Osim ibn Sobit

DO`STLARGA ULASHING:

«Kim jang qilmoqchi bo‘lsa, Osim ibn Sobit kabi jang qilsin» (Muhammad (sallallohu alayhi va sallam)
Abdullohning o‘g‘li Muhammad (sallallohu alayhi va sallam) bilan quraysh raxbarlari «Uxud»ga qurollanib chiqishdi. Qurayshliklar qalbida «Badir» jangidan qolgan qasoslari va xasad alamlari qolgan edi. Xasrat nadomatlari qonlarini qizdirib, erkaklar o‘zlari bilan kifoyalanmasdan ayolllarni ham jamlab kurashga olib chiqishgan edi. Ayollar jangchilarni ruxini ko‘tarib, ularni mardlikka chaqirib, qo‘rqmasliklari uchun chiqishgan edi. Bu safar qilgan ayollar ichida Abu Sufyonning xotini Utba bint Xind, Amr ibn al Os’ning xotini Rayta bint Munabbax, Sulfa bint Saad o‘zining uch o‘g‘illari Musafi’, Jalus, Kiloblar va eri Talxa bilan, ulardan tashqari boshqa ko‘plab ayollar ham safarga chiqishgan edi.
* * *
«Uxud»da ikki taraf qonli to‘qnashganida, Xind bint Utba va boshqa ayollar jangchilar yonida turib childirma chalib, ashula aytib qo‘lab turdilar:
«Agar mardonavor urushsangiz,
O’rindiqda kutarmiz sizni,
Agar dushmandan ortga qochsangiz,
Xush ko‘rmasdan sizdan ajrab keturmiz.
Bu tantanovor bayt mushrik jangchilarni qalbini urishga yoqib yubordi va ular o‘z erlariga sexirli ta’sir ko‘rsatishdi. Qachon urish tamom bo‘lib, mushriklar musulmonlar ustidan g‘alaba qilishgandan so‘ng, quraysh ayollari jang maydoniga kutirgan xolda, baqirib musulmonlarning jasadlariga yopirilishdi. Ularning qorinlarini yorib, ko‘zlarini o‘yib, quloq va burunlarini kesib oldilar. Bu ham yetmagandek ulardan biri inson quloq va burunlaridan o‘ziga taqinchoq qilib oldi, Badirda otasi va akalarini qasossini olgan bo‘lib.
* * *
Lekin Sulafa bint Saad boshqa quraysh ayollari kabi xursad bo‘lmadi, eri va uch o‘g‘ilaridan xavotir olib, boshqa ayollar kabi u ham o‘z axillari bilan ko‘rishib g‘alaba xursadligini ko‘rishishlik uchun ularni qidira boshladi.
Uning kutgani bekor bo‘lib chiqdi, eri va ikki o‘g‘lini qonga belanib yotgan xolda o‘ligini tobdi. Quturgan sher kabi qolgan o‘g‘lini qidirib, uni Uxud tepaligidan Julosni xali joni uzulmasdan yotgan xolda tobdi. Sulafa qo‘lidan kelganini qildi, lekin kech edi. Boshini tizzasiga qo‘yib yuzidan va labidagi qonlarni artib, ko‘zida yosh bilan undan so‘ray boshladi:
«Kim seni bunday qildi?..
U onasiga javob bermoqchi bo‘ldi, lekin o‘lim oldidagi xirillashi unga xalaqit berdi. Sulafa undan takror va takror so‘rayverdi, oxiri undan zo‘rg‘a javob oldi:
«Meni va akalarimni Osim ibn Sobit shu axvolga soldi» — deb jon taslim qildi.
* * *
Sulafa bu qayg‘udan jinni bo‘layozdi va baqirig‘i jang maydoniga ko‘tarildi.. .. .. Lot va Uzzoga qasam ichib aytdi:
«Qayg‘u va ko‘z yoshim tugamaydi, qurayshliklar Osim ibn Sobitni qatil qilib, uni boshini olib kelishmaguncha va men boshidan kosa qilib sharob ichmagunimcha.»
Sulafa kim Osim ibn Sobit (roziyallohu anh)ning o‘liginimi yoki tiriginimi olib kelsa, unga xoxlaganicha dinor berishligini va’da qildi. Bu xabar qurayshliklar orasida tez tarqalib ketdi. Xar bir yosh qurayshlik Osim ibn Sobit (roziyallohu anh)ning ustidan g‘alaba qilib, uni Sulafaning yoniga olib kelib, uning boyligiga ega bo‘lishni orzu qildi.
* * *
Uxuddan Madinaga qaytgan musulmonlar jangda yo‘qotgan qaxramon jangchilarni mardlarcha, o‘limdan qo‘rqmasdan kurashganliklarini eslab, Osim ibn Sobit (roziyallohu anh)ni jangda qanday qilib, bir xonadondan uch aka-ukalarni o‘ldirganligini, eslab o‘tishdi. Ulardan kimdir dedi:
Nima uchun xayron bo‘lasizlar, «Badir» kuni Allohning Rasuli bizdan qanday urishishlikni so‘raganlarida Osim ibn Sobit o‘rnilaridan turib, qo‘llariga kamon olib dedilar: «Agar dushman 100 zirog‘ yaqin bo‘lsa, men uni kamon bilan o‘ldiraman, agar u menga nayza bilan hamla qilsa unda men uni nayzam bilan nayzasini yo‘q qilab, keyin qilichim bilan jang qilaman» Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam): «Kim jang qilmoqchi bo‘lsa, Osim ibn Sobit kabi jang qilsin».
Uxuddan so‘ng Payg‘ambar (sallallohu alayhi va sallam) saxobalardan 6 nafarini muxim ish bilan Osim ibn Sobit (roziyallohu anh)ni boshliq qilib, Makkaning yoniga yubordilar, ular Makka yaqiniga borganlarida Xuzayil qabilasining jangarlari ularni payqab ularni o‘rab oldilar.
Osim ibn Sobit (roziyallohu anh) va izdoshlari qilichlarini yalong‘ochlab dushmanga qarshi urishga tayorlandilar. Xuzayil qabilasidan bir kishi dedi:
«Allohga qasam! Biz Sizga yomonlik qilmaymiz, agar taslim bo‘lsangiz.. biz sizni ishontirib aytamiz va va’da beramiz.»
Saxobalar bir birlariga qarab maslaxat qilgandek bo‘lishdi, Osim ibn Sobit (roziyallohu anh) shu vaqt ularga qarab dedilar:
«Menga kelsak mushriklar mexribonligiga zor emasman va taslim bo‘lmayman.»
Va Sulafa bergan va’dasi eslariga tushib qilichini ko‘tarib dedilar:
«Ey Allohim! Men seni yo‘ling uchun kurashmoqdaman. Dushmandlarimga meni boshimni qoldirib qo‘yma.»
Keyin va ikki saxoba Xuzaylliklarga tashlanib birin ketin shahid bo‘lishdi. Qolganlarini asir olishdi. Avvaliga Xuzayl qabilasidagilar Osim ibn Sobit (roziyallohu anh)ni tanishmadi, keyin o‘lganlarni jasadini qarab uni tanib qolishdi, juda katta boylik qo‘lga kiritildi deb xursand bo‘lishdi.. .. Sulafa bint Saad Osim (roziyallohu anh)ning boshlaridan sharob ichishlik uchun va’da bermaganmidi.. ..
* * *
Osim ibn Sobit (roziyallohu anh) o‘lganlaridan so‘ng ularni qurayshliklar tanib qolishdi, ular Makka yaqinida edilar. Quraysh savdogarlari Osim (roziyallohu anh)ni boshlarini olib ketishlik uchun va Sulafani uch o‘g‘li va erini qasosini olish uchun… juda katta boyliklarni Xuzayilliklar uchun olib kelishdi.
* * *
Qachon Xuzayilliklar Osim (roziyallohu anh)ni boshini tanasidan olishlik uchun kelganlarida hamma tarafdan arilar to‘dasi bulut kabi kelib, jasadni o‘rab olishdi, xar qachon Osimni jasadini olmoqchi bo‘lganlarida arilar ularni yuzi va ko‘zlarini chaqa boshladilar. Urinishlari foyda bermagandan so‘ng ba’zilari aytdiki:
«Bu yerda yota tursin kechasi arilar ketganida jasad bizga qoladi» deb taklif bildirishdi.
Uzlari yaqinroq joyda qorong‘u tushishini kutib turishdi.

