Sifatsiz o‘yinchoqlar zarari.

DO`STLARGA ULASHING:

⚡️Sifatsiz o‘yinchoqlar zarari.

Farzandingiz kun davomida o‘ynaydigan, og‘ziga soladigan o‘yinchoqlar tarkibiga xech qiziqqanmisiz? 99% ota- onalar bu xaqida o‘ylab ko‘rishmaydi.

🔖 Yevropada aynan o‘yinchoqlar tarkibini qatiy nazorat qilib turishadi. Sababi ko‘p ishlab chiqaruvchilar o‘yinchoqlar yaltiroqligini, jilvalanishini oshirish va arzonroq materialdan foydalanish uchun ta’qiqlangan moddalardan foydalanishadi.

Xitoydan kelayotgan va yurtimizda ishlab chiqarilayotgan o‘yinchoqlar sifati, zararsizligi bizga qorong‘u. Ammo plastmass o‘yinchoqlarda ishlatiluvchi stirol, fenol kabi moddalarning oshiqcha ishlatishi, materiallarni arzon turdagi siryodan foydalanish farzandingizni zaxarlamasdan qo‘ymaydi.

🧨Sifatsiz o‘yinchoq anemiya, qon kasalliklari, kalsiy yetishmovchiligi, og‘iz bo‘shlig‘i va oshqozon ichak kasalliklari, xattoki bosh miyada turli o‘zgarishlar chaqiradi.

Yumshoq o‘yinchoqlar ichidagi moddlar allergiya qo‘zg‘aydi.

🔖 Farzandingizga o‘yinchoq tanlayotganda sifatiga jiddiy etibor bering. Mumkin qadar sertifikati bor o‘yinchoqlar xarid qiling.

Yevropadan kelgan turistlar nega qo‘l mexnati tufayli, tabiiy narsalardan qilingan o‘yinchoqlarni qadrlashini asta- sekin anglab yetasiz.
© Doktor Akramov