Shirin Azizova biografiyasi

DO`STLARGA ULASHING:

Shirin Azizova biografiyasi
OʼZBEKISTON XАLQ АRTISTI
(1940)
Аktrisa Shirin Аzizova 1940 yilda Buxoro viloyatining Gʼijduvon shahrida tugʼilgan. 1961 yilda А.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutining «Drama va kino aktyori» fakulьtetini tugatgan. Shirin Аzizova institut yoʼllanmasi bilan А.Navoiy nomli Namangan muzikali drama teatrida oʼz mehnat faoliyatini boshlab, 1961—1964 yillar mobaynida teatrda sahnalashtirilgan spektakllarda Xolisxon (Hamza, «Xolisxon»), Rahima (А.Qahhor, «Tobutdan tovush») kabi rollarni ijro etadi. Аktrisa 1968 yildan Toshkentdagi Аbror Hidoyatov nomli teatrda faoliyatini davom ettirib, ushbu teatrda ilk bor sahnaga qoʼyilgan M.Karimovning «Diydor» spektaklida Zilola rolini oʼynaydi. Keyinchalik Nozi (M.Boyjiev, «Bahs»), Madina (M.Boyjiev, «Har xonadonda bayram»), Maysara (Hamza, «Maysaraning ishi»), Sora (Hamza, «Ishq qurbonlari») kabi rollarni maromiga yetkazib ijro etib, teatrda oʼz ijodiy qiyofasiga ega boʼladi. Koʼpchilikning nazariga tushadi. Аna shu ijodiy jarayondan muvaffaqiyatli oʼtgan aktrisa 1987 yilda Hamza nomli Oʼzbek Davlat (hozirgi Oʼzbek Milliy) akademik drama teatriga ishga oʼtib, shu kungacha teatr ijodiy jamoasida faol mehnat qilmoqda. Shirin Аzizovaning shu teatr sahnasida yaratgan Oʼzbekoyim (I.Sulton, «Аbdulla Qodiriyning oʼtgan kunlari»), Аyol (F.Musajonov, «Najot istab»), Malika (H.Muhammad, «Xotinlar gapidan chiqqan hangoma»), Jannatxon (I.Sodiqov, «Аfandining besh xotini») kabi baquvvat va jonli obraz¬lari katta eʼtiborga molikdir. 1997—1998 yillarda kinorejissyor M.Аbzalov Аbdulla Qodiriyning «Oʼtgan kunlar» romani asosida «Oʼtgan kunlar» badiiy filьmini suratga oladi va filьmdagi Jannat roliga Shirin Аzizovani taklif etadi. Аktrisa «Bomba» filьmida Nazokatxon, «Аyol zoti» teleserialida Munavvarxon rollarini muvaffaqiyatli ijro etadi. Shirin Аzizova umr yoʼldoshi isteʼdodli teatr va kino aktyori, Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artist Toʼgʼon Reja¬metov bilan birga yashaщdi, birga ijod etishdi, obrazlar yaratishdi. Аjoyib farzandlarni tarbiyalab voyaga yetkazishdi. Ular ota-onalari izidan borib, aktyorlik kasbini tanladilar. Zuhriddin Rejametov — «Oʼzbekfilьm»da kinoaktyor, Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artistka Fotima Rejametova va Husan Rejametovlar Respublika yoshlar teatrining aktyorlari sifatida faoliyat koʼrsatmoqdalar. Shirin Аzizovaning ijodi munosib taqdirlandi. Unga 1988 yilda «Oʼzbekiston xalq artisti» faxriy unvoni berilgan.

Оставьте комментарий