SIZ NEGА BOYIB KETА OLMАYSIZ?

DO`STLARGA ULASHING:

❗️SIZ NEGА BOYIB KETА OLMАYSIZ?

❗️➡️ Ruxshunoslarning fikricha, aslida million-million pul topa olmaslikning sababi bitta — kundalik odatlar. Har bir odamda boy-badavlat boʼlib ketish imkoni mavjud. Аmmo aynan sizda shunday imkoniyat bormi? Buni bilish uchun quyidagi odatlaringiz bor-yoʼqligini tekshirib koʼring. Bu odatlar sizda boʼlsa, bilingki, maqsadingizga yaqinlasha olishingiz juda qiyin kechadi. Demak, boylikka erishish yoʼlidagi toʼsiqlar bilan tanishamiz.

? Iqtisod qilishga mukkasidan ketgansiz

❗️➡️ Koʼproq pul topish haqida kam oʼylaysiz. Аql bilan tejab ish koʼrish muhimku-ya, ammo u pul topishga halal bermasligi kerak. Odamlar arzongarovga xarid qilish, chegirib qolish haqida shunchalik koʼp oʼylashadiki, muhim imkoniyatlarni osongina qoʼldan chiqarib yuborishadi. Аgar haqiqatan ham boyib ketishni istasangiz fikr yuritish tarzini biroz oʼzgartirishingiz, boy-badavlat odamlar singari mulohaza qilishni boshlashingizga toʼgʼri keladi.

❗️➡️ Pul tugayotganidan hadeb xavotirga tushavermasdan, qanday qilib koʼproq pul topsam boʼladi, deb bosh qotirishni boshlang. Pulni yigʼish uchun oldin uni qoʼlga kiritish kerak. Moliyaviy barqarorlikka erishgan insonlar odatda bir nechta daromad manbai va sinalgan jamgʼarish strategiyasiga ega boʼlishadi.

? Halollikni unutib qoʼyasiz

❗️➡️ Boshqalarni aldash, chuv tushirish, yolgʼon ishlatish, pora olish kabi qingʼir yoʼllar bilan topilgan pulda baraka boʼlmaydi. Bunday usulni tanlaganlar ertadan kechgacha yelib-yugurib, katta pul yoki mol-dunyoni qoʼlga kiritganday boʼlishadi. Аmmo oradan hech qancha oʼtmay, barcha topganlari havoga uchib ketgani, yana oʼsha “teshik togʼora” bilan qolishganini anglab yetishadi. Bunga koʼplab hayotiy misollarni keltirish mumkin.

❗️➡️ Davlat orttirish uchun ham uning muayyan “odoblariga” rioya qilish talab etiladi. Mahsulot, tovar, xizmatlar haqida yolgʼon qoʼshmay, haqiqiy sifati bilan tavsiflash darkor.

? Sarmoya haqida oʼylamaysiz

❗️➡️ Pullarni koʼpaytirishning eng samarali usullaridan biri sarmoya kiritishdir. Imkonga qarab kichikroq sarmoya kiritishni qanchalik erta yoʼlga qoʼysangiz, shuncha yaxshi. Maʼlumotlarga koʼra, boylar oʼrtacha hisobda yillik daromadining 20%ini turli sarmoyalarga sarflashar ekan.

❗️➡️ Dunyo boylarining deyarli 80%i boyliklarini sarmoya kiritish ortidan ishlashgan. Sarmoya xuddi oʼtkazilgan nihol misoli — hatto kichik boʼlsa ham kelajakda shunday mevalar berishi mumkinki, asti qoʼyaverasiz. Faqat uni oʼtkazish uchun “erni” toʼgʼri tanlay bilsangiz boʼlgani.

? Maoshingiz sizni qanoatlantiradi

❗️➡️ Bir oyga yetarli miqdorda oylik olsangiz boʼldi. Keyingi maoshgacha bir amallab yetib olasiz. Koʼpchilik shunday alpozda yashaydi. Faqat kelajakda badavlat boʼlishni istagan insonlar emas. Haqiqatan ham katta pul topishni istagan odam natija uchun toʼlov olish va toʼlashni afzal biladi, koʼpincha u oʼzi uchun va oʼziga ishlaydi.

❗️➡️ Oylikka hayot kechirish garchi barqaror, xavfsiz, tahlikasiz uslub boʼlsa-da, gullab-yashnash sari olib borishda juda sekin ishlovchi mexanizmdir. Kimdur oylik oshishini, mukofot puli qoʼshib berishlishini kutib yashaydi, yana kim esa oʼz ishini yoʼlga qoʼyib, iqtisodiy ustunlik sari qadam tashlaydi.

3 комментария к “SIZ NEGА BOYIB KETА OLMАYSIZ?”

  1. Пингбэк: Аноним

  2. Пингбэк: nova88

  3. Пингбэк: mossberg 590a1

Комментарии закрыты.

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek