Windows 11’ni o‘rnatmasdan foydalanib ko‘rish

DO`STLARGA ULASHING:

🖥Windows 11’ni o‘rnatmasdan foydalanib ko‘rish

Windows 11 operatsion tizimi rasmiy tarzda taqdim etilganidan (https://t.me/itspecuz/5814) so‘ng bir qancha muddat o‘tdi. Ushbu vaqt mobaynida ko‘pchilik tizimning yangi versiyasiga o‘tishga ulgurdi: kimdir kiritilgan yangilanishlar va o‘zgarishlardan juda mamnun bo‘lgan bo‘lsa, yana kimdir esa hamon o‘sha eski va qadrdon bo‘lishga ulgurgan Windows 7’ni qo‘msaydi.

Agarda siz hali Windows 11’ni o‘rnatish bo‘yicha bir qarorga kelmagan bo‘lib, umuman olganda, ushbu tizimga o‘tishning o‘zi kerakmi, deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz, shoshilishning hojati yo‘q. Mohir dasturchi bunda sizga ko‘maklashish maqsadida operatsion tizimning virtual versiyasini veb-sayt (https://win11.blueedge.me/) ko‘rinishida taqdim etdi.

Ushbu sayt orqali Windows 11’ni demo-versiya sifatida qo‘llab ko‘rishingiz, yangi dizayn bilan tanishishingiz mumkin. Sayt operatsion tizimning tashqi ko‘rinishi va asosiy funksiyalarni emulyatsiya qiladi (hattoki terminal (Командная строка)ni ishga tushirish mumkin).

Foydalanib ko‘rish uchun havola (https://win11.blueedge.me/) bo‘ylab o‘tishning o‘zi yetarli. Saytda Windows Store, Edge brauzeri va hatto Spotify’ni ishga tushirib ko‘rish mumkin. O‘zingizni butunlay yangi tizimda his etish, ya’ni sayt tarkibini butun ekranga yoyish uchun F11 klavishini bosing (odatiy ko‘rinishga qaytish uchun ham shu amal bajariladi).

📝 Manba: @bugfeature

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek