyallohu anhu)ning onasi Amra binti Ravoha (roziyallohu anho) soliha ayol edi. U mashhur sahoba Abdulloh ibn Ravoha (roziyallohu anhu)ning singlisidir.
Noʻmon ibn Bashir (roziyallohu anhu)ning besh o‘g‘il, ikki qizi bo‘lgan. O‘g‘illarining ismi Muhammad, Abon, Yazid, Bashir va Abdulloh, qizlarining ismi Amra va Hamida.
Noʻmon ibn Bashir (roziyallohu anhu) shijoat va saxovatda barchaga namuna, so‘zamol, oqil va halim edi. U mashhur voiz va mohir shoir ham bo‘lgan. Shuni ta’kidlash kerakki, Noʻmon ibn Bashir (roziyallohu anhu)ning bobosi Sa’d ibn Husayn, otasi Bashir ibn Sa’d, amakisi Husayn ibn Sa’d, tog‘asi Abdulloh ibn Ravoha (roziyallohu anhum) ham she’riyatga oshno bo‘lishgan.
Noʻmon ibn Bashir (roziyallohu anhu) 124 hadis rivoyat qilgan. U rivoyat qilgan 114 hadis Musnadda jamlangan.
Noʻmon ibn Bashir (roziyallohu anhu) Oysha, Umar va Abdulloh ibn Ravoha (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilgan. Noʻmon ibn Bashir (roziyallohu anhu)dan o‘g‘li Muhammad, Sha’biy, Simok ibn Harb, Muhammad, Humayd ibn Abdurrahmon Zuhriy, Abu Sallom Mamtur, Solim ibn Abulja’d va Abu Qiloba hadis rivoyat qilgan.
Noʻmon ibn Bashir (roziyallohu anhu) aytadi: “Balo-ofat vaqtida gunoh qilish eng katta halokatdir”.
Noʻmon ibn Bashir (roziyallohu anhu) milodiy 684, hij­riy 64 yili oltmish uch yoshida Hama shahrida vafot etgan.
1968 yil Bag‘dod shahrida  chop etilgan Noʻmon ibn Bashir (roziyallohu anhu)ning “Devonun Noʻmon” nomli she’riy  kitobi, 1985 yil Quvaytda to‘ldirilgan yangi nashr sifatida ommaga havola qilindi.
Ravshanbek O‘rinboyev | Hidoyat.uz
NU’MON ibn BASHIR, to‘liq ismi An-Nu’mon ibn Bashir ibn Sa’laba ibn Sa’d al-Ansoriy al-Xazrajiy (taxminan 623-683) -sahoba. Onasi — Amra bint Ravoha (Abdullo ibn Ravohaning singlisi) sahobalardan bo‘lgan.
Nu’mon ibn Bashir juda ko‘plab hadislarni rivoyat qilgan va ko‘plab tobe’inlar undan hadislarni rivoyat etgan. Muoviya ibn Abu Sufyon zamonida (661-680) Xums va Kufada amir bo‘lgan.
Xalifa Yazid ibn Muoviya (680-683) vafotidan so‘ng, xalqni Abu Bakr Siddik, (ra)ning nabirasi az-Zubayrga bay’at qilishga chaqirgani uchun Xums aholisi undan norozi bo‘lib o‘ldirgan.
Islom ensiklopediyasidan

10 комментариев к “Noʻmon ibn Bashir”

  1. Уведомление: best carding forum

  2. Уведомление: the dump credit card

  3. Уведомление: weed edible gummy worms

  4. Уведомление: 토토샤오미

  5. Уведомление: best passive income

  6. Уведомление: Ammunition for sale online

  7. Уведомление: Pokermatch App

  8. Уведомление: gox scooter

  9. Уведомление: Where To Buy Psilocybin Magic Mushrooms Online In Denver

  10. Уведомление: Study in Africa

Комментарии закрыты.