Qays Ibn Sa’d

DO`STLARGA ULASHING:

Bu ulug‘ sahobiyning to‘liq nomi Qays Ibn Sa’d ibn Uboda ibn Dulaym ibn Horisa Soidiy bo‘lib, onasi Fukayha binti Ubayd ibn Dulaym Hazraj qabilasi ansorlaridan edi.
Qays ibn Sa’d (roziyallohu anhu) mahorati, zakovati, ziyrakligi, o‘tkir zehni, kuchli xotirasi bilan boshqalardan ajralib turardi. Bunday fazilatlar unga ota-bobolaridan meros bo‘lib qolgan edi. Baland bo‘yli, to‘ladan kelgan, ko‘rkam, shijoatga to‘la inson edi. Agar xachirga minsa, oyog‘i yerga tegib turardi.
Qays yoshi kichik bo‘lsa-da, ansorlar unga rahbar kabi muomala qilardilar. Unda peshvolik va rahbarlik uchun zarur barcha xislatlar bor edi. Otasi Sa’d Islomga kirgan chog‘ida o‘g‘li Qaysni Payg‘ambar (alayhissalom) huzurlariga olib kelib: “Yo Rasululloh, bu sizning xodimingiz bo‘lsin”, dedi (Imom Buxoriy, Imom Termiziy).
“Payg‘ambar (alayhissalom) Qaysdagi yuksak qobiliyat va salohiyatni ko‘rib, uni o‘zlariga yaqin tutdilar. Muhorabalarda Payg‘ambar (alayhissalom) ansorlar bayrog‘ini ibn Sa’dga topshirardilar. Safarlarda sahobalarning oziq-ovqati tugab qolsa, Qays tezlik bilan moddiy ta’minotni o‘z zimmasiga olardi” (Ibn Shihob). “U zot Payg‘ambar (alayhissalom) sahobalarining ulug‘laridan edi. Juda zukkoligi, muhorabalar chog‘ida urush hiylalarini bilishi bilan alohida ajralib turardi” (Abu Umar Voqidiy).
Qays ibn Sa’d Islomgacha bo‘lgan davrda ham zakovatli va farosatli, tijoratda mahorat egasi bo‘lgan. Uning bu qobiliyatiga butun Madina ahli tan berardi. Shuning uchun u zotning ushbu so‘zi zarbulmasal bo‘lgan: “Agar Islom dini bo‘lmaganida, arab­larning kuchi yetmaydigan hiylalar qilar edim”. Ammo Islom dini boshqalar kabi Qaysga ham adolatli va insofli bo‘lishni, zakovati va farosatini ezgulik yo‘lida ishlatishni o‘rgatdi. Shu bois u zot musulmon bo‘lganidan keyin, hatto o‘ta tang vaziyatga tushib qolganida ham, unga tuhmatlar uyushtirilganida ham, g‘irromlik, hiyla ishlatmadi, to‘g‘rilikdan ayrilmadi.
Bu zotning oilasi arab oilalarining eng qadimiysi va eng saxovatlisi edi. Payg‘ambarimiz (alayhissalom) ushbu oila haqida: “Albatta, saxovat bu oila ahlining odatidir”, degan edilar. Qays ham yoshligidan saxiy bo‘lgan. Ibn Asokir aytadi: «Bir kuni katta yoshli bir ayol faqirligidan shikoyat qilib keldi. Shunda Qays (roziyallohu anhu) xodimlariga: “Uning uyini non, yog‘ va xurmo bilan to‘ldiringlar”, deb buyurdi». Qays oilasining o‘sha zamondagi arab boylari va saxiylarining odatiga ko‘ra, mehmonlarni chorlash uchun baland tepalik ustida turib, o‘t yoqadigan chaqiruvchilari bo‘lar edi. Ular: “Kim yog‘ va go‘shtni yaxshi ko‘rsa, Dulaym ibn Horisaning hovlisiga kelsin!” deb jar solishardi. Dulaym ibn Horisa Qays (roziyallohu anhu)ning ikkinchi bobosi edi. Ushbu qadimiy xonadonda Qays saxovat va olijanob­lik tuyg‘ularidan bahra olib ulg‘aydi. Bir gal u kambag‘al do‘stlaridan biriga katta miqdorda qarz beradi. Belgilangan kunda do‘sti olgan qarzini Qays (roziyallohu anhu)ga qaytarib bergani keladi. Lekin Qays (roziyallohu anhu) uni qabul qilishdan bosh tortadi va: “Albatta, biz bergan narsamizni qaytarib olmaymiz”, deydi.
Qays ibn Sa’d Rasulul­loh (sollallohu alayhi va sallam)dan hadislar rivoyat qilgan. Imom Hokimning “Mustadrak” kitobida u zotdan keltirilgan hadislar soni 15 tadan ortadi. U zotdan ham ko‘pchilik sahoba va tobeinlar rivoyat qilishgan. Hazrat Ali (roziyallohu anhu) davrida Qays ibn Sa’d Misrda bir yil hokimlik (voliylik) qildi. Ali va Muoviya (roziyallohu anhumo)lar o‘rtasida kelishmovchilik­lar boshlangan paytda hokimlikni topshirib, Madinaga qaytadi. U zot umrining oxirigacha Madinada yashadi va Muoviya (roziyallohu anhu) davrining oxirlarida – hijriy 59 yoki 60 sanada (mil. 678–679) vafot etadi. Alloh taolo Qays ibn Sa’ddan rozi bo‘lsin.
Rahmonqul Aliqulov | Hidoyat.uz

13 комментариев к “Qays Ibn Sa’d”

  1. Уведомление: escherent.com

  2. Уведомление: benelli m4

  3. Уведомление: คาสิโนออนไลน์

  4. Уведомление: psilocybin mushrooms online usa​

  5. Уведомление: sbo

  6. Уведомление: sbo

  7. Уведомление: maxbet

  8. Уведомление: 홀덤

  9. Уведомление: psychedelic mushroom chocolate bars venice

  10. Уведомление: dadukopro

  11. Уведомление: 늑대닷컴

  12. Уведомление: 토렌트 다운

  13. Уведомление: ที่พักรายวัน แถวรามอินทรา

Комментарии закрыты.