Soqol o’stirish uchun nima qilish kerak

DO`STLARGA ULASHING:

Soqol o’stirish uchun nima qilish kerak?

1. Yuzda soqol o’sib chiqmagunicha muntazam ravishda soqol olib turing

Soqol o’stirishning eng samarasiz usuli — soqolni uzoq olmay yurish yoki umuman soqol olishni boshlamaslik. Agar siz ushbu maslahatga rioya qilmasangiz, unda yuzingizda siyrak, notekis va parvarishlanmagan soqol o’sa boshlaydi, bu juda xunuk ko’rinadi. Agar yuzingizdagi soqol bir tekis o’smasa, muntazam ravishda soqolni olib, sabr-toqatli bo’ling.

Agar soqol yuzingizda bir tekisda o’sib chiqishiga ishonchingiz komil bo’lmasa, butun yuzingizdagi soqolni oling va uning o’sib chiqishini kuzating. Iyakda va lablar ustida soqol bir tekisda o’sib chiqishiga e’tibor bering. Yuzdagi barcha soqol bir xil tezlikda o’sayaptimi? Agar shunday bo’lsa, siz soqol o’stirishga tayyorsiz.

Ko’p hollarda soqol o’sish tezligi va qalinligi genetikaga bog’liq. Shuning uchun, ba’zilarda soqol bo’lmasligi mumkin.

2. Testosteron

Yuzda soqolni ko’paytirish uchun avval testosteron darajasini oshirish kerak. Agar sizda hozir jinsiy yetilish davri kechayotgan bo’lsa yoki ehtimol sizda u davr o’tib ketgan bo’lsa va yuzda soqol o’sishi boshlamagan bo’lsa, testosteron darajasini oshirish uchun qila oladigan oddiy narsalar mavjud. Albatta, tezkor natijalar kutish kerak emas, lekin ular albatta samara beradi:

  • Jismoniy mashqlar. Haftada bir necha marta jismoniy mashqlar qilsangiz, testosteron o’sishini rag’batlantirasiz. Uch daqiqalik qizinib olish uchun yengil mashqlarni bajaring, keyin esa ketma-ketlikka rioya qiling: 30 soniya — intensiv, zo’riqishli mashqlar, 90 soniya — o’rtacha jismoniy faollik. Yetti marta takrorlang.
  • Organizmda D vitamini darajasini oshiring. Siz ushbu vitamin qo’shimchalarini qabul qilishingiz yoki ko’proq quyoshda yurishingiz mumkin.
  • Spirtli ichimliklar ichish, chekish testosteronga qarshi ta’sir ko’rsatadi, agar siz soqol o’stirmoqchi bo’lsangiz yaxshisi umuman chekish va ichishni tashlang. Bu nafaqat soqol o’stirishga, balki umuman so’gliqqa ham yaxshi ta’sir ko’rsatadi.

Testosteron bu gormon bo’lib, u erkaklarda ko’proq bo’ladi. Uning miqdori tanadagi sochlar o’sishiga, mushaklarning o’lchamiga, ovozning qalinligiga, reproduktiv tizimga va boshqa ko’plab tizimlarga ta’sir ko’rsatadi.

3. Yuz terisini to’g’ri parvarish qiling

Agar siz soqol o’stirishni istasangiz, terini yaxshi parvarishlash kerak. Soqol o’stirishni boshlashdan oldin akne (ugri) yoki quruq teri kabi teri kasalliklarini davolash zarur. Shu kabi muammolaringiz bo’lsa, dermatolog bilan maslahatlashing. Dermatolog siz uchun tegishli dori-darmonlarni belgilaydi. Dori-darmonlarni qo’llang va soqolni o’stirishdan oldin bir oy tanaffus qiling.

Yuzingiz yaxshi namlanganligiga ishonch hosil qiling. Bu soch follikulasini kuchaytirishga va soch o’sishini rag’batlantirishga yordam beradi. Teri sog’lig’ini saqlab turish uchun tabiiy terini parvarishlash vositasidan foydalaning.

4. Soqol olishni boshlang

Bo’sh qog’ozda rasm chiza boshlaganingizdek, soqolni ham toza yuzdan o’stirishni boshlang. Yuzingizdagi barcha soqolni oling. Bu soqolning bir tekis o’sishiga yordam beradi.

