DO`STLARGA ULASHING:
Vatanparvarlar
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Kimdir cho‘pak otsa o‘zbek nomiga,
Tegadi g‘ururning baland tomiga,
Yurak zirillaydi, ko‘zda chaqnar o‘t,
Tortadi alamli o‘ylar domiga…
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Shukurkim, yurt-el tinch, but qo‘rg‘onlari,
Sarhadini tutgan alp o‘g‘lonlari,
Bolasin beshikda quchgan kelinchak,
Tuprog‘ini sevgan bobojonlari.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Bu zamin ichinda bitta Vatan bor,
Bir bog‘ bor , bir gulshan , bitta chamanzor!
Oh , mening yuragim – jon, O’bekiston,
Mening muhabbatim aks etgan diyor.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Ko‘taring boricha bu el shonini,
Ko‘rsating dunyoga bor imkonini,
G’ayurlarning dami ichida qolsin,
E’zozlab olishsin tilga nomini.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Erkakdan omadni ayama falak,
Jonini asragil, etmagil xalak.
Omadni qo‘sh-qo‘sh ber, baxtini bekam,
Nomardga zor etma, ko‘rmasin alam.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