Rohonsi kodeksi

DO`STLARGA ULASHING:

Rohonsi kodeksi

Hozirgacha saqlanib qolgan sirli kitoblardan biri bu «Rohonsi kodeksi» deb nomlangan kitobdir.

Odamlar nafaqat kitobda nima deyilganini bilishmaydi, balki uning qayerdan kelib chiqqanligi haqida hatto tasavvurga ham ega emas.

XIX asrning boshlarida qo’lyozma
Rohonsi (hozirgi Rehnits) shahridagi Vengriya Fanlar akademiyasiga topshirilgan. Rohonsi kodeksining hali to’liq o’rganilmaganligining sabablaridan biri uning g’alati alifbosi. Aksariyat alifbolarda 20 dan 40 tagacha belgilar bo’ladi, 448 betlik Rohonsi kodeksi esa deyarli 200 xil belgidan iborat. Shu paytgacha kitobning mazmuni va kelib chiqishi sir bo’lib qolmoqda.

Оставьте комментарий