Kech kirishi bilan osmonni bulut qoplab, mamaqaldiroq chaqib, qattiq jala quya boshladi, xatto qariyalar bunday toshqinli yomg‘irni ko‘rishmagan edi. Suv oqimi hammayoqni urib ketdi, ertalab Xuzayil qavmi Osim (roziyallohu anh)ning jasadlarini olib ketishlik uchun kelishganida, uni xech qaerdan topa olmadilar. Kechasi kuchli oqim ularning jasadlarini noma’lum tarafga oqizib ketgan edi. Xar bir narsaga qodir Alloh Osim (roziyallohu anh)ning jasadlarini yuvib ketgazgan edi. Ularning boshlarini kosa qilib sharob ichishlik ularga nasib bo‘lmadi.
Alloh mushriklarni iymonliklar ustidan yuqori qilmadi.
Alloh u kishidan rozi bo‘lsin!

11 комментариев к “Osim ibn Sobit”

  1. Уведомление: maxbet

  2. Уведомление: milf cam

  3. Уведомление: sportsbet io giriş

  4. Уведомление: sbobet

  5. Уведомление: 1688upx

  6. Уведомление: snowflake lower

  7. Уведомление: stop screen recording

  8. Уведомление: DevOps Solutions

  9. Уведомление: buy magic mushrooms in usa​

  10. Уведомление: ดูการ์ตูนออนไลน์

  11. Уведомление: Nocode testing tools

Комментарии закрыты.