DO`STLARGA ULASHING:
«Zippo zajigalkasi»
Zippo — Bradford (AQSh) dagi kompaniya tomonidan ishlab chiqariluvchi benzinli, metall va shamolga chidamli zajigalkadir. 1933-yildan shu vaqtga qadar 500 milliondan ziyod zippo zajigalkalari ishlab chiqarilgan. Uning misli, kumushli, titanli va oltindan qilingan partiyalari bor.
Zippo zajigalkasini bozorga 1933-yilda Jorj Grant Bleysdell ismli amerikalik tadbirkor ilk bor taqdim etgan.
Zajigalka ayniqsa Vetnam urushi davrida askarlar orasida juda mashhur bo’lgan. U askarlarga ovqatni isitishda asosiy olov manbasi bo’lib xizmat qilgan. Hatto zajigalka ko’plab askarlar hayotini saqlab qolgan. Chunki askarlar cho’ntagida turgan zajigalka o’qni to’xtatib qolgan. Uning Koreya va Vetnam urushi, Cho’l qalqoni operatsiyasi, Cho’l bo’roni va Iroq operatsiyasi uchun bag’ishlangan partiyalari ishlab chiqarilgan.
Do’stlaringizga ham ulashing:
@engengeng888