Soqol olganingizdan so’ng, taxminan to’rt hafta davomida hech narsa qilmang, shunchaki yuzingizni tozalang va teringizni parvarishlang.

 

5. Tayyor turing

Soqol o’sishi boshlaganda siz qichishishni boshdan kechirasiz. Afsuski, ko’pchilik shu vaqtda soqol qo’yishni rad etadi, chunki ular yoqimsiz qichishishga qarshi chidab tura olishmaydi. Soqolga o’rganishdan oldin taxminan to’rt hafta davomida qichishish seziladi.

Bu holda namlantiruvchi krem yoki tabiiy soqol uchun moylardan foydalanish kerak. Ushbu preparatlar terining qichishi va quruqligini kamaytirishga yordam beradi. Qichishish kamayishiga qo’shimcha ravishda soqol o’sishi jarayonini yanada tezlashtirishingiz mumkin. Bular ushbu maqolaning uchinchi qismida batafsil muhokama qilinadi.

6. Sabr qiling

Har bir odamning soqoli turli xil tezlikda o’sadi, shuning uchun bir kishiga soqol o’stirish uchun kamroq vaqt kerak bo’lsa, kimdir uchun bu butun boshli sinov bo’lishi mumkin. Shuning uchun, sabrli bo’ling va kuting, natija uzoq kutdirmaydi. Tez soqol o’stirishni ortidan quvmang.

Ba’zi erkaklar ikki-uch hafta ichida soqol o’stiradilar, boshqalari natijani ko’rish uchun bir necha oy kutishadi.

7. Soqolingizni yilning istalgan vaqtida o’stiring

Soqolning qishda o’stirish yaxshiroq degan fikr mavjud bo’lganiga qaramay, ko’pchilik bu jarayonni yozda boshlaydi va natijadan qoniqish hosil qiladi. Aslida, soqol ultrabinafsha nurlar ta’siridan himoyalaydi va issiq havoda terini sovutishga qodir. Biroq, issiq havo sharoitida qichishish yanada kuchayishi mumkin.

Bundan tashqari, soqolning mavjudligi sog’lig’ingiz uchun foydali bo’lishi mumkin. Misol uchun, chang zarralari soqol ustida ushlanib qolishi mumkin, bu astma va yuqori nafas yo’li infektsiyasining oldini olishga yordam beradi. Bundan tashqari, soqol yuzni sovuq ob-havo va shamoldan himoya qiladi.

8. To’g’ri ovqatlaning

Soch o’sishini tezlashtirish uchun, go’sht, sut mahsulotlari, baliq, yong’oq, tuxum, meva va sabzavotlarni ko’proq iste’mol qilib, ovqatni ratsionini to’liq qilish kerak. Kuniga 7-8 stakan suvni ichish tavsiya etiladi. Rux mikroelementi mavjud mahsulotlar umuman butun soch tolalari o’sishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

20 комментариев к “Soqol o’stirish uchun nima qilish kerak”

  1. Уведомление: DevOps best practices 2022

  2. Уведомление: Filme Sexo Camera Acao Com Lana Stark Online

  3. Уведомление: สล็อตวอเลท

  4. Уведомление: fake uk rolex

  5. Уведомление: https://krajowy.biz/

  6. Уведомление: hydrogen kit/47% Fuel-Saving Plug-N-Play HHO Kit HHO generator Hydrogen kits for cars trucks

  7. Уведомление: sbo

  8. Уведомление: De quelle manière effectuer un regrooupement de crédit ? - Global créditComment effectuer un rachat de crédit ? - Global Crédit

  9. Уведомление: sbobet

  10. Уведомление: https://upx1688.com/

  11. Уведомление: sbo

  12. Уведомление: disable screenshot

  13. Уведомление: คาสิโนออนไลน์

  14. Уведомление: What Are Essential Oils and Do They Work?

  15. Уведомление: Key Wall Safe

  16. Уведомление: find here

  17. Уведомление: discount on controlled drugs

  18. Уведомление: Cheap DMT for sale Perth

  19. Уведомление: Investment

  20. Уведомление: images of molly drug,

Комментарии закрыты.