Pythonning mashhur kutubxonalari.

DO`STLARGA ULASHING:

Pythonning mashhur kutubxonalari.
Sunʼiy intellekt yaratishni niyat qilgan boʻlsangiz bu kutubxonalar haqida bilishingiz muhim.

1️⃣ NumPy –matematik sun’iy intellekt
Katta hajmdagi sonli ma’lumotlar bilan ishlaydi. Statistik hisob-kitoblar va massivlar yaratish uchun juda qulay.
+ NumPy ma’lumotlarni tezda qayta ishlaydi.

2️⃣ Pandas – ma’lumotlarning ustozi
Pandas bilan ma’lumotlarni tahlil qilish va tozalash osonligi ishlaringiz natijasi va sifatini oshirishga yordam beradi.
+ Pandas ma’lumotlaringizni tartibga soladigan chaqqon yordamchingiz.

3️⃣ TensorFlow – katta loyiha muhandisi
Neyron tarmoqlar yaratish va mashinani o‘qitish uchun eng kuchli platformalardan biri. Google tomonidan ishlab chiqilgan.
+ Sun’iy intellektning «miyasi»ni yaratishni xohlaysizmi? TensorFlow bu borada yahshi yordamchi.

4️⃣ PyTorch – tajriba maydoni
Dinamik va moslashuvchan neyron tarmoqlar yaratish uchun.
+ Agar ijodkorlik va tajriba sizning kuchli tomonlaringiz bo‘lsa, PyTorch aynan siz uchun.

5️⃣ Scikit-learn – sun’iy intellektning professori
Klassifikatsiya, regressiya va klasterlash algoritmlarini qo‘llash uchun qulay.
+ Tizim o‘rganishni o‘rgatish uchun kerak bo‘ladigan barcha vositalar shu yerda.

6️⃣ Keras – boshlovchilar uchun ideal tanlov.
Neyron tarmoqlarni yaratish jarayonini soddalashtiradi.
Birinchi sun’iy intellekt loyihangizni tayyorlashni boshlasangiz Keras sizni «qo‘rqinchli kodlardan» himoya qiladi.

Sizni qaysi kutubxona qiziqtirdi? 👇
Izohlarda yozib qoldiring!

1 комментарий к “Pythonning mashhur kutubxonalari.”

Оставьте комментарий