Sehr kimlarga ta’sir qiladi? Sobiq sehrgar hikoyasi

DO`STLARGA ULASHING:

«Bizga biror bir insonni sehr qildirishga buyurtma olganimizda, o‘sha sehr qilinishi kerak bo‘lgan insonga jinlarni birinchi jamoasini jo‘natamiz. Agar inson sehrdan himoya qiladigan tonggi va tungi duolarni o‘qib yurmasa, unga sehr ta’sir qilishi muammo emas. Lekin, doim zikrlarni o‘qib yuradigan bo‘lsa, jinlar o‘sha odamni topa olmay, qaytib kelishadi. Alloh bu jinlarga o‘sha insonni ko‘rinmaydigan qilib qo‘yadi. Jinlar kelib u odamni yer yuzida topa olishmaganini aytishadi. Shundan bilamizki, bu inson himoyalangan.

Keyingi jamoada bulardanda kuchliroq jinlarni jo‘natamiz. Bular borib topa oladi, lekin yaqinlasha olmaydi. Qaytib kelib bu insonni farishtalar har doim qo‘riqlab turganini aytib, unga yaqinlasha olmaganini aytadi.

Biz keyingi jamoaga bulardanda kuchlirog‘ini jo‘natamiz. Bular boradi, o‘sha insonga yaqinlasha oladi, lekin himoya sabab ta’sir o‘tkaza olmaydi.

Shunda bular o‘sha insonni doim poylab yurishadi. Xayolini buzishga harakat qilishadi. O‘sha insonni tonggi va tungi zikrlarni o‘qimaslik uchun chalg‘itishga harakat qilishadi. Va agar inson zikrni tark qilsa, bemalol o‘z ishlarini bajarishadi. Odatda inson zikrni esdan chiqarib qo‘ysa ham Alloh himoya beraveradi. Chunki esdan chiqarish uzrli sababga kiradi. Lekin, esdan chiqarmasdan u bu boshqa sabab zikrni tashlab qo‘ysa himoya berilmaydi va jin bemalol vazifani uddalaydi.

Agar bu jin ham o‘z ishini bajara olmasa eng oxirgi usulga o‘tamiz, lekin uning xizmat xaqi juda yuqori bo‘ladi». 

Sehrdan tavba qilib, haq yo‘lga qaytgan sehrgar Hamid Adam qissasidan.

Abdulloh KAMOL sahifasidan olindi.

Оставьте комментарий